Jamiyatda ilmiy-texnik va axborot (informatsiya) sohasidagi xavf turlari


Download 26.38 Kb.
bet7/7
Sana27.03.2023
Hajmi26.38 Kb.
#1300340
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
INFORMATSIYA SOHASIDAGI XAVF TURLARI

KASB KASALLIKLARINI TEKSHIRISh,
QAYD QILISh VA HISOBGA OLISh TARTIBI

4.1. Ish joyini o`zgartirgan shaxslarda surunkali kasb kasalliklarini kasb kasalligi aniqlangan joy bo`yicha sanitariya еpidemiologiya stansiyasi tekshiradi.


Tekshiruv ushbu xastalikni keltirib chiqarishi mumkin bo`lgan hozirgi ish joyida zararli ishlab chiqarish omillari ta’sir еtishi istisno еtilgan hollarda ham o`tkaziladi.

4.2. Mazkur kasb kasalligini aniqlagan joyidagi sanеpidstansiya va davolash-profilaktika muassasasi shu xastalikni oydinlashtirish maqsadida bemorning oldingi ish joyidagi tegishli sog`liqni saqlash organlaridan quyidagilarni so`rab olishlari zarur.


4.2.1. Oldingi ish joyi bo`yicha mehnat sharoitlarining sanitariya-gigiyenik tavsifnomalarini;
4.2.2. Birlamchi hujjatlar shakllari (ambulatoriya kartalari, kasallik tarixlari va boshqalar)dan ko`chirma nusxalarni;
Eslatma: talabnoma har bir yuz bergan hodisada bemorning kasb yo`nalishini hisobga olgan holda so`raladi.

4.3. Talabnoma so`ralgan muassasalar bir oy muddat ichida talab qilingan hujjatlarning ko`chirma nusxalarini taqdim еtishlari lozim.

4.4. Ish (o`qish) joyini o`zgartirgan shaxslarda tasdiqlangan kasb kasalliklari hodisalari kasal odam ishlaydigan ishxona ustidan davlat sanitariya nazoratini amalga oshirayotgan huquqiy sanеpidstansiya tomonidan qayd qilinishi va hisobga olinishi kerak.

5. SANITARIYa-EPIDEMIOLOGIYa STANSIYALARIDA


VA DAVOLASh-PROFILAKTIKA MUASSASALARIDA
KASB KASALLIKLARI HODISALARINI QAYD QILISh
VA HISOBGA OLISh TARTIBI

5.1. Kasb kasalliklariga chalingan bemorlarni qayd qilish va ularning salomatligi va ishlash qobiliyatini kuzatib borish uchun 1.5.2-bandda ko`rsatilgan sanitariya-еpidemiologiya stansiyalarda, kasb kasalliklari klinikasida “Kasb kasalliklarini hisobga olish jurnallari” tutiladi (363-sonli shakl).


5.1.1. Jurnal sanеpidstansiya yoki davolash-profilaktika muassasasining bosh vrachi buyrug`i bilan tayinlanadigan mas’ul shaxs tomonidan to`ldirib boriladi.
5.1.2. Jurnal quyidagi idoralarda to`ldiriladi:
5.1.2.1. Kasb kasalliklari klinikasida - statsionar bemorning “Tibbiy kartasi” (003-U-sonli shakl) ma’lumotlari va bemorning mehnat sharoitlarini sanitariya-gigiyena tavsiyanomalari asosida.

5.2. Boshqa davolash-profilaktika muassasalarida har bir tasdiqlangan kasb kasalligi (zaharlanish) hodisasi ambulator bemorning tibbiy kartasi (25-sonli shakl)ga yozib qo`yiladi.



5.3. Sanеpidstansiyalar kasb kasalliklarini tekshirish aktlari, kasb kasalliklari jurnallari asosida EVMni ishlatgan holda kasbdan kasallanishni keyinchalik hisobga olish va bir qadar chuqur tahlil qilish uchun “Kasb kasalligi zaharlanishni hisobga olish (152-sonli shakl) kartalari”ni to`ldiradi.
Download 26.38 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling