Жамият фикрининг абстрактланиш жараёни
Download 1.38 Mb.
|
MatModel YN javoblannnn
- Bu sahifa navigatsiya:
- Grafikli modellar
- Birinchi holda
- Ikkinchi holda
Fizik modellar.
Tajriba oʼtkazishga moʼljallangan tajriba uchastkalari katta ekin maydonlarining, laboratoriya mashgʼulotlarini oʼtkazishga moʼljallangan asbob uskunalar fizik modellarga misol boʼladi. Masalan, kimyoviy yoki biologik laboratoriyalarda foydalaniladigan asbob uskunalar hamda tokamak qurilmasi (yer sharoitida termoyadro reaktsiyasini amalga oshiradigan qurilma). Grafikli modellar. Sxemalar, chizmalar, rasmlar, ilmiy va tarixiy asarlar misol boʼla oladi. Masalan, globus yer sharining, insonning surati uning oʼzining, M.Z.Boburning «Boburnoma» asari asarda keltirilgan davrning grafikli modelidir. Matematik model – real obʼektni tasavurimizdagi abstrakt koʼrinishi boʼlib, u matematik belgilar va baʼzi bir qonun–qoidalar bilan ifodalangan boʼladi. Masalan, Nyuton qonunlari, massaning saqlanish qonuni. Modellashtirishning asosiy maqsadi – bu obyektlarni oʼrganish va kelgusidagi kuzatishlar natijalarini oldindan aytish. Shu bilan birgalikda modellashtirish – atrof borliqni boshqarish imkonini beradigan bilish usulidir. Modellarni ularning turli jihatlari boʼyicha turlarga ajratish mumkin. Masalan, masalaning yechilishi xususiyatlariga qarab modellar funktsional va strukturali modellarga boʼlinishi mumkin. Birinchi holda hodisa yoki obyektni harakterlovchi barcha kattaliklar miqdoriy ifodalaniladi. Bunda ularning ayrimlari erkli oʼzgaruvchilar sifatida, boshqalari esa shu miqdorlarning funktsiyalari sifatida qaraladi. Matematik model odatda turli koʼrinishdagi (differentsial, algebraik va hokazolar) tenglamalarning sistemalari koʼrinishida yoziladi, bunda tenglamar qaralayotgan kattaliklar orasidagi miqdoriy bogʼlanishlarni ifodalaydi. Ikkinchi holda model murakkab obyektning strukturasini ifodalaydi. Murakkab obyekt odatda turli qismlardan tuzilgan boʼlib, bu qismlar orasida maʼlum bogʼlanishlar mavjud. Bu bogʼlanishlarni odatda miqdoriy ifodalab boʼlmaydi. Bunday modellarni qurishda graflar nazariyasidan foydalash qulay boʼladi. Graf tekislik yoki fazodagi nuqtalar (uchlar) ning biror toʼplamidan iborat matematik obyekt boʼlib, ulardan baʼzilari chiziqlar (qirralar) bilan oʼzaro tutashtirilgan boʼladi. Download 1.38 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling