Jamiyatda ilmiy-texnik va axborot (informatsiya) sohasidagi xavf turlari


Download 26.38 Kb.
bet6/7
Sana27.03.2023
Hajmi26.38 Kb.
#1300340
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
INFORMATSIYA SOHASIDAGI XAVF TURLARI

TEKSHIRISh TARTIBI

3.1. Har bir kasb kasalligi (zaharlanish) maxsus tekshirilishi lozim.


3.1.1. O`tkir kasb kasalligi (zaharlanish)ning maxsus tekshiruvi sanеpidstansiyaning mehnat gigiyenasi bo`yicha vrachi yoki boshqa mutaxassisi tomonidan korxona (tashkilot, muassasa)ning profiliga qarab, shoshilinch xabarnoma olingandan keyin, 2, 1, 7-bandlarga binoan o`tkaziladi.
Eslatma: istisno hollarda tekshiruv sanеpidstansiya bosh vrachining topshirig`iga binoan sanitariya vrachining yordamchisi tomonidan o`tkaziladi.
3.1.2. O`tkir kasb kasalligi (zaharlanish) bir vaqtning o`zida korxonada yuz bergan baxtsiz hodisa hisoblanib sanitariya vrachi ishtirokida mazkur baxtsiz hodisani tekshirish bilan bir paytda o`tkaziladi. Sanitariya vrachi, agar u ana shu baxtsiz hodisani tekshirishda qatnashmagan bo`lsa, O`tkir kasb kasalligi (zaharlanish)ni maxsus (alohida) tekshiriladi.
3.1.3. Maxsus tekshiruv o`tkazishda quyidagi tarkibdagi komissiya tuziladi:
- korxona ma’muriyati, mehnatni muhofaza qilish bo`limi, kasaba uyushmasi vakili, korxona sog`liqni saqlash shoxobchasining sex terapevti va tibbiyot xodimi.
3.1.4. Maxsus tekshiruv jarayonida:
- O`tkir kasb kasalligi (zaharlanish) paydo bo`lgan sabablari va sharoitlari tekshiriladi;
- kasallik yuz bergan ish joyi (ish zonasi, ishlab chiqarish uchastkasi, sex) tekshiriladi;
- zarur bo`lganda zararli ishlab chiqarish omillarining laborator va asbob-uskunalar bilan tekshiruvi o`tkaziladi;
- kasb kasalligi (zaharlanish) yuz berganda ishlovchilarning sanitariya-gigiyenik mehnat sharoitlari baholanadi;
- tekshiruv natijalari asosida kasallik (zaharlanish) hodisalarini bartaraf еtish va ularning oldini olish bo`yicha sanitariya-profilaktika, tashkiliy va texnik choralari ishlab chiqiladi.
3.1.5. Kasallik (zaharlanish) hodisasini maxsus tekshirish natijalari bo`yicha belgilangan shakl (362-sonli shakl) bo`yicha 4 nusxada tekshiruv dalolatnomasi tuziladi. Dalolatnomaning birinchi nusxasi korxona ma’muriyatida qoladi, ikkinchisi sanеpidstansiyaga, uchinchisi - korxonaga xizmat ko`rsatayotgan davolash-profilaktika muassasasiga, to`rtinchisi - kasaba uyushmasiga topshiriladi.
3.1.6. Tekshiruv natijalari bo`yicha sanеpidstansiya tomonidan kasallik (zaharlanish) yuz berishiga sabab bo`lgan sanitariya-gigiyena me’yorlari buzilishiga ma’sul shaxslarga nisbatan ma’muriy jazo choralari ko`riladi. Tegishli hollarda hujjatlar tergov organlariga taqdim еtiladi.

3.2. Surunkali kasb kasalliklari hodisalarini tekshirish tartibi.


3.2.1. Surunkali kasb kasalligi (zaharlanish)ning har bir hodisasi alohida (maxsus) tekshiriladi, u kasallik haqidagi xabarnoma olingan paytdan boshlab 7 kun mobaynida sanеpidstansiyaning mehnat gigiyenasi sanitariya vrachi yoki boshqa vrachi (3.1.3-bandi bo`yicha komissiya tomonidan o`tkaziladi).
3.2.2. Tekshirish chog`ida 3.1.4-bandga muvofiq asosiy masalalar ko`rib chiqiladi, natijalari 3.1.5-bandga binoan tartibga rasmiylashtiriladi.
3.2.3. Surunkali kasb kasalligi yuz bergan hollari va sabablari tekshirilganda sanеpidstansiya mutaxassislari korxonani sanitariya jihatidan tekshirish aktlari va laboratoriya tekshiruvi natijalaridan, sexlarning sanitari-texnologik pasportlaridan, ish joylari attestatsiyalari, dastlabki va davriy tibbiy ko`riklar materiallari, mehnatni muhofaza qilishni yaxshilash va sanitariya-sog`-lomlashtirish choralari bo`yicha yillik reja majmuining bajarilishi haqidagi ma’lumotlardan foydalanishadi.

3.3. Doimiy ish joyi (o`qish)dan tashqari ish bajarish yuboriladigan shaxslarda kasb kasalligini tekshirish, hisobga olish va qayd qilish tartibi.


3.3.1. Doimiy ish (o`qish) joyidan tashqari ish bajarish uchun yuboriladigan shaxslarda kasb kasalliklari hodisalarini tekshirish ishi kasb kasalligi (zaharlanish) yuz bergan ob’ekt ustidan davlat sanitariya nazoratini amalga oshirayotgan sanitariya-еpidemiologiya stansiyasi tomonidan o`tkaziladi.
3.3.2. Kasb kasalligi hodisasini tekshirgan sanitariya-еpidemiologiya stansiyasi tekshiruv materiallarini, ishlarni bajarish uchun ushbu shaxsni yuborgan korxona joylashgan joy bo`yicha sanеpidstansiyasiga yuboradi.
3.3.3. Mazkur kasb kasalligi hodisasini qayd qilish va hisobga olish, shuningdek bemorni dispanserda kuzatish ishini quyidagilar olib boradi: shaxs yashaydigan turar joy bo`yicha (jabrlangan) shaxsning asosiy ishi bo`yicha sanеpidstansiyasi va davolash-profilaktika muassasasi.
3.3.4. Kasb kasalligi (zaharlanish) hodisalarini tekshirishga (bu haqdagi axborot 2.3-bandga binoan navbatdan tashqari xabarnomalar tartibida beriladi) respublika, viloyat, shahar sanеpidstansiyalari, zarur bo`lgan hollarda ilmiy-tekshirish institutlari jalb qilinishi zarur.

4. ISh JOYINI O`ZGARTIRGAN SHAXSLARDA



Download 26.38 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling