James d. Gwartney


Download 7.87 Mb.
Pdf ko'rish
bet167/250
Sana31.10.2023
Hajmi7.87 Mb.
#1735745
1   ...   163   164   165   166   167   168   169   170   ...   250
Bog'liq
Mantiqiy iqtisodiyot

Muallif: Duayt R. Li


330
tizimi baxtsiz hodisa tufayli jarohat olganlarni «xavfli» mahsulotlar ishlab chiqaruvchilar
ustidan sudga da'vo bilan murojaat qilishga bu qadar undashi hech qachon avval bu darajada
kuzatilmagan. Bu kabi da'volarning ko'payishiga da'vogarlar va ularning advokatlariga to'lov
miqdorining kattaligi sabab bo'lib, gohida bu to'lov miqdori nihoyatda katta bo'lishi ham
mumkin. Masalan, 1999-yilda General Motors korxonasi olti nafar kishiga ularning 1979-yilda
ishlab chiqarilgan Malibu avtomobiliga soatiga tezligi 50-70 mil bo'lgan va mast kishi
tomonidan boshqarilgan mashina kelib to'qnashuvi natijasida yonib ketishi tufayli, ular
kuyishdan olgan jarohatlari uchun ular foydasiga 4,9 milliard dollar to'lashi to'g'risida ajrim
chiqarilgan edi
(1)
.
Korporatsiyalar ko'proq foyda olish uchun inson hayotini xavf ostiga qo'yadi degan
ayblovlarning yangrashi, sud hay'at a'zolari qarorlariga va aholi fikriga ta'sir ko'rsatib, katta
to'lov to'lash to'g'risida hukm chiqarilishiga sabab bo'lishi mumkin.
Bu ayblov adolatlimi? Shubhasiz. Biroq, bu korporatsiyalarni tanqid qilish degani
emas, balki bu bozor iqtisodiyoti to'g'ri faoliyat yuritayotganini aks ettiradi. Korporatsiyalar
ko'proq foyda olish uchun tez-tez mijozlari hayotidan kechib turishidan biz hammamiz
manfaatdor bo'lamiz. To'g'ri, omadimiz chopgan, chunki korporatsiyalarni ularning foydasini
oshirish uchun xavfliroq mahsulotlarni ishlab chiqarishga yo'l qo'yadigan iqtisodiyotda
yashaymiz. Foyda uchun hayotdan kechishning ma'qulligi sut, pechenye yoki yotishdan oldin
kitob o'qish kabi quvonchli hodisa bo'lmasada, u hayotimizning achchiq haqiqati.
Haqiqat esa taqchillik bilan bog'liq. Kerakli mahsulotlarni ishlab chiqarish imkoniyati
cheklangan. Agar biz biror narsani ko'proq istasak, boshqa narsalarni kamroq bo'lishiga
kifoyalanishimizga to'g'ri keladi. Foyda uchun xavfsizlik choralariga e'tiborning susayishidan
norozi bo'lganlar, ushbu haqiqatni e'tibordan chetda qoldiradilar. Masalan, agar mashinalar
«Sherman» tanklari kabi ishlab chiqarilganda edi, yo'l harakati bilan bog'liq halokatlar soni
qisqargan bo'lar edi. Lekin bu qo'shimcha xavfsilik benzin iste'molining oshishiga,
qulaysizlikka, tezlikning pasayishiga va to'xtash joyining qulaysizligiga olib kelgan bo'lar edi.
Tankomobil uchun haddan tashqari katta narx to'lab, natijada ko'plab boshqa narsalarni xarid
qila olmasligimizni aytmasa ham bo'ladi. Avtomobil xavfsizligi tankomobil darajasiga
yetmasidan ancha avvalroq, qo'shimcha umr davomiyligining marjinal qiymati voz kechishga
to'g'ri kelgan boshqa narsaning marjinal qiymatidan ancha kichik bo'lgan bo'lar edi. Yo'l


331
harakati bilan bog'liq o'lim darajasini avtomobillarni imkon qadar xavfsiz qilib ishlab chiqarish
orqali iloji boricha kamaytirish mantiqqa to'g'ri kelmaydi.

Download 7.87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   163   164   165   166   167   168   169   170   ...   250




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling