Jamiyatda shaxslararo munosabatlar va muloqot psixologiyasi
Download 0.71 Mb. Pdf ko'rish
|
Shovxiyev L.B
- Bu sahifa navigatsiya:
- G.M.Andreeva
G.M.Andreyeva muloqotning quyidagi tuzilishini taklif etadi:
1. Muloqotning kommunikativ tomoni(ya’ni muloqotga kirishuvchilar o‘rtasidagi ma’lumot va axborotlar almashinuvi jarayoni). 2. Muloqotning interaktiv tomoni(ya’ni, muloqotga kirishuvchi tomonlarning bir-birlarining ijtimoiy xulq-atvoriga ta’sir ko‘rsatish jarayoni). 3. Muloqotning pertseptiv tomoni (ya’ni, muloqotga kirishuvchi tomonlarning bir-birlarini idrok etishlari va tushunishlari bilan bog‘liq bo‘lgan murakkab psixologik jarayon). Bu tizimning har bir tomonini keyingi bo‘limlarda batafsil tahlil etiladi. Ko‘pgina olimlar muloqotning inson hayotidagi ahamiyatiga to‘xtalib o‘tar ekanlar, uning qator vazifalari-funktsiyalarini ajratadilar. Masalan, taniqli rus olimi B.F.Lomov uning funktsiyalariga quyidagilarni kiritadi: a) ma’lumotlar almashinuvi funktsiyasi; b) xulq-atvorni boshqarish funktsiyasi; v) hissiyotlar almashinuvi. Bu funktsiyalar aslida G.M.Andreeva ajratgan muloqot jabhalari-qismlariga ham mos keladi, ya’ni har bir muloqot jarayonida Lomov qayd etgan vazifalarni topish mumkin. Muloqotning hayotimizdagi shakl va ko‘rinishlariga kelsak, uning har bir shaxsning hayotiy vaziyatlarga mos keladigan, o‘sha vaziyatlardan kelib chiqadigan ko‘rinishlari va turlari haqida gapirish mumkin. Lekin umumiy holda, har qanday muloqot yo rasmiy yoki norasmiy tusda bo‘ladi. Agar rasmiy muloqot odamlarning jamiyatda bajaradigan rasmiy vazifalari va xulq-atvor normalaridan kelib chiqsa, masalan, rahbarning o‘z qo‘l ostida ishlayotgan xodimlar bilan muloqoti, professorning talaba bilan muloqoti, o‘qituvchining o‘quvchisi bilan muomalasi va hokazo, norasmiy muloqot - bu odamning shaxsiy munosabatlariga tayanadi va uning mazmuni o‘sha suhbatdoshlarning fikr-o‘ylari, niyat-maqsadlari va emotsional munosabatlari bilan belgilanadi. Masalan, do‘stlar suhbati, poezdda o‘zoq safarga chiqqan yo‘lovchilar suhbati, tanaffus vaqtida talabalarning sport, moda, shaxsiy munosabatlar, sevgi- muhabbat borasidagi munozaralari norasmiy muomala ko‘rinishlaridir. Odamlarning asl tabiatlariga mos bo‘lgani uchun ham norasmiy muloqot doimo ularning hayotida ko‘proq vaqtini oladi va bunda ular charchamaydilar. Lekin shuni ta’kidlash kerakki, odamda ana shunday muloqotga ham qobiliyatlar kerak, ya’ni, uning qanchalik sergapligi, ochiq ko‘ngilliligi, suhbatlashish yo‘llarini bilish, til topishish qobiliyati, o‘zgalarni tushunishi va boshqa shaxsiy sifatlari kundalik muloqotning samarasiga bevosita ta’sir ko‘rsatadi. Shuning uchun hamma odam ham rahbar bo‘lolmaydi, pedagogik ishga hamma ham qo‘l uravermaydi, chunki buning uchun shaxsdan ham rasmiy, ham norasmiy muloqot texnikasidan xabardorlik talab qilinadi. Международный научный журнал № 1(100), часть 1 «Научный Фокус» май, 2023 1258 Muloqot mavzusi va yo‘nalishiga ko‘ra: a)ijtimoiy yo‘naltirilgan (keng jamoatchilikka qaratilgan va jamiyat manfaatlaridan kelib chiqadigan muloqot, masalan, teleboshlovchining tomoshabinlarga murojaati, deputatlikka nomzodning saylovchilar bilan uchrashuvi, ommaviy namoyishlar chog‘ida notiqning omma oldida chiqish qilishi va hokozo); b) guruhdagi faoliyatning predmetiga yo‘naltirilgan (o‘zaro hamkorlikdagi faoliyatni amalga oshirish mobaynidagi muloqot-mehnat, ta’lim jarayonidagi yoki konkret topshiriqni bajarish jarayonida guruh a’zolarining muloqoti); v) shaxsiy muloqot (bir shaxsning boshqa shaxs bilan o‘z muammolarini echish maqsadida o‘rnatgan munosabatlari, ikki dugonaning dildan "sirlashishlari", onaning fanzandga o‘gitlari kabi); g) pedagogik muloqot (pedagogik jarayonda ishtirok etuvchilar o‘rtasida amalga oshiriladigan murakkab o‘zaro ta’sir jarayoni) turlari farqlanadi. Har bir muloqot turining o‘z qonun-qoidalari, ta’sir usullari va yo‘l-yo‘riqlari borki, ularni bilish har bir kishining, ayniqsa, odamlar bilan doimo muloqotda bo‘ladiganlar, jamoat ishlarini boshqaruvchilarning burchidir. Muloqot jarayonining murakkab psixologik tabiatini bilish, turli sharoitlarda samarali munosabatlar o‘rnatish malakasini oshirish uchun uning tarkibiga kiruvchi har bir element yoki bo‘laklar bilan alohida tanishib chiqamiz. Amerikalik jurnalist G.Lassuel besh unsurdan iborat bo‘lgan kommunikativ jarayonning quyidagi modelini taklif etadi: A. Kim (axborot kim tomonidan uzatilmoqda); B. Nima (qanday axborot uzatilmoqda); V. Qanday (axborot qanday yo‘l bilan uzatilmoqda); G. Kimga (axborot kimga yo‘naltirilmoqda); D. Qanchalik samarali (axborot qanchalik samarador uzatildi). Kommunikativ jarayon aksial (bunda axborot ayrim konkret odamlargagina yo‘naltiriladi) yoki retial (bunda axborot bir qancha ehtimol qilinayotgan retsipiyentlarga уo‘naltiriladi) xarakterda bo‘lishi mumkin. Kommunikator retsipiyent uni qanchalik tushunayotganini «kommunikativ rollar» o‘zgargach biladi. Chunki bunda retsipiyent kommunikatorga aylanib avvalgi kommunikatorga qabul qilgan axborotning mazmunini qanday tushunganligini bildiradi. Muloqot ikki va undan ortiq kishilar o‘rtasida bilish yoki baholash tarzidagi axborot almashishda namoyon bo‘luvchi o‘zaro ta’sirdir. Muloqotning o‘zaro birgalikda harakat qilish va faoliyat ko‘rsatish jarayonida odamlarni birlashtiradigan umumiy narsa ishlab chiqarish tarzida tushunilishi ana shu umumiy narsa muloqot vositasi sifatidagi tildan iborat ekanligini bildiradi. Til muloqotga kirishuvchilar o‘rtasida aloqa bog‘lanishini ta’minlaydi. Uni bu maqsad uchun tanlangan so‘zlar mohiyatiga ko‘ra kodlashtirgan holda axborotni ma’lum qilayotgan kishi ham, bu mohiyatning kodini ochgan, ya’ni uning Международный научный журнал № 1(100), часть 1 «Научный Фокус» май, 2023 1259 ma’nosini oshkor etgan va ana shu axborot asosida o‘z xulq-atvorini o‘zgartirgan holda bu axborotni qabul qilayotgan kishi ham tushunadi. Download 0.71 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling