Жамият тарақиётида радио ва телевидениени тутган ўрни
Download 0.63 Mb.
|
Ozbekiston respublikasi oliy va orta maxsus talim vazirligi n
KirishO`zbekiston Respublikasida o`tgan davr mobaynida milliy davlatchilikni barpo qilish, bozor iqtisodiyotiga o`tish, xalqaro munosabatlarni yo`lga qo`yish va rivojlantirish bobida ulkan ishlar amalga oshirildi. Jamiyatda huquqiy, demokratik tamoyillarning qaror topishida ommaviy axborot va telekommunikatsiya vositalari muhim ahamiyat kasb etmoqda. Radio va televideniye paydo bo`lgan davridan boshlab omma fikrini, ma`naviyatini shakllantirishga xizmat etuvchi kuchli targ`ibot vositasi sifatida namoyon bo`lib kelmoqda. Eng asosiysi, radio va televideniye kishilarning axborot olish manbasi hamda madaniy xordiq chiqarishga xizmat qiluvchi san'at turi hisoblanadi. O`zbekiston Respublikasida huquqiy, demokratik jamiyat barpo etish jarayonida radio va televideniye o`ziga xos muhim ahamiyatga ega bo`lib, hozirgi kunda ham radio va televideniyening oziga xos faoliyati yangi bosqichda rivojlanib bormoqda. Jamoatchilikning radio va televideniyega kundan-kunga qiziqishi ortib bormoqda. Ko‘plab rivojlangan mamlakatlarda davlat kabelli, tijorat, jamoatchilik, hissadorlik televideniyalarning yangi imkoniyatlari paydo bo‘lib sifat jihatidan rivojlanmoqda. Xozirgi paytda radio va televideniya turmushimizning zarur vositasi sifatida har bir oilaning axborot olishini ta'minlaydi. Inson umr ko‘rish jarayonida moddiy va ma'naviy qoniqishga intiladi. Bu insonning tabiiy ehtiyoji. Ommaviy axborot vositalari ichida radio va televideniyening inson ma'naviy dunyosini shakllantiruvchi vosita sifatida xizmati beqiyos. Radio va televideniyening maqsad va vazifalari milliy manfaatimiz talablaridan kelib chiqadi. Dunyo mamlakatlarida har yili 13-fevralni – “Jahon radiosi kuni” sifatida nishonlanadi. Ilk marta “Jahon radiosi kuni” 2012-yilda nishonlangan bo‘lib, uni nishonlash haqidagi qaror 2011-yilda YUNESKO tomonidan qabul qilingan edi. Bunga sabab, aynan 1946-yil 13-fevral kuni “BMT Radiosi” ilk bora o‘z efirini boshlagan edi. Shuning uchun ham bugungi kunda 13-fevral – “Jahon radiosi kuni” sifatida Ozbekistonda va BMTga a`zo boshqa davlatlar tomonidan ham nishonlanib kelinmoqda. Download 0.63 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling