Jamiyat haqidagi g`oyalar va tushunchalar


Download 88 Kb.
bet1/6
Sana17.06.2023
Hajmi88 Kb.
#1533904
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Bobur begmurodov mustaqil ish


Reja:



  1. Jamiyat haqidagi g`oyalar va tushunchalar

  2. Diniy, siyosiy va huquqiy qarashlarning paydo bo`lishi va rivojlanishi

  3. Davlat va huquqning paydo bo`lishi haqidagi dunyoviy ta`limot

  4. Davlat va huquqning paydo bo`lishi haqidagi markscha-lenincha ta`limot

Jamiyat, jamiyat va inson, jamiyat va davlat masalalari qadim zamonlardan ilm ahli tomonidan o`rganib kelinayotgan masalalardir. Arastu (Aristotel), Forobiy kabi mutafakkirlar asarlarida inson, davlat va jamiyatning bir-biriga bo`lgan munosabati bayon qilingan. Ularning hammasi to`g`risida to`xtalib o`tishning zaruriyati yo`q, deb o`ylaymiz. Biz ham, ta`bir joiz bo`lsa, o`zimizning ana shu o`ta murakkab masalalar xususida xulosalarimizni, tushunchalarimizni keltiramiz.


Birinchidan, jamiyat - odamlar o`rtasida sodir bo`ladigan ijtimoiy munosabatlar mahsulidir. Ikkinchidan, odamlarni jamoaga birlashtirgan bir butun organi zm bo`lib, uning mohiyati iqtisodiy, siyosiy, ma`naviy kabi ijtimoiy aloqalar munosabatlarda namoyon bo`ladi. Uchinchidan, insonlarni birlashitirgan jamiyat murakkab, tobora takomillashib boradigan oilaviy, milliy, sinfiy, ayrim guruhlar o`rtasidagi munosabatlar, manfaatlar asosida quriladi. Jamiyat tabiiy qonunlar va inson tomonidan qabul qilingan qonunlar asosida tashkil topadi va idora qilinadi.
Jamiyat ilmiy adabiyotlarda ko`p jihatdan ijtimoiy munosabatlar tizimi nuqtai nazaridan o`rganiladi, uning negizini iqtisodiy munosabatlar tashkil yetishi va uning asosida turli ustqurmalar, masalan, siyosat, davlat, huquq, san`at, adabiyot va boshqalar qurilishi e`tirof etiladi. Jamiyat tarixiy nuqtai nazardan o`rganilganda ijtimoiy-iqtisodiy formatsiyalarga: quldorchilik, feodal, kapitalistik va kommunistik bosqichlarga bo`lib o`rganiladi. Bizning fikrimizcha, tarixiy jihatdan jamiyatni o`rganishda qadimiy dunyo, o`rta asrlar, yangi tarix kabi davrlarga bo`lib o`rganish maqsadga muvofiq bo`ladi.
Jamiyat insonsiz bo`lishi mumkin emas. Inson jamiyatning tuzilishida va uning rivojlanishida asosiy rolni o`ynaydi. Jamiyat insonlarning bir-birlari bilan jamoa bo`lib yashashga tabiiy ehtiyojlari asosida paydo bo`lgan.
Jamiyat paydo bo`lginidan boshlab bugungi kunga qadar rivojlanishda murakkab, turli shakllar va tarixiy bosqichlardan o`tdi. Masalan, ilk bor jamiyatning paydo bo`lishini oladigan bo`lsak, uni adabiyotlarda ibtidoiy jamoa tuzumi deb yuritadilar. Ibtidoiy jamoa tuzumi uzoq yillar davomida murakkab bo`lmagan, ya`ni tabaqa, sinflarga bo`linmagan oddiy shaklda amal qildi. Bugungi kundagi jamiyat o`ta murakkab ko`rinishda bo`lib, ularning ko`pchiligi bir millat asosida boshqa millatlar vakillarini birlashtirgan, masalan, Xitoy, Yaponiya, Hindiston, Frantsiya, Olmoniya, O`zbekiston kabi mamlakatlarda. AQShni oladigan bo`lsak, bunday jamiyatlar turli-tuman millatlar ittifoqidan tashkil topginini ko`ramiz.

Download 88 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling