Jamiyat haqidagi g`oyalar va tushunchalar


Download 88 Kb.
bet3/6
Sana17.06.2023
Hajmi88 Kb.
#1533904
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Bobur begmurodov mustaqil ish

Birinchidan, muayyan tarixiy shart-sharoitni e`tiborga olish kerak. Jamiyatdagi iqtisodiy, siyosiy, ma`naviy dunyoqarashning rivojlanish darajasi, ochiqroq qilib aytganda, iqtisodiy munosabatlar va iqtisodiy kuchlarning bir-birlari bilan munosabat darajasi, sinfiy ziddiyatlar, hur fikrlilik kabilarni e`tiborga olgan holda rivojlanish maqsadga muvofiq bo`ladi.
Ikkinchidan, odamlarning dunyoqarashlari, ruhiyati kabi omillar jamiyat taraqqiyotini tartibga solishda katta rol o`ynaydi. Masalan, jamiyat hayotida ro`y berayotgan, amalga oshirilayotgan iqtisodiy, siyosiy islohotlar aholi tomonidan qanday tushunilayapti va qay darajada qabul qilinayapti kabi masalalar muhim ahamiyat kasb etadi. Ayniqsa, huquqiy ong va huquqiy madaniyatni rivojlantirish ahamiyatlidir. Jamiyatda odamlar orasida, sinf va tabaqalar, millatlar o`rtasida kelishtiruv, tinchlik va o`zaro yordam berish g`oyalarini targ`ib yetish ahamiyatlidir.
Uchinchidan, ijtimoiy tartib o`rnatish, odamlar, tashkilotlar, muassasalar o`rtasidagi munosabatlarni tartibga solish uchun qonunlarni joriy yetish lozim. Odatda ularni adabiyotlarda ikki turga bo`ladilar. Oddiy bir shaxsga taalluqli Yoki bir marotaba amal qiladigan normalar va murakkab, ya`ni hamma uchun barobar bo`lgan, doimiy amal qiladigan normalar.
Normalar bilan jamiyat hayotini tartibga solish insoniyat hayotida eng muhim yutuqlardan biri hisoblanadi. Hamma uchun qat`iy qilib o`rnatilganligi va unga amal qilish davlat tomonidan ta`minlanishi jamiyatni tartibga keltiradi. Qonun-qoidalar qanchalik hayotiy, adolatli bo`lsa va ularni sohibi qonunlar amalga oshirishni ta`minlasalar, bunday jamiyatda ijtimoiy tartib yuksak bo`ladi. Aksincha, qoidalarga rioya etilmasa, qonunlar buzilsa, jamiyat hayotida tartibsizlik yuz beradi. Tartibsizlik jamiyatni oxir-oqibatda halokatga olib kelishi mumkin. Jamiyatda tartibsizlikni keltirib chiqaradigan kuchlar mavjud bo`ladi. Jinoyatchi guruhlar, turli-tuman siyosiy, diniy aqidaparastlarni misol qilib keltirish mumkin. Sohibi qonun hamma vaqt ana shu xavf va xatarlardan ogoh bo`lgan holda ularni bostirish uchun ijtimoiy tartibni mustahkamlashi kerak. Masalan, bugungi O`zbekiston, YAponiya kabi davlatlarda ijtimoiy tartib jamiyatning rivojlanishiga olib kelganligini ko`ramiz. Afg`oniston, Rossiya va Yana boshqa bir qator mamlakatlarda, aksincha, ijtimoiy tartibsizlikka olib keluvchi kuchlarning ustunligini kuzatamiz.
Jamiyatning paydo bo`lishi va rivojlanishi masalasini o`rganadigan bo`lsak, birinchidan, uzoq yillar davomida adabiyotlarda ushbu masala birlamchi manba sifatida marksizm-leninizm ta`limoti asoschilaridan biri F.Engelsning «Oila, xususiy mulk va davlatning kelib chiqishi» asari asosida o`rganildi.
F.Engelsning asari esa o`z navbatida mashhur amerikalik tarixchi olim L.Morganning «Qadimgi jamiyat» (1877 yil) degan asari asosida yozilgan edi.
Ikkinchidan, jamiyatning paydo bo`lishi, rivojlanishi masalasi asosan evrotsentrik ta`limotlar, g`oyalarga tayandi.
Uchinchidan, eng achinarlisi shundaki, inson «hayvonot dunyosidan» ajralib chiqqandan keyin jamiyatning dastlabki bosqichiga asos soldi Yoki inson maymunlar oilasidan ajralib chiqib, o`z jamiyatiga asos soldi, degan qarashlar va ta`limotlar hozircha adabiyotlarda hukmronlik qilib kelmoqda. Bizning fikrimizcha, bunday qarashlar ilmiy dalillarga asoslanmagan ta`limotlardir. Inson tabiatan inson bo`lib yaratilgini boshqa gap. Uning hayoti, madaniyati, tafakkuri turli tarixiy davrlarda turli bosqichlarni bosib o`tib, tsivilizatsiyaning yuqori rivojlanish bosqichiga erishgan.
Bugun biz jamiyatni tarixiy jihatdan o`rganishda yuqorida sanab o`tilgan qarashlar, ta`limotlarga ergashmasdan, ularga asoslanmasdan ilmiy nuqtai nazardan yondashish imkoniyatiga egimiz. Bizning fikrimizcha, ilk bor jamiyatning tashkil topishida oilaga e`tiborni qaratishimiz zarur. Chunki odam tabiat qonunlariga ko`ra o`zi yakka yashamasdan, o`z naslini davom ettirish uchun barcha boshqa mavjudotlar kabi oila quradi. Oilada ona, ota va bolalar o`rtasida ijtimoiy munosabatlar vujudga keladi. Tabiiyki, oilani ham jamoa sifatida boshqarish zarur bo`ladi. Shu boisdan ham oilaning paydo bo`lishi ijtimoiy tartib va qoidalarning o`rnatilishiga olib keladi. Kitoblarda avval Ona boshqaruvi, ya`ni matriarxat o`rnatilgan va keyinchalik Ota hokimiyati - patriarxatning o`rnatilishiga olib kelgan, degan mulohazalar mavjuddir. Eng muhimi, bizning fikrimizcha, oilalarning shakllari turli zamonlarda turlicha bo`lishi va turli xalqdar va elatlarda ham oilaning turlicha sharhlanishiga qaramasdan, bugungi kunga qadar oilaning saqlanishi va rivojlanishini e`tiborga olish kerak. Uni jamiyat va davlatning ilk bor paydo bo`lgan bo`gini sifatida o`rganish davlat va huquq nazariyasi fanining vazifasiga kiradi. Arastu va Forobiylar ta`kidlaganlaridek, oilalardan urug`lar, qabilalar, butun bir mahalla va shahar (polis) davlatlarining tashkil topginini e`tirof etmoqchimiz. Ona (matriarxat) Yoki ota (patriarxat) boshqaruvi masalasiga kelganda, albatta, shunday tarixiy davrlar bo`lganki, qon-qarindoshchilik ona tomonidan belgilangan, ayniqsa, ko`p nikoxlilik Yoki ko`p xotinlilik va aksincha ko`p erlilik hollarida Ona yoki Otaning oilani, urug`ni boshqarishdagi roli o`zgarib turgan desak xato bo`lmaydi.
Urug`larning ittifoqi natijasida butun bir mahallalar va mahallalarning yagona shaharga birlashishi oqibatida ijtimoiy hokimiyat, oila, urug` rahbarlarining o`zaro to`planib, maslahat, kengash orqali shaharlarni boshqarishi amalga oshiriladi. Ilmiy adabiyotlarda ko`p jihatdan davlat va huquq paydo bo`lishiga qadar davrda ibtidoiy jamoa tuzumining tashkil topganligi haqida yozilgan.
Ibtidoiy jamoada hokimiyat urug`, qabila boshliqlarining obro`-e`tiborlariga tayangin. Oliy organi barcha urug` a`zolarining yig`ini, majlisi bo`lgan. Bu davrlarda hokimiyat ham jamiyatda shakllanib, undan ajralmagan holda amal qilgan. Hokimiyat to`g`ridan-to`g`ri barcha a`zolarning birga yashash, ishlash va harakat qilishlari asosida olib borilgan. Hokimiyat uchun maxsus tayyorlangan mutaxassislar Yoki qurollangan kuchlar bo`lmagan. Hamma mehnat qiladi va zarur bo`lganda hamma bir bo`lib urug`ni tashqi dushmanlardan himoya qiladi.
Urug` rahbari - oqsoqolning urug`ga rahbarlik qilishi imkoniyatlari cheksiz bo`lgan. U zarur bo`lganda urug` a`zolarining umumiy yig`ilishlarida muhim masalalarni hal qilgan. Ayrim qoida va odat normalarini buzganlarga nisbatan chora ko`rgan. Bu yerda shuni aytish kerakki, jinoyatchiga nisbatan ko`rilgan chora-tadbirlar qat`iy bo`lib, ular o`z iaqtida oshkora amalga oshirilgan. Zarur bo`lganda eng oliy jazo - hayotdan mahrum yetish Yoki urug`dan badarg`a qilish choralari ham qo`llanilgan. Urug` a`zolari teng bo`lganlar. Ular orasida hech bir shaxs imtiyozlarga ega bo`lmagan, shu boisdan ham qoida buzuvchilar javobgarlikdan chetda qolishi mumkin bo`lmagan.
Davlatli jamiyatlarga xos bo`lgan illatlar, masalan tanish-bilishchilik, qarindoshchilik, poraxo`rlik, o`g`irlik, sansalorlik, firibgarlik kabi nuqsonlarga o`rin bo`lmagan. Ibtidoiy jamoa a`zolarining xatti-harakatlari, turmush t`arzlari tajriba asosida vujudga kelgan odat, axloq qoidalari (normalari) asosida amalga oshirilgan. Keyinchalik ko`p yillar davomida takrorlangan va hamma uchun ma`qul va zarur bo`lgan odat qoidalari ibtidoiy maktablarda o`rgatilgan. Masalan, bizning O`zbekiston hududida ana shunday insoniyat tarixiga mansub bo`lgan qadimiy ibtidoiy maktabga misol tariqasida hozirgi Surxondaryo viloyatida saqlangan Zarautsoy suratlarini keltirish mumkin. Zarautsoy Ko`hitang tog`i yetaklarida joylashgan Xo`ja Anqo va Qizilolma qishloqlari orasidadir. Zarautsoyda 270 taga yaqin rang-bo`yoq bilan toshga o`yib ishlangan rasmlar saqlangan.
Ibtidoiy jamoa tuzumi davlat va huquq paydo bo`lgunga qadar insoniyat tarixida uzoq asrlar davomida mavjud bo`lgan o`ziga xos xususiyatlar va sifatlarga ega tuzum edi. U davlat va huquq paydo bo`lgunga qadar insonlarni birlashtirgan, ularning turmush tarzlarini belgilab bergan, ko`p jihatdan tabiiy qonunlarga mos holda barchaning ijtimoiy tengligini ta`minlagan jamiyat edi. Shu sababdan ham qadimgi shoirlar, mutafakkirlar bu davrni «oltin» davr deb ham ta`riflagan.
Urug`larning ko`payishi, hayotning rivojlanishi insoniyat tomonidan kashf etilgan jamiyatning yangi tarixiy bosqichga o`sib o`tishiga olib keldi. Yangi bosqich, davr sifat va mazmun jihatidan avvalgi ibtidoiy tuzumdan farq qildi. Yangi ijtimoiy tuzumning o`ziga xos xususiyati davlat va huquqning paydo bo`lishidir. Bu jarayon bir kunda ro`y bermasdan, balki, uzoq asrlar davomida amalga oshgan.
Davlat jamiyatda ilk bor paydo bo`lgan siyosiy institutdir. Davlat, F.Engels aytginidek, maxsus, faqat idora ishlari bilan shugullanuvchi ijtimoiy hokimiyatning jamiyatning ichidan ajralib chiqishi va shu jamiyatni boshqarish jilovini o`z qo`lida saqlashi bilan xarakterlanadi. Davlatli jamiyatda urug`lar, xalqlar, millatlar, sinflar o`rtasida ijtimoiy tengsizlik mavjud bo`ladi. Davlat ana shu kuchlarni murosaga keltirish, jamiyatni yagona tuzum sifatida saqlab, idora qilish uchun xizmat qiladi. Davlat jamiyatni idora qilishda o`zining apparatiga va asosan o`zi tomonidan ishlangan qonunlarga asoslanadi.

Download 88 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling