Jamiyat tushunchasining moxiyati va mazmuni


Insonning tabiati, moxiyati va borligi


Download 75 Kb.
bet3/4
Sana07.03.2023
Hajmi75 Kb.
#1243665
1   2   3   4
Bog'liq
Jamiyat va oila falsafasi

Insonning tabiati, moxiyati va borligi.
Tabiat, madaniyat, siyosat, sivilizatsiya, bilish kabi masalalar inson manfaatlari va insoniy moxiyatning namoyon bulish shakllaridir. Ularning barchasi inson tabiati va moxiyati bilan bog‘likdir. Falsafa insonni olamning tarkibiy kismi sifatida Urganadi. Inson shunday mu-rakkab va kup kirrali mavjudotki, uning moxiyati yaxlit bir butunlik sifatida inson, shaxs, individ, individuallik tushunchalari orkali ifodalanadi.
Bu tushunchalar bir-biriga yakin va ma nodosh bulsa xam, bir-biridan farklanadi. Inson O‘zida biologik, ijtimoiy va psixik xususiyatlarni mujassamlashtirgan ong‘li mavjudot. Insonning biologik xususiyatlariga ovkatlanish, ximoyalanish, zurriyot koldirish, sharoitga moslashish kabilar xos. Inson boshka mavjudotlardan sotsial xususiyatlari bilan ajralib turadi. Chunonchi, til, muomala, ramziy belgilar, bilim, ong‘, maxsulot ishlab chikarish, taksimlash, iste mol kilish, boshkarish, O‘z-O‘zini idora etish, badiiy ijod, axlok, nutk, tafakkur, kadriyatlar, tabu (ruxsat va ta kiklash) shular jumlasidandir. Insonning psixik xususiyatlariga ruxiy kechinmalar, xayratlanish, g‘m-tashvish, kayg‘u, iztirob chekish, zavklanish, kayfiyat kabilar kiradi. Inson shu xususiyatlari orkali yaxlit bir tizimni tashkil etadi. U yaxlit mavjudot sifatida O‘z extiyojlarini kondiradi va insoniyat davomiyligini ta minlaydi. Insonga xos bo‘lgan biologik xususiyatlarni ijtimoiy xususiyatlardan ustun kuyish yoki psixologik xususiyatlarni burttirish uning moxiyatini bo‘zib talkin etishga, bir yoklamalikka olib keladi. Falsafa tarixida inson tug‘risidagi ta’limotlarda biologizm, sotsiologizm, psixologizm kabi yunalishlar vujudga kelgan. Biologizm insonning tabiiy-biologik xususiyatlariga, sotsiologizm insonningijtimoiy xususiyatlariga, psixologizm esa, ma’naviy, ruxiy, psixologik xususiyatlariga bir yoklama yondashishga asoslangan edi. Inson moxiyatini falsafiy jixatdan chukurrok taxlil kilishda shaxs, individ, individuallik tushunchalarining moxiyatini bilish va ularni bir biridan farklash muximdir.

Download 75 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling