Amaldagi qonunchilikda gudvillning amortizatsiyasi nechi yil mobaynida xarajatlarga o’tkazilishi kerak?
|
#20 yil
|
Asosiy ishlab chiqarish ishchisi oyiga 300 birlik mahsulot ishlab chiqardi. Bir birlik mahsulot uchun ishbay narxlar: 250 birlik miqdorigacha – 22000 so‘mdan, 250 dan 300 birlik miqdorigacha 24000 so‘mdan, 300 dan 330 birlik miqdorigacha -26000 so‘mdan. Mehnatga haq to‘lashning ishbay - progressiv shaklida ishchining ish haqi qanday hisoblanadi?
|
#6700000
|
Asosiy vositaning boshlang‘ich qiymati – 20 000 ming so‘m, uning jamlangan amortizatsiyasi – 10 000 ming so‘m. Mazkur asosiy vosita 1,3 koeffitsient bo‘yicha qayta baholansa, 8510 «Uzoq muddatli aktivlarni qayta baholash bo‘yicha tuzatishlar» schyotining qoldig‘i qaysi summaga ko‘payadi?
|
#3 000 000 so‘m
|
Buxgalterga oyiga 4200 ming so‘m miqdorida oklad belgilangan, oklad to‘liq to‘lanadi agarda oyda to‘liq ishlasa. Aprel oyida to‘liq 22 kun ishladi, may oyida esa 21 ish kuning 10 kunida ishladi. May oyida ish haqi miqdori qanchani tashkil etadi?
|
#2000000
|
Hozirgi paytda quyidagilar hisobda turibdi: aktivlar 150 mln.so‘m, majburiyatlar 60 mln.so‘m, xususiy kapital 80 mln.so‘m, daromadlar 120 mln.so‘m, xarajatlar 110 mln.so‘m. Ushbu holda korxonaning sof aktivlari qaysi summaga teng?
|
#90 mln. so‘m
|
Inventarizatsiya o‘tkazish paytida hisobga olinmagan ehtiyot qismlar mavjudligi aniqlangan. Korxonada shunga o‘xshash ehtiyot qismlar bor bo‘lib, ulardan oldinroq sotib olinganlari 13000 so‘m, keyinroq sotib olinganlarining narxi esa 14000 so‘m. Ortiq chiqqan ehtiyot qismlar aniqlangan sanada bunday ehtiyot qismlarning bozor narxi 13500 so‘m. Hisobga olinmagan ehtiyot qismlarni qaysi narxda kirim qilish kerak?
|
#13500 so‘m
|
Ishchilarga mehnat haqi berish maqsadida hisobraqamdan yechib olingan 18000000 so‘m miqdoridagi pul mablag‘i korxona kassasiga kelib tushgan. Mehnat haqini kassir to‘lov qaydnomasi bo‘yicha 3 kun muddat ichida tarqatadi. Bu muddat tugaganidan keyin 1500000 so‘m miqdoridagi ishchilarga berilmay qolgan pul mablag‘i deponentlangan. Mazkur vaziyatda bankga naqd pul topshirish xujjati qaysi summaga tuzilishi kerak?
|
#1500000 so‘m
|
Joriy aktivlar 100 mln. so‘mga teng, uzoq muddatli aktivlar esa 200 mln. so‘m. Korxonaning xususiy kapitali qiymati uning majburiyatlari qiymatidan ikki baravar ko‘p. Korxonaning xususiy kapitali nimaga teng?
|
#200 mln. so‘m
|
Kassirga oyiga 4200 ming so‘m miqdorida oklad belgilangan, oklad to‘liq to‘lanadi agarda oyda to‘liq ishlasa. Aprel oyida to‘liq 22 kun ishladi, may oyida esa 21 ish kuning 15 kunida ishladi. Ikki oyda ish haqi miqdori qanchani tashkil etadi?
|
#7200000
|
Korxona 1 tonna bo‘yoq xarid qildi. Hisob-kitob hujjatlariga muvofiq 1 kg bo‘yoqning narxi 12000 so‘m. Bo‘yoq vositachi tashkilot orqali xarid qilingan. Vositachilik haqi 360000 so‘mni tashkil etdi. Bo‘yoq uchun to‘lov summasi bank orqali o‘tkazilgani uchun bankning xizmat haqi (bank komissiyasi) 55000 so‘mni tashkil etdi. Korxonada materiallar hisobi ularning haqiqatdagi tannarxi bo‘yicha yuritiladi. 1kg bo‘yoq qaysi qiymatda hisobga qabul qilinadi?
|
#12360 so‘m
|
Korxona 2022 yilda xizmatlar ko‘rsatishdan olgan tushumi 11 500 ming so‘mni, shu jumladan QQS – 1 500 so‘mni tashkil etgan. Ko‘rsatilgan xizmatlar tannarxi 8 000 ming so‘mga teng. Sotish xarajatlari 1 700 ming so‘mni tashkil etgan. Korxonani boshqarish bilan bog‘liq joriy xarajatlar hisobot yilida 1 200 ming so‘mga teng. 2021 yil 1 yanvar holatiga ko‘ra korxonaning taqsimlanmagan foydasi 8 600 ming so‘mni tashkil etgan. 2021 yil uchun korxona faoliyatining sof moliyaviy natijasi qanday bo‘ladi?
|
#900 ming so‘m zarar ko‘radi
|
Korxona buxgalteriya balansi aktivining moddalari quyidagicha (ming so‘mda): asosiy vositalar 10250; tayyor mahsulot 25650; hisobraqamdagi pul mablag‘lari 15550; yetkazib beruvchilarga berilgan bo‘naklar 3800; kapital qo‘yilmalar 86800. Korxonaning joriy aktivlari nimaga teng?
|
#45000
|
Korxona buxgalteriya balansi aktivining moddalari quyidagicha (ming so‘mda): asosiy vositalar: boshlang‘ich qiymati 10300, eskirish 7300; tayyor mahsulot 25650; hisobraqamdagi pul mablag‘lari 15250; yetkazib beruvchilarga berilgan bo‘naklar 3800; sotib olingan aksiyalar 15900; ta’sischilarning ustav kapitaliga ulushlar bo‘yicha qarzi 32100; kapital qo‘yilmalar 8600. Korxonaning joriy va uzoq muddatli aktivlari nimaga teng?
|
#76 800 va 27 500
|
Korxona buxgalteriya balansi aktivining moddalari quyidagicha (ming so‘mda): binolar 125000; tayyor mahsulot 256050; hisobraqamdagi pul mablag‘lari 155050; kapital qo‘yilmalar 85800. Korxonaning uzoq muddatli aktivlari nimaga teng?
|
#210800
|
Korxona buxgalteriya balansi aktivining moddalari quyidagicha: asosiy vositalar boshlang‘ich qiymati 19250, eskirish qiymati 7250; tayyor mahsulot 25000; hisobraqamdagi pul mablag‘lari 15250; yetkazib beruvchilarga berilgan bo‘naklar 800; kapital qo‘yilmalar 18600. Korxonaning uzoq muddatli va joriy aktivlari nimaga teng?
|
#30600 va 41050
|
Korxona buxgalteriya balansi jami summasi 800000 bo‘lgan holatda: binolar va stanoklar 425000; tayyor mahsulot 250000; hisobraqamdagi pul mablag‘lari 125000; ustav kapitali 385000; jami majburiyatlar 215000. Balans tengligi amal qilishi uchun tushirilib qoldirilgan modda va uning summani aniqlang.
|
#Jamg‘arilgan foyda, 200000 so‘m
|
Korxona buxgalteriya balansi moddalari quyidagicha (ming so‘mda): binolar 125000; tayyor mahsulot 250000; hisobraqamdagi pul mablag‘lari 155000; ustav kapitali 185000; majburiyatlar ???. Noma’lum summani aniqlang.
|
#345000
|
Korxona buxgalteriya balansi moddalari quyidagicha (ming so‘mda): binolar 1250000; tayyor mahsulot 450000; hisobraqamdagi pul mablag‘lari 150000; ustav kapitali 685000; foyda 520000; majburiyatlar 645000. Balans summasi nimaga teng?
|
#1850000
|
Korxona buxgalteriya balansi moddalari quyidagicha: asosiy vositalar 200000; tayyor mahsulot 125000; ustav kapitali 356800; rezerv kapitali 28000; foyda 15250; mol yetkazib beruvchilarga qarz 45150; ishchilardan qarz 18600; hisobraqamdagi pul mablag‘lari 135000; hodimlarga berilgan bo‘naklar 3800. Korxonaning passivlari nimaga teng?
|
#463800
|
Korxona buxgalteriya balansi moddalari quyidagicha: asosiy vositalar 210000; tayyor mahsulot 122000; ustav kapitali 356000; rezerv kapitali 25000; foyda 15250; mol yetkazib beruvchilarga qarz 55150; ishchilardan qarz 18600; hisobraqamdagi pul mablag‘lari 135000; hodimlarga berilgan bo‘naklar 3000. Korxonaning aktivlari nimaga teng?
|
#470000
|
Korxona buxgalteriya balansi moddalari quyidagicha: asosiy vositalar 210250; tayyor mahsulot 12500; hisobraqamdagi pul mablag‘lari 13250; hodimlarga berilgan bo‘naklar 3800; ustav kapitali 300000; kapital qo‘yilmalar 86200; majburiyatlar 26000. Korxonaning aktivlari nimaga teng?
|
#326000
|
Korxona buxgalteriya balansi moddalari quyidagicha: asosiy vositalar 250000; asosiy vositalar eskirishi 23000; tayyor mahsulot 20000; hisobraqamdagi pul mablag‘lari 155000; xususiy kapitali 185000; majburiyatlar 217000. Balans jami summasi nimaga teng?
|
#402000
|
Korxona buxgalteriya balansi moddalari quyidagicha: asosiy vositalsr 125000; tayyor mahsulot 256000; hisobraqamdagi pul mablag‘lari 155000; ustav kapitali 295800, foyda 140200, majburiyatlar 100000. Korxonaning uzoq muddatli aktivlari nimaga teng?
|
#125000
|
Korxona buxgalteriya balansi moddalari quyidagicha: binolar 250000; tayyor mahsulot 250000; hisobraqamdagi pul mablag‘lari 55000; xususiy kapitali 185000. Balans tengligi amal qilishi uchun majburiyatlar summasi nimaga teng bo‘lishi kerak?
|
#370000
|
Korxona buxgalteriya balansi passivining moddalari quyidagicha: ustav kapitali 235000; rezerv kapitali 25000; foyda 15250; mol yetkazib beruvchilarga qarz 58800; ishchilardan qarz 18600. Korxonaning xususiy kapitali va majburiyatlari nimaga teng?
|
#275250 va 77400
|
Korxona hadya shartnomasi bo‘yicha o‘zga tashkilotga ishlab chiqarish uskunasini tekinga bermoqda. Bu uskuna bo‘yicha amortizatsiya to‘liq miqdorda hisoblangan. Uskunaning boshlang‘ich qiymati 9 300 ming so‘m, uni topshirish paytidagi qayta baholash qoldig‘i 95 ming so‘m. Uskunaning hisobdan chiqib ketishidan moliyaviy natija qanday bo‘ladi?
|
#95 ming so‘m foyda
|
Korxona hisobida quyidagilar mavjud: aktivlar 150 mln.so‘m, joriy majburiyatlar 60 mln.so‘m, xususiy kapital – 80 mln.so‘m. Ushbu holda korxonaning uzoq muddatli majburiyatlari qaysi summaga teng?
|
#10 mln. so‘m
|
Korxona sotuvchiga 20 000 ming so‘m miqdorida oldindan to‘lov o‘tkazdi. Bu o‘tkazilgan bo‘nak to‘lovi xarid qilinayotgan tovar qiymatining 50%ni tashkil etadi. Undan keyin sotuvchi tovarni yuklab jo‘natdi. Korxona bundan tashqari tovarni o‘zining omborigacha transportirovka qilish uchun yana 1 000 ming so‘m miqdorida xarajat qildi. Tovar uchun bank hisobraqamidan mablag‘ o‘tkazganida bank 60 ming so‘m miqdorida komissiya oldi. Korxona tovarni qaysi qiymat bo‘yicha kirim qilishi kerak?
|
#41 000 ming so‘m
|
Korxona tekinga tovarlar oldi. Bozor qiymati 12 000 ming so‘mga tengligi aniqlangan. Tovarlarni transportirovka qilish xarajatlari 500 ming so‘mni, sertifikatsiya qilish xarajatlari 300 ming so‘mni tashkil etdi. Tovar qaysi summadagi qiymatda hisobga olinishi kerak?
|
#12 800 ming so‘m
|
|