James d. Gwartney


Saylov tizimiga bog'liqlik


Download 7.87 Mb.
Pdf ko'rish
bet210/250
Sana31.10.2023
Hajmi7.87 Mb.
#1735745
1   ...   206   207   208   209   210   211   212   213   ...   250
Bog'liq
Mantiqiy iqtisodiyot

Saylov tizimiga bog'liqlik
Ayrim mamlakatlarda qonun chiqaruvchilarni proportsional vakillik tizimi asosida
saylaydilar. Bunda turli partiyalarning parlamentda egallagan o'rinlar soni ularning partiyalari
olgan ovoz ulushiga proportsional bo'ladi. Yana boshqa mamlakatlarda qonun chiqaruvchilar
majoritar saylov tizimi asosida saylanadilar. Bunda har bir saylov uchastkasidagi bitta o'rin eng
ko'p ovoz olgan nomzodga beriladi.
Proportsional vakillik tizimida parlamentda ko'proq kichik partiyalar paydo bo'lib, bu
parlament saylovlaridan keyin boshqaruv koalitsiyasini tuzishni murakkablashtiradi. Qarorlar
qabul qilish jarayoni odatda sust kechib, ko'pincha samarasiz murosalarni o'z ichiga oladi.
Hukumatning barqarorligi odatda pasayadi, chunki bir yoki bir necha partiyalar hukumatni
qo'llab-quvvatlamay qo'yishi bilan tahdid solishlari mumkin.
Ammo majoritar saylov tizimida ozchilik guruhlar geografik jihatdan ma'lum saylov
uchastkasida ko'pchilikni tashkil qilmasalar, ular parlamentda vakillikdan umuman mahrum
bo'lishlari ham mumkin. Bundan tashqari, majoritar saylov tizimi hukumat koalitsiyasida
bo'lmagan vakillarning saylov uchastkalariga qarshi geografik favoritizm muammosini
chigallashtirishi mumkin. Bu muammoni detsentralizatsiya yo'li orqali mahalliy hokimiyatga
katta vakolatlarni berish bilan kamaytirish mumkin bo'lib, bunda aholi boshqaruv
koalitsiyasining geografik chegarisidan tashqarida bo'lganda ham mahalliy hokimiyat
xizmatlaridan foydalanish imkoniyatiga ega bo'ladi.
Parlamentda ozchilik vakillarining chetda qolish muammosini bartaraf etish uchun
parlament tizimida odatda proportsional vakillik saylovi afzal ko'riladi. Proportsional saylov
qoidasiga asoslangan parlament tizimi ko'pincha majoritar qoidaga asoslangan tizimga
nisbatan qamrovliroq bo'ladi. Proportsional vakillikning yana bitta afzalligi shundaki, u
maxsus jamoat mollari o'rninga universal jamoat mollarini qo'llab-quvvatlaydi, chunki
saylovda raqobat faqat muhim uchastkalarda ovoz olishga emas, balki umuman ko'proq ovoz


402
olishga qaratilgan bo'ladi. Bu ozchilik manfaatlarini himoya qilish uchun ham afzaldir.
Biroq prezidentlik tizimida proportsional vakillikda yuzaga keladigan partiyalarning
tarqoqligi parlamentning prezident vakolatini nazorat qilish qobiliyatini kamaytiradi.
Nazorat qilinmagan prezident yakka hokimga aylanish xavfi borligi tufayli ko'pchilik
parlament AQSH va Chilidagi kabi majoritar tizim orqali saylanganda prezidentlik demokratik
tizimi afzalroq deb hisoblaydi.

Download 7.87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   206   207   208   209   210   211   212   213   ...   250




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling