Jamiyat tushunchasi Reja: Jamiyat tushunchasining mohiyati va talqini


Jamiyat tushunchasining mohiyati va talqini


Download 33.19 Kb.
bet2/3
Sana14.11.2023
Hajmi33.19 Kb.
#1772429
1   2   3
Bog'liq
Jamiyat tushunchasi

Jamiyat tushunchasining mohiyati va talqini.


Jamiyat – kishilar hayotiy faoliyatining tarixiy rivojlanish shakli bo’lib, o’z tuzilishi jihatidan murakkab tizimni tashkil qladi. Bizning hozirda yashab turgan jamiyatimizni sotsial tizimning muayyan konkret shakli sifatida, uning funktsional va rivojlanish qonuniyatini, har bir bo’lakchalarinig o’ziga xos tomonlarini, o’zaro munosabatlarini ilmiy jihatdan o’rganib, to’g’ri boshqarish muhim ahamiyatga egadir. Chunki, o’z vaqtida keyingi oqibati oldindan sotsiologik asosda tahlil qilinmagan va oldi olinmagan nuqsonlar jamiyat taraqqiyotining salbiy oqibatlariga olib keladi.
Sotsiologiya tarixda jamiyat – o’z ijtimoiy ehtiyojlarini qondiruvchi kishilar birligi sifatida tushunilgan. Shu bilan birga, jamiyat ayrim kishilarning birligiga emas, balki ijtimoiy munosabatlar majmuasi hamdir.
Sotsiologiya jamiyat to’g’risidagi ta’limot bo’lib, ijtimoiy tizimlar rivojlanish va funktsional qonuniyatlari, harakatlantiruvchi kuchlarini o’rganuvchi fandir. U turli ijtimoiy hodisalar, jamiyat va tabiat o’rtasidagi aloqadorlikni, shuningdek, shaxs kishilarning ijtimoiy hulqi, uning elementlari va rivojlanish qonuniyatlarini o’rganadi.
Avvalo biz jamiyatni sotsiologik nuqtai-nazardan quyidagicha o’rganamiz:
1) Jamiyatning tuzilishi va tarkibi o’rganiladi (ya’ni jamiyat qanday kishilardan iborat, ular qancha va qanday sinf yoki tabaqalarga mansubligi ko’iladi);
2) Jamiyatda istiqomat qlayotgan kishilarning hatti-harakatlari nimalardan iborat (ya’ni, ularning o’zaro munosabatlaridagi xarakterlari ko’riladi). Bunda biz jamiyatda istiqomat qilayotgan kishilarning faoliyatlarini tasodifiy emas, balki aynan o’sha jamiyat qonuniyatlari asosida rivojlanib borishini ta’kidlashimiz kerak.
Jamiyatdagi kishilarning qanday tabaqalarga taqsimlanishi, ushbu jamiyatning qanday kishilardan iborat ekanligi, jamiyat ichki faoliyatida kishilarning o’zlarini qanday tutishlari va o’zaro munosabatlarning qay darajada ekanligi, alohida bir kishilarning hatti-harakatlarini qanday kuchlar boshqarib turishligi –kishilarning o’zaro munosabtlaridagi xarakterining o’zagini tashkil etadi.
3) Jamiyat taraqqiyoti uning rivojlanishi nuqtai-nazaridan o’rganiladi. Dunyodagi barcha hodisalar vaqtlar o’tishi bilan o’zgaradi. Taraqqiyotning misli ko’rilmagan sur’atlar bilan rivojlanib borishi jamiyatdagi o’zga ikkinchi yoki uchinchi bir qadriyatlar bilan qorishitirib yubormoqda. Kechagi avlodning yashash tarzi bugungi avlodnikiga mos kelmay qolmoqda, bugungi avlodniki esa ertangi avlodning yashash tarziga mos kelmaydi. Shuning uchun jamiyatni to’liq tushunish uchun nafaqat uning tuzilishi va rivojlanishini, balki uning o’tmishini, ya’ni tarixini ham sinchiklab o’rganish, bu jamiyatning qanday tarkib topganligini, qanday shakllanganligini, rivojlanganligini bilish jamiyatni to’liq tushunmoqlikka imkon yaratadi.
Jamiyat ijtimoiy hodisaning umumiy va murakkab sistemasidir. Ijtimoiy faoliyatning belgilangan sotsial statusiga ega bo’lgan, o’zida ijtimoiy me’yor va qadriyatlarni aks ettirgan, individual sifatlarga G’shaxsning ijtimoiy belgisi, qiziqishlari, qadriyatlar yo’nalishi, shaxs motivlari va hokazoG’ ega bo’gan shaxslar jamiyatning elementi hisoblanadi.
Jamiyat umumiy tabiiy-tarixiy tizim sifatida o’zida ishlab chiqarish kuchlari va iqtisodiy munosabatlarning ijtimoiy, mafkuraviy, siyosiy strukturalarining organik birligini tashkil etadi. Kishilarning turli ijtimoiy guruhlarining o’zaro birligi yoki jamiyat tizimining tabiiy-tarixiy xarakterini belgilashda muhim omil hisoblanadi. Jamiyatning har bir sohasi ishlab chiqarish taraqqiyotida ma’lum bir funktsiyalarni bajaradi: iqtisodiy munosabatlar – ijtimoiylashuvini G’sotsializatsiyaG’, siyosiy munosabatlar – ijtimoiy boshqaruvni G’elementlar nazoratiG’, mafkuraviy munosabatlar – ma’naviy ishlab chiqarish funktsiyasini va b.
Sotsiologik nazariya barcha ijtimoiy tizimlarni 1) sotsietal; 2) ijtimoiy munosabatlarda ko’radi. Sotsietal tizimlarga jamiyatning iqtisodiy, siyosiy, ijtimoiy va mafkuraviy munosabatlari kiradi. Ularning har biri bir-biri bilan aloqada bo’lgan aniq bir strukturaga ega bo’ladi. Jamiyatning sotsietal tizimi – ierarxik qaramlikni tashkil etadi, ya’ni iqtisodiy munosabat bunda belgilovchi omil bo’lib, ijtimoiy, siyosiy va mafkuraviy munosabatlar uning ishlab chiqrailuvchisi bo’ladi.
Sotsietal tizimlarning bir-biri bilan o’zaro uzviy aloqada bo’lishi dialektik xarakterga ega. A.Smit «Dunyodagi barcha narsalar mehnatning mahsulidir, mehnat taqsimoti natijasida har bir individ o’zi uchun ishlaydi va boshqalar uchun ishlashga ham majbur bo’ladi, u boshqalar uchun ishlaganda, aksincha, o’zi uchun ham ishlaydi» deydi. Shuning uchun aynan shu tizimda ishlab chiqarish kuchlari va ishlab chiqarish munosabatlari, bazis va ustkurma, ijtimoiy ong kabi falsafiy kategoriyalar ishlatiladi.
Ma'lumki, falsafa inson ma'naviy hayoti va bilimlarining qadimiy tarmog‘i hisoblanadi. Barcha mamlakatlar va mintaqalardagi odamlar qariyb uch ming yildan buyon turli shakllarda, avval afsonalar shaklida, keyinchalik muayyan nazariy tuzilmalar tizimi va bir butun konsepsiyalar shaklidagi «insonni o‘rab turuvchi olam aslida nima hamda unda inson qanday o‘rin va vazifani egallaydi?» degan savolni ko‘ndalang qo‘yadi va bu savolga javob berishga urinadi. Hozir, XXI asr boshida ham dunyoda ko‘rsatib o‘tilgan savollarga javob berishga urinuvchi ko‘plab nazariy konsepsiyalar mavjud. Shuni ta'kidlash joizki, o‘tmishdagi va hozirgi kundagi falsafiy qarashlar ko‘p jihatdan bir-biridan farq qiladi. Biroq shunday bir umumiylik ham mavjudki, u mazkur savollarni aynan falsafiy savollarga tenglashtirish imkoniyatini beradi. Bu umumiylik «Olam va odam», «Men – Men emas», «Men – U» degan masalalarni qo‘yish va ularga javob berishdan iborat. Falsafa tarixining har bir bosqichida, har bir falsafiy tizimda inson mazkur savollarga oid javoblardan haqiqat zarralarini izlab topishga urinadi. Aynan mana shu zarralar falsafiy bilim tuzilmasiga kiritilib, har bir muayyan bosqichda umuman falsafa asoslarini tashkil etadi. Taqdim etilayotgan mazkur darslikda aynan mana shu asoslar to‘g‘risida so‘z boradi.
Mazkur kitob M.Ahmedova va V.Xan tahriri ostida Toshkentda 2004 yilda «Mehnat» nashriyotida 31 bosma taboq hajmida nashr etilgan «Osnovы filosofii» darsligi asosida yaratildi.Ushbu nashrda mutaxassislar va keng kitobxonlar ommasi tomonidan qilingan mulohaza va takliflar hisobga olingan. Shu bilan birgalikda ilgarigi nashrning asosiy yo‘nalishlari saqlab qolingan. Ular quyidagilardan iborat:
Birinchidan, O‘zbekistonda sobiq ittifoq davridagi falsafa rivojining o‘ziga xos xususiyatlariga tavsif berilgan, mamlakatimizdagi falsafa ilmining og‘riqli nuqtalari va yangi muammolari yangi davrning asosiy tamoyillari hamda O‘zbekiston taraqqiyotining hozirgi bosqichi nuqtai nazaridan belgilab berilgan.Ikkinchidan, falsafa tarixiga oid bo‘lim to‘ldirildi. Zamonaviy g‘arb falsafasiga doir materiallarga neokantchilik, hayot falsafasi, teyyardizm, pragmatizm, postpozitivizm, neomarksizm va boshqa shu kabi yo‘nalishlar kiritildi. Sharq falsafasiga oid bo‘lim kengaytirildi. MDH darsliklaridan, va umuman dunyodagi boshqa mamlakatlardagi darsliklardan farqli ravishda mazkur darslikda qadimiy Hindiston, Xitoy va Yaqin Sharq mamlakatlarining o‘ziga xos dunyoqarashlar tizimlari bilan bir qatorda Uzoq Sharq mamlakatlarining (Quriya va Yaponiya mamlakatlarining) dunyoqarashlariga oid an'analar ham ko‘rsatib o‘tilgan. O‘rta asrlar falsafasi bo‘limiga birinchi bor Hindiston, Xitoy, Quriya va Yaponiya falsafasi to‘g‘risidagi materiallar kiritildi. Ilk bor XX asr zamonaviy sharq falsafasi to‘g‘risidagi paragraf ham kiritildi. Zamonaviy jahon falsafasining «Sharq-G‘arb» muloqoti tizimidagi sintetik tamoyillar ko‘rsatib berildi. Uchinchidan, texnika falsafasi va ijtimoiy falsafani rivojlantirish nazariyasiga oid qismlar jiddiy ravishda kengaytirildi va quyidagi yangi mavzular kiritildi: tarix falsafasi, madaniyat falsafasi, siyosat falsafasi, huquq falsafasi, axloq falsafasi, san'at falsafasi, din falsafasi.To‘rtinchidan, ijtimoiy falsafa bo‘limiga suveren O‘zbekistonning turli sohalardagi (iqtisodiy, siyosiy, ijtimoiy va ma'naviy sohalardagi) va jahon tamoyillari nuqtai nazaridan rivojlanish tajribasini falsafiy tahlil qilishga taalluqli alohida bo‘lim, paragraflar va kichik paragraflar kiritildi. Jamiyat hayotida milliy g‘oya va mafkuraning roli ko‘rib chiqildi.
Darslikning quyidagi mavzulardagi boshqa qismlari ham yangilandi: «Falsafa: predmeti, tuzilishi, jamiyatdagi vazifasi va roli», Falsafa genezisi», «Jadidchilik», «Odamning kelib chiqishi», «Qadriyatlar falsafasi» va boshqalar.
Huquqshunoslik ilmida «davlat» va «jamiyat» tushunchalari mavjud. Ammo davlat bilan
jamiyat tushunchalari bir xil emas. Davlat - jamiyatning shaklangan asosiy instituti. Jamiyat
tarakkiyotining yetuklashgan muayyan davrida paydo bo‘lgan. Boshqacha kilib aytganda, «jamiyat -
davlatning onasi». Davlat esa jamiyat «farzandi» uning maxsuli. Shunday ekan, jamiyat
qandaybo‘lsa davlat ham shunday bo‘ladi va aksincha. Jamiyat o‘z rivojida qandayboskichlard
utsa, davlat ham shunga mutanosib tarzda o‘zgarib, takomillashib boraveradi. Bu - qonuniyat.
Davlatlarning tashkil topishi bu - insoniyatning ijobiy jamoa tizimida sivilizatsiya tomon burilishi
edi. Dunyoda birinchi sivilizatsiyalashgan davlatlar Kadimgi Sharkda miloddan awalgi IV-III ming
yilliklar davriga tugri keladi. Markaziy Osiyo hududida miloddan awalgi ming yillikning boshlarida
ilk davlat uyushmalari paydo bula boshlagan.
Jamiyat dastlab ijtimoiy hokimiyat ya’ni hamma odamlarning hokimiyati tomonidan
boshqarilgan. Odamlar turli kabilalarga birlashib, usha kabilada yuzaga kelgan muhim masalalarni
birgalikda xal kilgan. Kabila ishlarini boshqarishda hamma ishtirok etgan. Bu demokratiya ya’ni
xalk hokimiyatining ilk sodda kurinishi - ibtidoiy demokratiya edi.
Ishlab chikarishning usishi tarakkiyot natijasida asta sekin jaimyatda siyosiy munosabatlar
paydo buldi.
Jamoa hokimiyati (ibtidoiy demokratiya) urniga aloxida odamlar hokimiyati paydo buldi.
Jamiyat boylar va kambagallar, keyinrok boshqaruvchilar va boshqariluvchilarga bulindi.
Davlatning ibtidoiy urugchilik jamiyatdan ajralib turadigan belgilari quyidagilar;
1. Davlat paydo bo‘lgan jamiyatda fuqarolar ma’lum bir xududga birlashadilar.
2. Davlat o‘z faoliyatini amalga oshirishi uchun murakkab tizimdan tashkil topgan
boshqaruv apparati (kurolli kuchlar, militsiya, sud, proko‘ratura, bojxona va boshqalar)ga ega
bo‘ladi va ana shu boshqaruv tizimi yordamida o‘zining barcha fuqarolari uchun majburiy bo‘lgan
davlat hokimiyatini amalga oshiradi.
3. Davlat hokimiyatini tulakonli amlga oshirish uchun qonunlar va turli normativ
hujjatlar qabul qilinadi. Ya’ni, davlat mavjud bo‘lgan joyda huquq ham mavjud bo‘ladi.
4. 0‘z faoliyatini yuritish uchun zaruriy harajatlar urnini koplash uchun moliyaviy
manbaalarga ega bo‘ladi. Soliklar va boshqa tulovlar joriy qiladi va ularni yigadi ya’ni o‘z
byudjetiga ega bo‘ladi.
5. Davlat o‘z faoliyatini tulakonli tarzda amalga oshirishi uchun o‘z suverentetiga
(mustakilligiga) ega bo‘lishi lozim.
Davlat majbur kilish kuchiga, ya’ni hokimiyatga ega bo‘lgan, o‘z fuqarolari shuningdek,
xududda istikomat qiluvchi barcha insonlarning manfaatlarini ximoya qiladigan, boshqa davlatlar
bilan siyosiy iqtisodiy, madaniy aloqalarni amalga oshiradigan mustakil siyosiy tashkilotdir. Hokimlar rahbarlik qiladigan xalq deputatlari kengashlari viloyat, tuman va shaharlarda (tumanga bo’ysunadigan Shaharlar, shuningdek, shahar tarkibiga kiradigan tumanlardan tashqari) vakillik organlari hisoblanadi. Ular davlat va fuqarolar manfaatlaridan kelib chiqib, o’z vakolati doirasidagi masalalarni hal qiladi.
Qo’rg’on, qishloq va ovullar, shuningdek, shahar, qo’rg’on, qishloq va ovullardagi mahallalarda fuqarolar yig’inlari o’zini o’zi boshqarish organlari hisoblanadi. O’zbekiston Respublikasida sud tizimi qonun chiqaruvchi va ijro hokimiyati, siyosiy partiyalar va boshqa jamoat birlashmalaridan mustaqil ravishda faoliyat yuritadi.
Davlatning institut sifatidagi ijtimoiy funktsiyalari birinchi navbatda jamiyatda xavfsizlik, barqarorlik va ijtimoiy tartibni ta’minlashdir. Bu davlatning birlashtiruvchi funktsiyasidir. Chunki tartib va barqarorlik ijtimoiy integratsiyaning muhim Sharti hisoblanadi.
Shu o’rinda O’zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimovning madaniyat va ta’lim, tibbiyot, adabiyot, san’at va me’morchilikning jadal rivojlanishi, ilmiy maktablarning paydo bo’lishi, ko’plab iste’dodlarning etishib chiqishi turli omillar, jumladan, iqtisodiyotning jadal rivojlanishi, ammo birinchi navbatda barqarorlik saqlanishiga bog’liq ekani to’g’risidagi fikrini keltirish joiz. Binobarin, barqarorlik yo’q joyda fanning rivojlanishi haqida gapirish ortiqcha. Qachonki hammayoq tinch, barqaror bo’lsa, odamlar tinch uyquga yotadi va ertaga boshimga balo-qazolar tu Shadi, deb qo’rqmaydi. Bu to’g’riligi ko’plab asrlar davomida isbotlangan haqiqatdir13.
Davlatning ikkinchi ijtimoiy funktsiyasiga tartibga solish va taqsimotni kiritish mumkin. Iqtisodiy bazani tashkil qiluvchi muayyan resurslar va moddiy boyliklarga ega davlat ularni iqtisodiyot, siyosat, ta’lim, madaniyat, ilm-fan, sog’liqni saqlash va ijtimoiy ta’minot kabi ijtimoiy institutlar manfaatlaridan kelib chiqib taqsimlaydi.
Ushbu davlat ixtiyoridagi moddiy boyliklar va resurslarni shartli ravishda ikkita asosiy turga bo’lish mumkin: “azaldan mavjud” (er, qazilmalar, tabiiy zahiralar va h.k.) va “ishlab topilgan” (xo’jalik faoliyati, qurilish, soliq yig’imlari va hk. singari davlat faoliyati natijasida to’plangan) moddiy boyliklar va resurslar uning kuchi va qudrati asosiy manbasi bo’lib xizmat qiladi. Davlatning resurslari qancha ko’p bo’lsa va o’ Sha resurslarni jamiyat manfaatlaridan kelib chiqib, oqilona taqsimlasa, butun boshli ijtimoiy tizim samarali ishlashi uchun Shunchalik qulay Sharoit yaratiladi. Birinchi Prezident Islom Kаrimovning «O’rtа аsrlаr SHаrq аllomаlаri vа mutаfаkkirlаrining tаrixiy merosi, uning zаmonаviy tsivilizаtsiya rivojidаgi roli vа аhаmiyati» mаvzusidаgi xаlqаro konferentsiyaning ochilish mаrosimidаgi nutqi. http://www.uza.uz/oz/politics/prezident-islom-karimovning-rta-asrlar-shar-allomalari-va-mutafakkirlarining- tarikhii-merosi-uning-zamonavii-tsivilizatsiya-rivozhidagi-roli-va-aamiyati-mavzusidagi-khalaro-konferentsiyaning- ochilish-marosimidagi-nuti-16.05.2014-32302.olish, shuningdek, aholining madaniy ehtiyojlarini qondirish uchun Sharoit yaratishga qaratilgandir.
Davlatning yana bir qancha: xalqaro maydonda milliy manfaatlarni himoya qilish, mamlakat mudofaasini tashkil etish, boshqa mamlakatlar bilan hamkorlik va integratsiyaning rivojlantirish singari tashqi funktsiyalari ham bor.
“Davlat Shakli” tushunchasi “boshqaruv Shakli” va “davlat tuzumi shakli” singari tushunchalar orqali tavsiflanadi. “Boshqaruv Shakli” oliy hokimiyatning tashkil bo’lish usulidir va o’ Sha hokimiyatning formal manbalariga bog’liq. U davlat organlari tuzilmasi (institutsional dizayni) va ularning o’zaro munosabatini belgilab beradi. Oliy hokimiyatning tashkil bo’lish usuli davlatning oliy organlari qanday Shakllanishi, ular tuzilmasi, davlat organlari o’rtasidagi o’zaro munosabatlar asosini qanday printsiplar tashkil qilishi, oliy hokimiyat organi bilan mamlakatning oddiy fuqarolari o’rtasidagi munosabatlar qanday qaror topishi, davlat organlari ishini tashkil qilish fuqaroning huquq va erkinliklarini qanday ta’minlashini ko’rsatib beradi.
Zamonaviy dunyoda boshqaruvning ikkita asosiy Shakli mavjud: monarxiya va respublika (ularning turli ko’rinishlari). Monarxiya biror boshqa hokimiyatning hosilasi bo’lmay, faqat bitta oilaga tegishli bo’ladi va avloddan-avlodga o’tadi. U albatta muqaddas sanaladi, Chunki monarx hokimiyatining qonuniylik Sharti – Shu.Zamonaviy davlatlar umumlashtirilgan tizimga ega. Davlat hokimiyati aholining aksariyat qismi qo’llab-quvvatlamay turib, boshqaruv funktsiyasini bajara olmaydi. Demokratiya siyosiy hokimiyatga xuddi shunday qo’llab- quvvatlashni bevosita yoki bilvosita ta’minlab beradi.

Download 33.19 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling