Jamiyat haqidagi g`oyalar va tushunchalar
Davlat va huquqning paydo bo`lishi haqidagi markscha-lenincha ta`limot
Download 88 Kb.
|
Bobur begmurodov mustaqil ish
Davlat va huquqning paydo bo`lishi haqidagi markscha-lenincha ta`limot
XIX asrning ikkinchi yarmida g`arbiy Ovrupoda xayoliy sotsializm ta`limotining yakuni sifatida yangi siyosiy-huquqiy dunyoqarash, ya`ni markscha-lenincha ta`limot vujudga keldi. Uning asoschilari K.Marks va F.Engelslar edi. Keyinchalik bu ta`limotning targ`ib etilishi Rossiya va barcha boshqa ittifoqdosh respublikalarda asosan mafkura tariqasida amalga oshirildi. O`zbekistonda ham bu dunyoqarash 1990 yillarga qadar asosiy dunyoqarash bo`lib xizmat qildi. Shu boisdan ham biz ushbu masalaga qisqacha to`xtalishni maqsadga muvofiq deb hisoblaymiz. Uni tanqidiy o`rganib, to`g`ri, ilmiy xulosalar chiqarish bugungi kunda uchraydigan o`tmishdan saqlanib qolgan illatlar, kamchiliklarni bartaraf qilishda ko`maklashadi. Davlat va huquq nazariyasi K.Marks, F.Engels va V.I. Lenin asarlarida bosh masala hisoblanadi. «Kommunistik partiya manifesti», «Oila, xususiy mulk va davlatning kelib chiqishi», «Fransiyada sinfiy kurash», «Fransiyada grajdanlar urushi», «Davlat va revolyutsiya», «Davlat to`g`risida», «Sovet hokimiyatining navbatdagi vazifalari» kabi asarlarda ana shu ta`limot bayon qilingan. Ana shu asarlar asosida juda ko`plab huquqshunos olimlarning kitoblari yozildiki, ularning hammasi to`g`risida fikr yuritish mushkuldir. Xulosa shundan iboratki, markscha-lenincha ta`limot davlat paydo bo`lishi va rivojlanishini xususiy mulkning paydo bo`lishi, jamiyatni qarama-qarshi kurashuvchi sinflarga bo`linishi mahsuli sifatida o`rganadi. Davlat jamiyatdagi sinflar, tabaqalar o`rtasida tinchlikni ta`minlovchi, ularni murosaga keltiruvchi kuch sifa-tida emas, balki jamiyatdagi eng boy hukmronlik qiluvchi sinfning qo`lidagi qurol deb o`rgatiladi. Xususiy mulk hukmronlik qilgan mamlakatlarda davlat ezuvchi sinf man-faatlarini himoya qilsa, sotsialistik tuzumdagi jamiyatlarda bu prolyetariat diktaturasidir, degan g`oyalar ilgari surildi. Huquq masalasiga ham sinfiy nuqtai nazardan qarab, masalan, «Kommunistik partiya manifesti»da unga burjua sinfining qonun darajasiga ko`tarilgan erki, bu erkning asosini shu sinfning moddiy shart-sharoiti tashkil qiladi, degan ma`noda ta`rif berilgan. Davlat va huquq bir zamonlarda paydo bo`lgan bo`lsa, kelajakda, ya`ni kommunistik jamiyatda ular barham topadi. Prolyetar diktaturasi davlatining o`zi sinflarni tugatadi, xususiy mulkni barham toptiradi, hammani ijtimoiy hayotda teng va baxtli qilib, natijada o`zi ham barham topadi, degan ko`pdan-ko`p fikrlar asosida markscha-lenincha ta`limot rivojlandi. Oqibat natijada sotsialistik mamlakatlarda totalitar tizim yuzaga kelib, davlat apparatida ko`p jihatdan, jazolovchi, zo`rlikka tayangin mexanizmlar rivojlandi. Bu hol esa ko`plab begunoh odamlarning huquqlari poymol qilinishiga, mamlakat siyosiy hayotida butun bir millatlarga nisbatan repressiyalar o`tkazilishiga sabab bo`ldi. Ushbu ta`limotning eng katta kamchiligi uning xayoliy, afsonaviy tenglar jamiyatiga chiqish to`g`risidagi qarashlari tabiat qonunlariga qarama-qarshiligida edi. Nazariyada hammaning tengligi e`tirof etilsada, amalda yagona kommunistik partiyaning hukmronligi, millatlar ustidan esa bir millat vakillarining ustunligi o`rnatildi. Davlat va huquq inson huquqini himoyalovchi, ta`minlovchi; sinflar va millatlarni tinchlikka, murosaga keltiruvchi kuch bo`lish o`rniga, aksincha, ular o`rtasida qarama-qarshilikni keskinlashtiruvchi kuchga aylangan edi. Shu sababdan ham markscha-lenincha davlat va huquq nazariyasi va uning asosida tashkil etilgan sotsialistik davlat va huquqning umri uzoq bo`lmadi. 1990 yillarga kelib parchalanib, tarqab ketdi. Download 88 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling