James d. Gwartney


Download 7.87 Mb.
Pdf ko'rish
bet159/250
Sana31.10.2023
Hajmi7.87 Mb.
#1735745
1   ...   155   156   157   158   159   160   161   162   ...   250
Bog'liq
Mantiqiy iqtisodiyot

Ahmoqona da'volar
Biror faoliyatning qiymatini hisobga olish zarur emas deb da'vo qilish bu mazkur
faoliyatning amalga oshirishda uning muqobil variantlarini hisobga olish kerak emas degan
fikr bilan teng. Bunday ochiq ahmoqona da'voning manfaatdor guruhlar tomonidan
hanuzgacha ishlatilishi siyosiy bahslarda mantiqdan ko'ra hiyla-nayranglarning ustunligini
yaqqol namoyish etadi. Biror faoliyatning boshqa mavjud variantlarini hisobga olmaslik shu
faoliyat boshqa barcha narsadan qadrliroq bo'lsagina ma'noga ega bo'lishi mumkin. Lekin bu
barcha resurslarimizni aynan shu faoliyatga yo'naltirishimiz darkor degan ma'noni anglatadi.
Masalan, agar haqiqatan ham nafis orkestr musiqasi juda qadrli bo'lganligi uchun uning
xarajatlarni hisobga olish shart bo'lmasa, unda hamma boshpanasiz, och va hech vaqosiz bo'lib,
butun vaqtini orkestr musiqasini tinglashga sarf qilishi kerak edi. Bu shubhasiz ahmoqona,
lekin bu juda muhim narsa qiymatini hisobga olish kerak emas degan ahmoqona da'vodan bir
zarracha ham farq qilmaydi.
Ikki va undan ko'p guruh ular loyihalarining xarajatlarini hisobga olmasdan
moliyalashtirish kerak deb da'vo qilishi bilanoq, qiymatlarning ahamiyati ravshan bo'ladi.
Yoshlarga ta'lim berish va bemorlarni davolash kabilarning ahamiyati xarajatlarni hisobga
olmaslik darajasida muhim bo'la olmaydi, har holda resurslar taqchil bo'lgan dunyoda.


320
Yoshlarga ko'proq ta'lim berish bemorlarni davolash xarajatlarini qisqartirish hisobiga amalga
oshiriladi va aksincha. Bir narsaning qiymatiga e'tibor bermaslik, yana bir boshqasiga u
nisbatan ahamiyatsiz deb qarash bilan teng.
Resurslar tanqisligi bilan bog'liq voqelik va undan kelib chiqadigan muqobil qiymat,
manfaatdor guruhlarning xarajatlarni mensimasdan so'zamollik qilishidan qat'i nazar, siyosiy
jaroyonlarga ta'sir ko'rsatadi. Siyosiy jarayonlarda muqobil qiymatni inobatga olish uchun bir-
biriga raqobatbardosh variantlarni taqqoslash zarur. Afsuski, siyosiy jaronlardagi nuqsonlar va
bir tomonlama mulohazalar davlat faoliyati bilan bog'liq muqobil qiymatni yetarlicha hisobga
olishga xalaqit beradi. Kutilganidek, natijada muqobil variantlar yetarlicha hisobga olinmaydi.
Resurslarni qadrli faoliyatdan qadrsizroq va ko'pincha belgilangan maqsadga zid bo'lgan
faoliyatga yo'naltirish isrofgarchilikka olib keladi.
Bozor narxlari muqobil qiymatni to'liq aks ettirmaydi, lekin siyosiy qarorlar ko'pincha
dastur xarajatlarining katta qismini hisobga olmasligini va natijada paydo bo'ladigan salbiy
oqibatlarni hisobga olsak, bozor narxlari va muqobil qiymat bir-biriga qanchalik yaqin
kelishini ko'rishimiz mumkin.

Download 7.87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   155   156   157   158   159   160   161   162   ...   250




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling