James d. Gwartney


Harbiy asirlar bilan bog'liq muqobil qiymat


Download 7.87 Mb.
Pdf ko'rish
bet185/250
Sana31.10.2023
Hajmi7.87 Mb.
#1735745
1   ...   181   182   183   184   185   186   187   188   ...   250
Bog'liq
Mantiqiy iqtisodiyot

Harbiy asirlar bilan bog'liq muqobil qiymat
O'rta asr Evropa urushlari odatda ancha osoyishta kechgan, harbiy asirlar bilan ham
asosan yaxshi munosabatda bo'lishgan. Kichik qo'shin taslim bo'lishidan oldin qarama-qarshi
qo'shinlar har bir tomondagi askarlar sonini sanab chiqishi oddiy hol hisoblangan. «Jang»ning
bunday zo'ravonliksiz bo'lishiga sabab o'sha paytlarda askarlar asirlariga nisbatan xususiy
mulk huquqiga ega bo'lganlar. Ushbu qonun ostida asirlarni ularning oilalariga sotish huquqi
mavjud bo'lganligi bois, asirlarning o'ldirilishi g'oliblar uchun muqobil qiymatni vujudga


360
keltirgan. Xususiy tashkilotlar, jumladan diniy farmoyishlar, asirlarini sotmoqchi bo'lganlar va
ularni sotib olishni istaganlar o'rtasida vositachilik qilishni boshlaganlar.
Harbiy asirlarning baxtiga qarshi, uzoqqa otadigan qurollarning paydo bo'lishi bilan
qo'l bilan kurashish kamayib, yakka askarlarning asir olish ehtimoli ham kamaydi. Keyinchalik
urushlar shafqatsizroq bo'lib ketdi, chunki nafaqat urush texnologiyasi takommilashdi, balki
asirlarga egalik qilish huquqi ham davlatga o'tdi. Mulk davlatga tegishli bo'lganda odamlarning
muqobil qiymati kamayishi bois, asirlarni o'ldirish yoki ularga shikast yetkazish avj oldi.
Shubhasiz, insonga xususiy mulk sifatida qarash noto'g'ri. Ammo, muqobil qiymat mavjudligi
tufayli asirlar «davlat mulki» bo'lgandan ko'ra «xususiy mulk» bo'lganda ahvoli durustroq
bo'ladi.
Xususiy mulk bozor munosabatlaridan kelib chiqadigan hamkorlik uchun juda muhim,
chunki u odamlar o'z harakatlarining muqobil qiymatini hisobga olishlarini ta'minlaydi. Juda
ko'p odamlar aynan xususiy mulkning yo'qligi sababli yuzaga keladigan muammolarga xususiy
mulkni ayblashi ham qayg'uli, ham kinoyali holatdir.
Yakuniy savollar: Nima uchun bozorlar qiymatlarni davlatga nisbatan boshqacha
oshkor etadi? Ushbu farq bozor ayirboshlashiga va samarali faoliyatga qanday ta'sir qiladi?

Download 7.87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   181   182   183   184   185   186   187   188   ...   250




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling