Jamiyat sotsial strukturasi va stratifikatsion jarayonlar sotsial struktura tushunchasi
Download 5.15 Kb.
|
Jamiyat sotsial strukturasi va stratifikatsion jarayonlar-genderi.org
- Bu sahifa navigatsiya:
- Sotsial struktura to’g’risidagi antik davr mutafakkirlarining ta’limotlari.
Jamiyat sotsial strukturasi va stratifikatsion jarayonlar JAMIYAT SOTSIAL STRUKTURASI VA STRATIFIKATSION JARAYONLARSotsial struktura tushunchasiSotsial struktura tushunchasi Sotsial struktura tushunchasi ijtimoiy jarayonlar va ularning o’zaro munosabatlari, o’zaro qaramliklari aloqalarini aks ettiradi. Jamiyatning sotsial strukturasi-aloqalar va munosabatlarning majmuasi, uning tarkibiga sotsial guruhlar va ularning hayot faoliyatiga ko’ra insonlar jamoalari kiradi. Ijtimoiy struktura - jamiyatning ijtimoiy asosidir. Jamiyatning sotsial strukturasi rivojlanishining asosida quyidagilar yotadi: - mehnatning ijtimoiy taqsimlanishi – jamiyatni sotsial guruhlarga (sinflar, kasbiy guruhlar, shahar va qishloq odamlari, aqliy va jismoniy mehnat vakillari) bo’linishiga sabab bo’ladi;- ishlab chiqarish vositalari mulkiga munosabat – jamiyatning tiklanib kelayotgan strukturasini iqtisodiy mustahkamlaydi.Ijtimoiy struktura ijtimoiy tuzum qatlamlari orasidagi mavjud bo’lgan bir maromdagi munosabatlarni, o’z mavqei bilan boshqalardan ajralib turuvchi individual yoki jamoaviy pozitsiyalarning tashkilotini bildiradi. Ijtimoiy struktura ijtimoiy tizimning normal ishlashini, uning turg’unligini ta’minlab beruvchi jamiyatning ichki tuzilmasidirIjtimoiy struktura ijtimoiy tuzum qatlamlari orasidagi mavjud bo’lgan bir maromdagi munosabatlarni, o’z mavqei bilan boshqalardan ajralib turuvchi individual yoki jamoaviy pozitsiyalarning tashkilotini bildiradi. Ijtimoiy struktura ijtimoiy tizimning normal ishlashini, uning turg’unligini ta’minlab beruvchi jamiyatning ichki tuzilmasidir Kishilik jamiyati tarixida sotsial struktura muammosining talqini. Insoniyat jamiyatlarining barcha turlarida tengsizlik mavjuddir. Hatto insonlar o’rtasida iqtisodiy farqlanish deyarli yo’q bo’lgan ibtidoiy jamiyatlarda ham shaxslar o’rtasida erkak va ayollar, yoshlar va keksalar o’rtasida tengsizlik mavjud. Ijtimoiy tengsizlikni ta’riflar ekan, sotsiologlar ijtimoiy stratifikatsiya haqida gapiradilar. Stratifikatsiya guruhlar o’rtasidagi strukturaviy farqlar deya ta’riflanishi mumkin. Tushunarli bo’lishi uchun, stratifikatsiyani geologik qatlamlar ko’rinishida faraz qilish mumkin. Jamiyatlar ham ierarxik tartibda joylashgan qatlamlardan iborat bo’lib, imtiyozga ega bo’lganlar cho’qqiga yaqin. Ega bo’lmaganlar esa quyida joylashadi.Sotsial struktura to’g’risidagi antik davr mutafakkirlarining ta’limotlari.Sotsial struktura to’g’risidagi antik davr mutafakkirlarining ta’limotlari. Sokratning buyuk shogirdi Platon jamiyat tarkibini amaliy jihatdan uch yirik guruhga ajratadi:faylasuflar, elita vakillaridan iborat bo’lib, davlat va jamiyat boshqaruvida asosiy o’rin tutuvchilar; 2) harbiylar va 3) qullar (jamiyatda biror-bir fuqarolik huquqlariga ega bo’lmaydiganlar). Platon stratifikatsion tasnif uch yoqlama bogliqlikda amal qilishini asoslaydi. Yani birinchidan, g’oya narsalarda moddiylashgan tarzda namoyon bo’ladi, ikkinchidan, narsalarning o’zi ham muayyan g’oyani doimiy tarzda taqozo etib turadi va nihoyat g’oyaning o’zi mustaqil ravishda amal qiladiAristotel o’z davridagi mavjud stratifikatsion (ijtimoiy tabaqalashuv) tartiblarni qo’llab-quvvatlaydi. U komil inson, komil fuqaro, adolatli davlat xususidagi qarashlarni ilmiy asoslashga intildi. Har qanday mamlakatdagi ijtimoiy tartibsizliklar, inqirozlar va davlat to’ntarishlari ijtimoiy tenglikning buzilishidan kelib chiqadi.Aristotel o’z davridagi mavjud stratifikatsion (ijtimoiy tabaqalashuv) tartiblarni qo’llab-quvvatlaydi. U komil inson, komil fuqaro, adolatli davlat xususidagi qarashlarni ilmiy asoslashga intildi. Har qanday mamlakatdagi ijtimoiy tartibsizliklar, inqirozlar va davlat to’ntarishlari ijtimoiy tenglikning buzilishidan kelib chiqadi. Arastu fikricha, har bir shaxs nafaqat mavjud davlat tuzulishiga, balki o’z ijtimoiy tabaqasiga ham sodiq qolishi hamda o’z kasb-kori, xizmat sohasi doirasida kamolotga intilishi lozim. Konfutsiy kishilarni jamiyatda egallab turgan o’rinlarini, ijtimoiy mavqelarini o’zgartirishlariga qarshi turgan. U insonlar o’z ijtimoiy mavqelarini o’zgashtirish y o’lida emas, balki shu mavqe mazmunini teran bilimlar bilan boyitishga chaqiradi. Bilimlar kishiga nafaqat ma’lumotli bo’lishi uchun, balki to’g’ri ish tutish uchun, oqil hatti-harakatlar qilish uchun ham kerakdir. Konfutsiy Sharq mutafakkirlariga xos xususiyatlarni namoyon etib, jamiyatda kishilar turli ijtimoiy tabaqalarda yashashlarini ma’qullagan holda, bu tabaqalar o’rtasida doimo murosa, kelushuv bo’lishini, ziddiyatlarga aslo yo’l qo’ymaslik zarurligini uqtiradi. http://genderi.org Download 5.15 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling