James d. Gwartney


Download 7.87 Mb.
Pdf ko'rish
bet187/250
Sana31.10.2023
Hajmi7.87 Mb.
#1735745
1   ...   183   184   185   186   187   188   189   190   ...   250
Bog'liq
Mantiqiy iqtisodiyot

Muallif: Duayt Li


362
undashda xususiy mulkning qudratini anglab yetganida edi, ularni yangilanmaydigan resurslar
tugab qoladi deb qo'rqitish qiyinroq bo'lar edi. Bu yerda yana bitta boshqa sababga ham to'xtab
o'tishimiz lozim. Resurslarning tugab qolishi yoki yaqin orada tugashi bilan bog'liq noo'rin
xavotir odamlar marjinal qiymatni to'liq qiymatdan farqlay olmasligi bilan bog'liq.
Qishloq xo'jaligi maydonlarining kamayib
borishi
Men o'qituvchilik faoliyatimni Kolorado Universitetida boshlaganimda, meni qishloq
xo'jaligi maydonlarining kamayib borish «muammosi» bo'yicha bahsda qatnashishga taklif
qilishdi.
Qishloq xo'jaligi maydonlarining kamayib borishi bozor kuchlarining faoliyati natijasi
ekanligiga ishonarli dalillar keltirishimga qaramasdan (bahsdan oldin fikrimga qo'shilgan bir-
necha qatnashchilar bahsdan keyin ham men bilan hamfikrligicha qoldi), yo'qotilgan qishloq
xo'jaligi maydonlariga bo'lgan tashvish tugamadi. Masalan, «Worldwatch» instituti xodimi
Lester Braun oziq-ovqat ta'minoti aholi o'sish darajasidan orqada qolishini bashorat qiluvchi
yillik hisobotini chiqaradi. Uningcha, ushbu muammo qisman qishloq xo'jaligi maydonlarining
taraqqiyot natijasida kamayganligidan kelib chiqqan.
Dunyoda qishloq xo'jaligi uchun hozir avvalgiga nisbatan kamroq yer ishlatilganligi
rost bo'lsa ham, qishloq xo'jaligi yerlaridagi bu «yo'qotishlar» inqirozni anglatmaydi va ular
hatto xavotirga tushishga sabab ham emas.
Aslida, bu yaxshi yangilik hisoblanadi. Polshada qishloq xo'jaligiga ajratilgan yerning
ulushi 1960-yildan beri 28%ga qisqarishiga qaramay, oziq-ovqat ishlab chiqarishi deyarli
70%ga oshdi. Qishloq xo'jaligi uchun kamroq yer ishlatilsa, bo'shagan yerlar ochiq joy va
o'rmonga aylantirilishi mumkin.
Siz buni inqiroz haqida bong uruvchi odamlardan eshitmaysiz, lekin hozir Qo'shma
Shtatlaridagi o'rmon maydoni 80 yil avvalgiga nisbatan kattaroqdir
(1)
. Ikkinchidan, qishloq
xo'jaligidan bo'shagan yerlar savdo markazlari, avtomobil yo'llari, shahar atrofidagi uy-joylar,
sayr-tomosha parklari, golf maydonlari va boshqa ob'ektlarga aylantirilgan, chunki
iste'molchilar taraqqiyot yerdan olinadigan oziq-ovqatdan qadrliroq ekanligini bozor narxlari


363
orqali bildirganlar.

Download 7.87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   183   184   185   186   187   188   189   190   ...   250




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling