James d. Gwartney


Download 7.87 Mb.
Pdf ko'rish
bet165/250
Sana31.10.2023
Hajmi7.87 Mb.
#1735745
1   ...   161   162   163   164   165   166   167   168   ...   250
Bog'liq
Mantiqiy iqtisodiyot

Bozorning kengayishi
Ixtisoslashuv bilan bozor miqyosi or'tasidagi bog'liqlik xususiy mulk va ixtiyoriy
ayirboshlashga asoslangan bozor hamkorligining ahamiyatiga yana bir dalildir. Hamkorlikni
bozorlarsiz, hech bo'lmasa, bizga tanish bozorlarsiz ham amalga oshirish mumkin. Oila a'zolari
o'zaro yaqinlik va umumiy tashvishlardan kelib chiqib, bir-birlari bilan hamkorlik qiladilar.
Kichik korxona ishchilari umumiy maqsadni ko'zlab va hamkasblari ta'siri natijasida
hamkorlikda ishlashlari mumkin. Cherkov, klub va boshqa nisbatan kichikroq ijtimoiy
tashkilotlarda ham xuddi shunday holatni kuzatish mumkin. Oila, korxona va ijtimoiy
tashkilotlar doirasidagi hamkorlikni munosabatlarni ayirboshlash natijasi deb izohlash
mumkin. (Geri Bekkerning oila to'g'risidagi maqolalari hamda korxonani «shartnomalarning
zanjiri» deb ta'riflashi ushbu izohlarga yaxshi misol bo'ladi.) Lekin o'zaro yaqinlik va umumiy
maqsadlarga bog'liqligi tufayli bu munosabatlar kichik guruhlar bilan cheklanib qoladi.
Bozor unumdorligining ahamiyatli tomoni shundaki, u hamkorlik miqyosini nihoyatda
kengaytiradi va shu sababli unumli ixtisoslashuv imkoniyatimizni oshiradi.
Shubhasiz, bozorlarning kengayishi transport va aloqa tarmoqlarining rivojlanganlik
darajasiga bog'liq. Ammo transport, yozma va og'zaki aloqalarning rivojlanganlik darajasi
bozor narxlari orqali uzatilgan ma'lumotlarsiz va bozor narxlari rag'batlantirishidan vujudga
kelgan hamkorliksiz ixtisoslashuvning afzalliklaridan to'liq foydalanish uchun kifoya emas.
Braziliyaliklar jinsi kiyimlarini ko'proq xarid qilish bo'yicha istaklarini dunyo
mamlakatlaridagi barcha kiyim-kechak ishlab chiqaruvchilarga ketma-ket faks, elektron
pochtasi va telefon orqali xabar berishlari mumkin. Balkim, bularni yer sharining har qanday
nuqtasidan bir kechada yetkazib berish mumkin ham deylik. Biroq, nisbiy bozor narxlarining
o'zgarishi to'g'risidagi ma'lumotlarsiz Braziliyaliklar paxta yetishtiruvchilarning, qishloq
xo'jaligi uchun kimyoviy mahsulotlar ishlab chiqaruvchilarning, bo'yoq ishlab


328
chiqaruvchilarning, to'qimachilik sohasi ishchilarining, yuk mashinasi haydovchilarining,
samolyot uchuvchilarining, savdogarlarning va son-sanoqsiz boshqa odamlarning jinsi
kiyimlarini talab qilingan miqdorda va fasonda Braziliyaga yetkazib berish bo'yicha alohida
hatti-harakatlarini muvofiqlashtirishga rag'batlantira olmaydi.
Xolis bozor
Bozorning shaxsiy hissiyotlardan yiroqligi tez-tez tanqid ostiga olinib turadi. Ehtimol
shundaydir, lekin aynan shu sababdan ham bozor hamkorlikka asoslangan ixtisoslashuv
miqyosini nihoyatda kengaytiradi. Bozor narxlaridan kelib chiqib faoliyat yuritganda odamlar
kim bilan hamkorlik qilayotganlari va kimlar bu hamkorlikdan manfaatdor ekanligi to'g'risida
ma'lumotga ega bo'lishlari yoki ular to'g'risida g'amxo'rlik qilishlari shart emas.
Turli madaniyatlar o'rtasidagi hamkorlikni va global uyg'unlikni rivojlantirishda hech
qaysi davlat diplomatlarining hatti-harakatlari bozorga teng kela olmaydi. Aynan bozor
munosabatlariga asoslangan hamkorlik va uyg'unlik hamda buning natijasida yuzaga keladigan
ixtisoslashuv boylik yaratilishini tushuntirib bera oladi.
Yakuniy savol: Nima sababdan hamkorlik va ixtiyoriy ayirboshlash ixtisoslashuv
natijasida unumdorlikni oshishiga olib kelishini tushuntirib bera olasizmi?

Download 7.87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   161   162   163   164   165   166   167   168   ...   250




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling