Jamiyat va geografik muhit


Issiqlik va moddalarning texnogen oqimlarini boshqarish


Download 40.42 Kb.
bet4/6
Sana21.04.2023
Hajmi40.42 Kb.
#1369562
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
JAMIYaT VA GEOGRAFIK MUHIT

Issiqlik va moddalarning texnogen oqimlarini boshqarish.
Insoniyatning butun tarixi geografik qobiqdagi issiqlikni o’zlashtirish bilan bog’liq. Insoniyat turli shakldagi issiqlikni o’zlashtirish davomida geografik qobiqning issiqlik muvozanatiga ta’sir etadi. Mazkur ta’sir oxirgi vaqtda ayniqsa sezilarli bo’lib bormoqda. Natijada radiasion muvozanat, Yerning issiqlik muvozanati o’zgarib bormoqda.
Geografik qobiqning radiasion muvozanatiga ta’sirni o’rganish jarayonida quyidagi natijalar olingan (Gerenchuk va boshqalar, 1981):

Haqiqatda buni qanday sodir bo’lishini ko’rib chiqamiz. Radiasion muvozanatdagi tuynukni Yerning nurlanishi o’ynaydi. Agar Yer yuzasi haroratini oshiradigan bo’lsak, Yerning nurlanishi, ya’ni issiqlik tarqatishi keskin ortadi. Agar Yer yuzasi haroratini o’zgarishi qisqa vaqtli bo’lsa muvozanat tezlik bilan tiklanadi. Agar harakatni o’zgarishini keltirib chiqargan omil uzoq vaqt davomida ta’sir etsa, unda yangi muvozanat xolati vujudga keladi. Mazkur muvozanat Yerga kelayotgan radiatsiya va Yerning issiqlik taratish nisbatiga mos keladi.
Geografik qobiq tomonidan o’zlashtirilgan Quyosh issiqligi uning faoliyatini saqlab turish uchun sarflanadi.
Radiasion muvozanatning Yerga keladigan qismini me’yorga solib turadigan omillar. Yer yuzasining alьbedosi «» kelayotgan radiatsiyaning o’zlashtirish koeffisienti bo’lib hisoblanadi. Mazkur koeffisient vaqt va fazoda o’zgarib turadi. Mazkur o’zgarish geografik qobiqdagi radiasion muvozanatni vaqt va fazodagi xilma-xilligini keltirib chiqaradi. Bundan tashqari u kelayotgan issiqlikni me’yorga solib turuvchi omil bo’lib ham hisoblanadi. Masalan, qor yog’ishi bilan Yer yuzasining alьbedosi keskin ortib ketadi, natijada geografik qobiqqa kelayotgan issiqlik miqdori keskin kamayadi. Bu esa, qor ko’chishi imkoniyatini kuchaytirib yuboradi.
Yer ning alьbedosiga juda ko’p omillar ta’sir etadi. (quriqlik, suvlik, landshaft turi, landshaft holati). Alьbedoga insonning xo’jalik faoliyati ham kuchli ta’sir ko’rsatadi. (13-jadval)
Dashtlarda yoqqan qor kelayotgan radiatsiya miqdorini 8-marta kamaytirib yuboradi. Albedo dashtlarni shudgorlash, o’rmonlarni kesish, o’simlik qoplamining o’zgarishi natijasida ham o’zgarib turadi.
SHunday qilib Yer yuzasining albedo miqdori geografik qobiqqa kelayotgan issiqlik miqdorini boshqarib turadi.



Download 40.42 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling