Korxona tomonidan buyum ishlab chiqarish uchun 4000000 so‘mga patent sotib olindi. Foydali xizmat muddati 3 yil. Ushbu patent bo‘yicha yillik amortizatsiya summasini aniqlang.
|
#4000000/3=1333333.3
|
Korxona xizmat ko‘rsatish bo‘yicha eksport shartnomasini tuzdi. Shartnoma bo‘yicha qilinadigan ishlarning qiymati 3500 AQSh dollarini tashkil etadi. O’tgan oyda buyurtmachidan AQSh dollarida 100 foiz miqdorida oldindan to‘lov kelib tushgan. Valyuta mablag‘lari ular kelib tushgan kunning o‘zida sotilgan, valyuta schyotida mablag‘ mavjud emas. 1 AQSh dollarining so‘mga nisbatan kursi quyidagicha: shartnoma tuzilgan sanada – 11000 so‘m.; valyuta mablag‘lari kelib tushgan sanada – 11320 so‘m.; oy oxirida – 11350 so‘m. Kurs farqining summasi nimaga teng?
|
#Salbiy 105000 so‘m.
|
Korxona xodimi qo‘liga 2200000 so‘m oldi. Bu xodimdan jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i 12%lik stavkada ushlab qolinadi. Ijtimoiy soliq stavkasi 12%, shaxsiy jamg‘ariladigan pensiya schyotiga 0.1%. Mehnatga haq to‘lash munosabati bilan korxonada qanday summada xarajatlar qilingan?
|
#2800000 so‘m
|
Korxona xom ashyo xarid qildi, qiymati 50000 ming so‘m. Shartnomaga muvofiq, to‘lov yillik 15% ustama to‘lash sharti bilan 2 oy ichida qismlarga bo‘lib amalga oshiriladi. Korxona xarid qilingan materialni qaysi qiymatda kirim qilishi lozim?
|
#50000 ming so‘m
|
Korxonada inventarizatsiya o‘tkazish jarayonida foydalanish uchun yaroqsiz bo‘lgan materiallar mavjudligi aniqlangan. Ularning tannarxi 1300 ming so‘m. Bozor qiymati 1800 ming so‘m. Materiallar yaroqsiz holga kelganligiga aybdor shaxslar aniqlanmadi. Korxona QQS to‘lovchisi emas. Yaroqsiz materiallarni hisobdan chiqarishdan qanday moliyaviy natija hosil bo‘ladi?
|
#1300 ming so‘m zarar
|
Korxonaning joriy aktivlari 150 mln. so‘mga teng, uzoq muddatli aktivlari esa 200 mln. so‘mni tashkil qiladi. Korxonaning xususiy kapitali qiymati uning majburiyatlari qiymatidan ikki baravar kam. Korxonaning xususiy kapitali nimaga teng?
|
#100 mln. so‘m
|
Korxonaning xususiy kapitali quyidagilardan tashkil topgan: ustav kapitali – 97 300 ming so‘m; sotib olingan xususiy aktsiyalar – 7 300 ming so‘m; rezerv kapitali – 6 000 ming so‘m; qoplanmagan zarar – 6 000 ming so‘m. Balans passivining I bo‘limi, ya’ni «O’z mablag‘lari manbalari» yakuni nimaga teng?
|
#90 000 ming so‘m
|
Moliyaviy natijalar to‘g‘risidagi hisobot bo‘yicha quyidagi ma’lumotlar mavjud: sotishdan sof tushum 120 570 ming so‘m; tannarx 80 570 ming so‘m; davr xarajatlari 20 000 ming so‘m: sotish xarajatlari 3 800 ming so‘m; ma’muriy xarajatlar 7 200 ming so‘m; boshqa operatsion xarajatlar 9 000 ming so‘m; asosiy faoliyatning boshqa daromadlari – 3 000 ming so‘m; moliyaviy faoliyatning boshqa daromadlari 7 000 ming so‘m; moliyaviy faoliyat bo‘yicha boshqa xarajatlar 5 000 ming so‘m; foydadan soliq va yig‘imlar 6 000 ming so‘m. Hisobot davrining yakuniy moliyaviy natijasi qanday bo‘ladi?
|
#19 000 ming so‘m foyda
|
Oldi-sotti shartnomasiga asosan mahsulot yetkazib beruvchi korxonaga tegishli transport vositasida xaridorga yetkazib beriladi. Mahsulotning sotish narxi 14 800 ming so‘mni tashkil etadi. Transportirovka qilish qiymati 1200 ming so‘mni tashkil etadi va bu summa sotish narxiga kiritilmagan bo‘lib, sotuvchi tomonidan qoplab beriladi. Sotuvchi 9010 «Tayyor mahsulotlarni sotishdan daromadlar» schyotining krediti bo‘yicha qaysi summani aks ettiradi?
|
#14 800 ming so‘m
|
Oy boshida omborda 10 dona xar biri 3000 so‘mdan bo‘lgan, material bor. Oy davomida 10 dona 4000 so‘mdan, 25 dona 6000 so‘mdan jami 35 dona material sotib olindi. Oy oxirida 20 dona material qolgan bo‘lsa, Ishlab chiqarishga berilgan materiallarni qiymati FIFO usulini qo‘llaganda toping.
|
= = = = #100000
|
Oy boshida omborda 10 dona xar biri 5 000 so‘mdan bo‘lgan, material bor. Oy davomida 9 dona 4000 so‘mdan, 25 dona 6000 so‘mdan jami 34 dona material sotib olindi. Oy oxirida 20 dona material qolgan bo‘lsa, Ishlab chiqarishga berilgan materiallarni qiymati FIFO usulini qo‘llaganda toping.
|
#116000
|
Oy boshida omborda 10 dona xar biri 5 000 so‘mdan bo‘lgan, material bor. Oy davomida 9 dona 4000 so‘mdan, 25 dona 6000 so‘mdan jami 34 dona material sotib olindi. Oy oxirida 20 dona material qolgan bo‘lsa, Ishlab chiqarishga berilgan materiallarni qiymati AVEGO usulini qo‘llaganda toping.
|
# 128727
|
Oy boshida omborda 120 dona xar biri 40 000 so‘mdan bo‘lgan, material bor. Oy davomida 100 dona 45 000 so‘mdan, 250 dona 50 000 so‘mdan jami 350 dona material sotib olindi. Oy oxirida 200 dona material qolgan bo‘lsa, Ishlab chiqarishga berilgan va omborda qolgan materiallarni qiymati FIFO usulini qo‘llaganda toping.
|
#Qoldiq 10000 000,0 ; I/ch 11800000
|
Oy boshida omborda 120 dona xar biri 50 000 so‘mdan bo‘lgan, material bor. Oy davomida 100 dona 55 000 so‘mdan, 250 dona 60 000 so‘mdan jami 350 dona material sotib olindi. Oy oxirida 200 dona material qolgan bo‘lsa, Ishlab chiqarishga berilgan va omborda qolgan materiallarni qiymati FIFO usulini qo‘llaganda toping.
|
#Qoldiq 12 000,0 ; I/ch 14 500,0
|
Ustav kapitalii 25 000 ming so‘mni tashkil etgan korxona joriy yilda 12 000 ming so‘m miqdorida sof foyda oldi. Jamiyatning ustavida Ustav kapitalining 15%i miqdorida Rezerv kapitali shakllantirish ko‘zda tutilgan. Rezerv kapitali schyotining qoldig‘i 3 500 ming so‘mni tashkil etadi. Korxona sof foydadan (kamida) qanday summani rezerv kapitalini to‘ldirishga yo‘naltirishi lozim?
|
#250 ming so‘m
|
|
|