James d. Gwartney


Ukraina uchun qaysi tizim ma'qulroq?


Download 7.87 Mb.
Pdf ko'rish
bet211/250
Sana31.10.2023
Hajmi7.87 Mb.
#1735745
1   ...   207   208   209   210   211   212   213   214   ...   250
Bog'liq
Mantiqiy iqtisodiyot

Ukraina uchun qaysi tizim ma'qulroq?
Ukrainadagi yarim-prezidentlik tizimida vazirlar Oliy Radaga bo'ysunadi, lekin
mahalliy hokimiyat rahbarlari prezident tomonidan tayinlanadi. Vakolatlarning bunday
bo'linishi Ukrainada kamida uchta sababga ko'ra muhim muammo tug'diradi. Birinchidan, u
hukumat ichida vazirlar va mahalliy hokimiyat rahbarlari o'rtasida ziddiyatlarning davom
etadigan holatni yuzaga chiqaradi. Ikkinchidan, prezident kam ovoz oladigan hududlarda o'zi
tayinlagan mahalliy amaldorlar bilan bog'liq korruptsiya holatlariga uncha e'tibor bermasligi
mumkin. Buni tushungan ushbu hududlardagi saylovchilarning aksariyati prezidentga qarshi
bo'lishi mantiqqa to'g'ri keladi. Shu sababli bu vaziyat Ukrainadagi prezident siyosatining
hududiy qutblanishining muntazam oshishiga sabab bo'lmoqda.
Uchinchidan, mahalliy hukumatning prezident tomonidan nazorat qilinishi
saylovchilarning mahalliy hokimiyatda yangi istiqbolli milliy liderlarni aniqlash qobiliyatini
pasaytiradi. Muvaffaqiyatli demokratik mamlakatlarning ko'pchiligida saylangan mahalliy
hokimiyat vakillari milliy rahbar sifatida kuchli nomzod ekanliklarini mahalliy homikiyatda
sifatli xizmatlari orqali isbotlashlari mumkin. Ammo Ukraina prezidenti mahalliy hokimiyat
rahbarlarini tayinlab, vazifasidan ozod qila olgani uchun, u ushbu vakolatdan unga qarshi
kuchli raqobatchi nomzod bo'lishi mumkin bo'lgan mahalliy liderlarni lavozimidan
bo'shatishda foydalanishi mumkin. Demak, Ukrainada yarim-prezidentlik tizimi demokratik
raqobatni zaiflashtirishga moyil.
Hozir Ukraina jamiyatda korruptsiyaga qarshi kurashishga o'zining bor kuchini
sarflashga tayyor milliy liderga muhtoj. Agar prezident va bosh vazirning ikkalasi
hokimiyatning katta qism amaldorlarini tayinlash huquqiga ega bo'lsa, ularning ikkalasi ham


403
yirik korruptsiya bilan bog'liq janjallardan isnodda qolishi mumkin. Agar Ukraina xalqi
jamiyatning barcha jabhalarida korruptsiyani fosh qilishga o'zini to'liq bag'ishlagan prezidentni
xohlasa, unda prezident davlat mulozimlarini tayinlash huquqidan butunlay ozod qilinishi
lozim. Bu haqiqiy parlament tizimiga o'tishga kuchli asos bo'lib, u hukumat amaldorlarini to'liq
Oliy Radaga, viloyat va tumanlardagi mahalliy amaldorlarni esa tegishli viloyat yoki tuman
kengashlariga bo'ysundiradi.
Ukraina uchun Avstriya yaxshi namuna bo'lib xizmat qilishi mumkin. Avstriya
prezidenti xalq tomonidan saylanadi, lekin uning hukumatni nazorat qilish vakolati juda
cheklangan. Hukumat uchun bevosita mas'uliyatdan ozod qilingan Avstriya prezidentlari
jamiyat manfaatlarining faol himoyachilariga aylandilar. Natijada, avstriyalik prezidentlar
tezda mashhur bo'lib, ular odatda ko'pchilik ovoz bilan qayta saylanadilar (hattoki prezident
Download 7.87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   207   208   209   210   211   212   213   214   ...   250




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling