James d. Gwartney
Download 7.87 Mb. Pdf ko'rish
|
Mantiqiy iqtisodiyot
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ixtisoslashuv va boylik Mulohaza uchun savol
Element 1.3 ga qaytish
1. Misol uchun, agar 1 dollarlik X ishlab chiqarish resursining marjinal unumdorligi 2 ga teng bo'lsa, 1 dollarlik Y ishlab chiqarish resursining marjinal unumdorligi esa 1 ga teng bo'lsa, unda korxona X resursdan foydalanish hajmini 1 dollarga ko'paytirishi (bu esa mahsulotni 2 birlikka oshiradi), Y resursdan foydalanish hajmini esa 2 dollarga kamaytirishi (bu esa mahsulotni 2 birlikka kamaytiradi) orqali 1 dollarga kam xarajat sarf qilib, ayni miqdordagi mahsulotni ishlab chiqarishi mumkin. ↩ 2. Agar firma monopolist bo'lsa, ushbu izohni qo'shimcha sharhlash talab etiladi, chunki bunda narx marjinal daromaddan farq qilishi bizga mikroiqtisodiyot fanidan ma'lum. Agar davlat tomonidan himoya qilinmasa, ushbu monopoliyaga bog'liq farqlik uzoq muddatga qiyoslansa ancha bezarardir. Haqiqatan ham, agar korxonalar «monopoliya» hukmronligiga yetishishga harakat qilsa va vaqtinchalik bunga erishsa, unda faol iqtisodiyotning samaradorligi oshadi. ↩ Duayt Lining «Bozorlar va marjinalizm». Ushbu material «Creative Commons Attribution 4.0» xalqaro litsenziyasi asosida The Foundation for Economic Education tashkiloti tomonidan taqdim etilgan. 325 Element 1.4 ga qaytish Ixtisoslashuv va boylik Mulohaza uchun savol: ushbu matnni o'qib, ixtisoslashuv, ixtiyoriy ayirboshlash va hamkorlik qanday qilib boylikning ko'payishiga olib kelishini o'ylab ko'ring. Ijtimoiy hamkorlikning nihoyatda katta qismi bozor munosabatlari natijasida yuzaga keladi. Keling, shu hamkorlikdan kelib chiqadigan ba'zi afzalliklarni ko'rib chiqaylik. Umumiy olib qaraganda bu afzalliklar bizga ravshan. Agar faoliyatimizni qarama-qarshi maqsadlarni ko'zlab emas, balki o'zaro kelishuv asosida yuritsak, mehnat unumdorligimiz oshishi tabiiydir. Biroq, iqtisodiyotni chinakam tushunish uchun hamkorlik va unumdorlik o'rtasidagi bog'liqlikni ko'rib chiqishimiz kerak bo'ladi. Kamdan-kam hollarda boylik osmondan yog'ilgan manna kabi keladi. Uni yaratish uchun inson tashabbusi, zakovati va asta-sekin o'z mevasini beradigan tabiiy qobiliyatlarga sabr-bardoshlik zarur bo'ladi. Bunisi bizga ravshan. Odamlar uchun boylikning tezda oddiy bir holatga aylanishi esa bozor munosabatlarining ishlab chiqarish unumdorligini oshirishda erishgan muvaffaqiyatlaridan biridir. Olim va siyosatchilar o'zlarining eng asosiy masalasi boylik taqsimoti deb bilishadilar va siyosiy ko'rsatmalarining ishlab chiqarishga to'sqinlik qilyapti degan har qanday xavotirni chetga surishadi. Ular qashshoqlikning sabablarini (yoki boylikning «nomuvofiq» taqsimlanishini) tinmay muhokama qiladilar, lekin aftidan boylikning sabalarini aniqlash jiddiy masala ekanligini unitib qo'yadilar. Kapitalizmning muvaffaqiyati ko'plab ziyoli odamlarni taqsimot faqat lug'atdagina ishlab chiqarishdan oldin kelishini ko'rishdan mahrum qildi. Download 7.87 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling