James d. Gwartney


Erkinlik eng katta afzallikdir


Download 7.87 Mb.
Pdf ko'rish
bet162/250
Sana31.10.2023
Hajmi7.87 Mb.
#1735745
1   ...   158   159   160   161   162   163   164   165   ...   250
Bog'liq
Mantiqiy iqtisodiyot

Erkinlik eng katta afzallikdir
Men yuqorida amalda hech qachon erishib bo'lmaydigan «mukammallik» darajasi
haqida gapirdim. Tegishli marjinal ko'rsatkichlar hech qachon to'liq tenglikka kelmaydi, chunki
xom ashyo va mahsulot qiymatlariga doimo o'zgarib turuvchi son-sanoqsiz istaklar, shart-
sharoitlar va texnologiyalar ta'sir ko'rsatadi. Biroq, bozor narxlari doimo o'zgarib, yangi shart-
sharoitlar to'g'risida ma'lumot berib turadi va marjinal tenglikka olib keluvchi faoliyatni
rag'batlantiradi. Bu xarajatlarni kamaytiradi va ishlab chiqariladigan mahsulotning qiymatini
oshiradi. Bozorning ushbu moslashtiruvchi kuchlari, har bir qaror qabul qilivchi shaxs
tomonidan o'zgalar qarorlarini nazaridan chetda qoldirmasligini hisobga olgan holda, iqtisodiy
qarorlar qiymatini maksimallashtirishni har qanday davlat rejalashtirish muassasasidan
yaxshiroq uddalaydi.
Lekin bozorning eng katta afzalligi u ta'minlagan erkinlikdadir. Biror davlat muassasasi
odamlarni katta-katta toifalarga ajratib, ularni o'zi ko'zlagan farovonlik tomon qanday harakat
qilishga chaqirishidan ko'ra odamlar o'z shaxsiy qadriyatlarini himoya qilishlari va o'z
tashvishlarini o'zlari hal qilishlari mumkin. Masalan, agar tadbirkor kam ta'minlangan
oilalardan yoshlarni ishga yollashni yoki biroz vaqtini volontyorlik faoliyatiga bag'ishlashni


324
istasa, unda uning biznesi maksimal foyda olmasligi mumkin. Yoki ishchi xasta ota-onasidan
uzoqqa ketib qolmaslik uchun katta maosh taklif qilgan uzoqdagi ishni tanlamasligi mumkin.
Odamlar bunday qarorlarni kundalik qabul qiladilar va ular bilan bog'liq qadr-qimmatlarni
hech qaysi siyosiy jarayonlar orqali almashib yoki siyosiy tashkilotlar tomonidan hisobga olib
ham bo'lmaydi. Biroq, odamlar o'z qadr-qimmatlari va tashvishlarini qabul qilgan qarorlarining
bozor narxlariga ta'siri orqali almashishlari mumkin. Bunda ular boshqalar ham ularning ushbu
tashvishlarini o'z qarorlarida hisobga olishiga ishonch bilan qarashlari mumkin. O'zaro
moslashishlar va muvofiqlashtirishlar natijasi o'laroq markaziy boshqaruvchi orqali yetishish
mumkin bo'lgan miqdordan ancha mo'l boylik va imkoniyatlar yaratiladi.
Yakuniy savol: Davlat yoki firmadan qaysi biri ishlab chiqarish hajmini va uning
qiymatini maksimal darajaga oshirishda yaxshiroq natijaga erisha oladi? Tushuntirib bering.

Download 7.87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   158   159   160   161   162   163   164   165   ...   250




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling