Jamiyat falsafasi
-MAVZU: INSON FALSAFASI (FALSAFIY ANTROPOLOGIYA)
Download 449.5 Kb. Pdf ko'rish
|
Aksiologiya(qadriyatlar falsafasi) (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Inson — falsafaning bosh mavzusi
- O‘z-o‘zingni angla
- Lao Szi fikriga ko‘ra
9-MAVZU: INSON FALSAFASI (FALSAFIY ANTROPOLOGIYA) REJA: 1.Antropologiyaning mazmun va mohiyati. 2.Sharq falsafasida inson 3.G’arb falsafasida inson 4.Individ va individuallik, inson va shaxs Tayanch tushunchalar: antropologiya, odam, inson, shaxs, individ, individuallik, teosentrizm, kosmosentrizm, antrposentrizm, sotsiosentrizm ANTROPOLOGIYA inson mohiyatini, uning tabiat va jamiyatdagi o‘rnini, o‘ziga xos xususiyatlarini o‘rganish bilan shug‘ullanadi. Antropologiyada inson mohiyatini to‘laroq ochish uchun «men», «ong», «shaxs», «ruh» tushunchalari qo‘llanadi. «Men» — insonning o‘zligini tashqi olamdan, real borliqdan farqlashidir. «Men» ong tufayligina o‘zini boshqa borliqdan farqlaydi. Boshqa narsalar insonga begona voqelik bo‘lib tuyuladi. Shaxs insonning mustaqilligini ifoda etadi. Inson o‘z hayoti davomida tana va ruh ehtiyojlarini qondirishga intiladi. Tana ehtiyojlarini qondirish inson borlig‘ining birlamchi sharti hisoblanadi. Biroq hayotning ma’nosi faqat moddiy ne’matlardan bahramand bo‘lish, tanparastlik, lazzatlanish, boylikka ruju qo‘yishdan iborat emas. Inson ruhi ham o‘ziga xos oziqqa ehtiyoj sezadi. Shu bois unda ma’rifatparvarlik, odamiylik, odillik, rahm-shafqat, diyonat, vijdon, oliyhimmatlik, vatanparvarlik kabi ma’naviy fazilatlar shakllanadi. Yuksak ma’naviyat insonni ruhan poklaydi, iymon-e’tiqodini mustahkamlaydi. Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar insonni ma’naviy-ruhiy jihatdan kamol toptirishga qaratilgandir. Insonning ma’naviy ehtiyojlarini uning tabiiy-moddiy manfaatlaridan ajratish, unga faqat ilohiy mavjudot sifatida qarash ham biryoqlamalikka olib kelishi, etilgan ijtimoiy muammolar mohiyatini to‘g‘ri tushunishga halaqit berishi mumkin. Inson — falsafaning bosh mavzusi. Insonning yaralishi, mohiyati va jamiyatda tutgan o‘rni falsafiy muammolar tizimida muhim o‘rin tutadi. Turli falsafiy ta’limotlarda bu masalalar turlicha talqin etib kelingan. Shunday bo‘lishi tabiiy ham edi, chunki inson mohiyatan ijtimoiy-tarixiy va madaniy mavjudot sifatida har bir yangi tarixiy sharoitda o‘zligini chuqurroq anglashga, insoniy mohiyatini ro‘yobga chiqarishga intilaveradi. Dunyoni insonning teran qatlamlariga kirmasdan sirtdan bilishga bo‘lgan barcha urinishlar narsalar haqida faqat yuzaki tasavvur hosil qilish imkonini beradi. Insondan sirtga qarab harakat qiladigan bo‘lsak, narsalar mohiyatini hech anglay olmaymiz, zero bu mohiyat insonning o‘zida mujassamlashgan. Bu fikr qadimgi mutafakkirlargayoq yaxshi ma’lum bo‘lgan. Unga turli ko‘rinishlarda Sharqda ham, yunon-rim falsafiy an’anasida ham duch kelish mumkin. Xususan, antik davrda Delfidagi Apollon ibodatxonasiga kiraverishda ustunga o‘yib yozilgan, rivoyatlarga qaraganda Suqrot takrorlashni yaxshi ko‘rgan “O‘z-o‘zingni angla”, degan ibora ayniqsa mashhur bo‘lgan. Ajablanarlisi shundaki, oradan ikki yarim ming yil vaqt o‘tgach, hozir ham bu fikr o‘z ahamiyatini yo‘qotgani yo‘q. U nafaqat narsalar dunyosini, balki inson borlig‘ining mohiyatini, inson va ijtimoiy munosabatlarning asl tabiatini tushunishga harakat qilayotgan har bir odam uchun o‘z-o‘zini anglashga chorlovchi fikr bo‘lib qolmoqda. Buni faqat shu bilan izohlash mumkinki, ayni holda har bir yangi avlod o‘z davri hamda tabiiy-ilmiy va falsafiy tasavvurlarning tegishli darajasi nuqtai nazaridan echishga harakat qiladigan o‘ta murakkab, «boqiy» falsafiy masalalardan biri to‘g‘risida so‘z yuritiladi. Xususan, qadimgi xitoy faylasufi Lao Szi fikriga ko‘ra, “boshqalarni biluvchi oqil, o‘zini biluvchi donishmanddir”. Download 449.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling