Jamiyat ijtimoiy taraqqiyot haqidagi konsepsiyalar Jamiyat va taraqqiyot


Download 9.77 Kb.
bet2/4
Sana07.05.2023
Hajmi9.77 Kb.
#1437999
1   2   3   4
Bog'liq
Jamiyat ijtimoiy taraqqiyot haqidagi konsepsiyalar-fayllar.org

Hozirgi kunda sotsiologiya


  • Sotsiologiya yangi fan sifatida o‘zining programmasini e'lon qilingan davridan boshlab hozirgi zamon darajasiga qadar shunday katta yo’lni bosib o’tdi. Hozirgi kunda sotsiologiya turli sohalarni sistemalashtirilgan bilim sifatida turli xil nazariy konsepsiyalar, metodologik prinsiplar ishlab chiqish shu bilan birga muhim ahamiyatga ega bo‘lgan konkret sotsiologik tadqiqot o‘tkazish imkoniyatiga ham ega bo‘lgan fandir.

  • Sotsiologiya taraqqiyotining har bir bosqichida o‘zining ilmiy darajasini hisobga olib, jamiyat taraqqiyotida o‘z o‘rni va ahamiyatini chuqurroq o‘ylab, o’z ob'ekt va predmeti mohiyatini tushunishni takomillashtirib bermoqda.

JAMIYAT VA IJTIMOIY HODISA TUSHUNCHASI


  • Sotiologiyaning asosiy vazifalaridan biri ijtimoiy hayot va ijtimoiy munosabatlarni o‘rganishidir. Sotsiologiya terminining o‘zi tarjima qilinganda — «jamiyat haqidagi so‘z» ma'nosini anglatadi. Sotsiologiya fani insonni alohida emas, balki o‘zaro munosabatda bo‘lgan va o‘zaro aloqada bo‘lgan insonlarning faoliyatini, ularning bir-biri faoliyatlari mobaynidagi tasirini o‘rganadi.


Jamiyat va kishilik faoliyati-ning tarkibi nima?

Jamiyatni biz sotsiologik nuqtai-nazardan olib qaraydigan bo‘lsak qanday o‘rganamiz?


  • Birinchidan, jamiyatni tuzilishi va tarkibi o‘rganiladi, ya'ni jamiyat qanday kishilardan iborat, ular qancha va qanday sinf yoki tabaqalarga mansubligi ko‘riladi.

  • Ikkinchidan jamiyatda istiqomat qilayotgan kishilarning xatti-harakatlari nimalardan iborat, ya'ni ularning o‘zaro munosabatlaridagi xarakterlari ko‘riladi. Bunda biz jamiyatda istiqomat qilayotgan kishilarning faoliyatlarini tasodifiy emas, balki aynan o’sha jamiyat qonuniyatlari asosida rivojlanib borishini ta'kidlashimiz kerak. Bunda jamiyat munosabatlari, aynan bir qancha kuchlar idora etib turgan munosabatlar orqali, kishilar u yoki bu munosabatlarni bajaradilar.. Jamiyatdagi kishilarning qanday tabaqalarga taqsimlanishi, ushbu jamiyatning qanday kishilardan iborat ekanligi, jamiyat ichki faoliyatida kishilarning o‘zlarini qanday tutishlari va ular orasida o‘zaro munosabatlarning qay darajada ekanligi, alohida bir kishilarning xatti-harakati natijasida katta ahamiyatga molik bo‘lgan ijtimoiy tarixiy jarayonlarning vujudga kelishi, inson xatgi-harakatini qanday kuchlar boshqarib turishligi— kishilarning o‘zaro munosabatlaridagi xarakterining o‘zagini tashkil etadi.

Download 9.77 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling