Jamiyatda siyosiy va harbiy xavfsizlik masalalari


Mamlakatning mudofaa sanoati kompleksi


Download 43.52 Kb.
bet8/8
Sana15.03.2023
Hajmi43.52 Kb.
#1269014
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
6-Sem. Jamiyatda siyosiy va harbiy xavfsizlik masalalari

3. Mamlakatning mudofaa sanoati kompleksi
39. Qurolli Kuchlarning qurol-yarog‘, harbiy va maxsus texnikaning modernizatsiya qilingan hamda istiqbolli namunalariga, shuningdek boshqa harbiy-texnikaviy mol-mulkka bo‘lgan talab-ehtiyojlarini qanoatlantirish uchun mo‘ljallangan mudofaa sanoati kompleksini bosqichma-bosqich rivojlantirib borish mamlakat mudofaasining iqtisodiy, texnologik va harbiy-texnikaviy bazasining asosini tashkil etadi.
40. Mamlakat mudofaa sanoati kompleksini rivojlantirishning asosiy yo‘nalishlari quyidagilardan iborat:
mudofaa sanoati korxonalari, muassasalari va tashkilotlarining samarali ishlashi uchun qulay shart-sharoitlar yaratish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlarni nazarda tutuvchi o‘rta muddatli dasturlarni amalga oshirish;
harbiy-texnikaviy yo‘nalishdagi ilmiy-tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlarini shakllantirish hamda o‘tkazishning davlat tizimini joriy etish;
chet el investitsiyalari ishtirokidagi korxonalarni tashkil etish va manfaatdor xorijiy sheriklar bilan kooperatsiya aloqalarini yo‘lga qo‘yish;
harbiy maqsadga mo‘ljallangan mahsulotni yaratish, ishlab chiqarish, ta’mirlash va modernizatsiya qilish sohasidagi talab yuqori bo‘lgan texnologiyalarni o‘zlashtirish;
boshqaruv kadrlarini, ilmiy, muhandis-texnik va ishchi kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash hamda ularning malakasini oshirish, iqtisodiyotning harbiy sektoridagi mehnat faoliyatining jozibadorligini oshirish bo‘yicha rag‘batlantiruvchi ijtimoiy chora-tadbirlarni joriy etish.
Harbiy sohada milliy xavfsizlikka bo‘lgan tahdidlar ko‘rinishlarining o‘zgarishlariga, harbiy-siyosiy vaziyat sharoitlariga, zamonaviy harbiy mojarolar xususiyatiga, davlat harbiy tashkilotini rivojlantirish vazifalari va yo‘nalishlariga bog‘liq holda Doktrinaning ayrim qoidalari qonunchilikda belgilangan tartibda aniqlashtirilishi hamda to‘ldirilishi mumkin.
Download 43.52 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling