Jamiyatda siyosiy va harbiy xavfsizlik masalalari


IV. DOKTRINANING HARBIY-IQTISODIY JIHATLARI


Download 43.52 Kb.
bet6/8
Sana15.03.2023
Hajmi43.52 Kb.
#1269014
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
6-Sem. Jamiyatda siyosiy va harbiy xavfsizlik masalalari

IV. DOKTRINANING HARBIY-IQTISODIY JIHATLARI
1. Mamlakat mudofaasini harbiy-iqtisodiy jihatdan ta’minlash asoslari
31. Mamlakat mudofaasini harbiy-iqtisodiy jihatdan ta’minlashning maqsadi tinchlik va urush davrida davlat harbiy tashkilotining O‘zbekiston Respublikasining mudofaa sohasidagi siyosatini amalga oshirish uchun yetarlicha moliyaviy, moddiy-texnikaviy va boshqa resurslarga bo‘lgan talab-ehtiyojlarini qanoatlantirishdan iboratdir.
32. Mamlakat mudofaasini harbiy-iqtisodiy jihatdan ta’minlash quyidagi prinsiplarga asoslangan:
a) davlat harbiy tashkilotini moliyaviy va moddiy-texnikaviy jihatdan ta’minlash darajasining mamlakat harbiy xavfsizligi vazifalariga hamda iqtisodiy imkoniyatlariga muvofiqligi;
b) harbiy-iqtisodiy faoliyatni boshqarishda markazlashtirish;
v) moliyaviy, moddiy-texnikaviy va boshqa resurslarni davlat harbiy tashkilotini tegishli maqsadli dasturlarni ishlab chiqish orqali rivojlantirishning ustuvor vazifalarini hal etishga yo‘naltirish.
33. Mamlakat mudofaasini harbiy-iqtisodiy jihatdan ta’minlashning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
harbiy va ikki xil maqsadga mo‘ljallangan mahsulotni yetkazib berish hamda ishlab chiqarishga, mamlakat mudofaasi ehtiyojlari uchun ishlarni bajarish va xizmatlar ko‘rsatishga doir davlat buyurtmalarini joylashtirishni tartibga soluvchi qonunchilikni takomillashtirish;
ikki xil maqsadga mo‘ljallangan mahsulotni ishlab chiqarish bo‘yicha iqtisodiyot tarmoqlarini rivojlantirish dasturlarini, shuningdek Qurolli Kuchlarni qurol-yarog‘, harbiy hamda maxsus texnikaning modernizatsiya qilingan va istiqbolli namunalari bilan ta’minlash dasturlarini iqtisodiy hamda moliyaviy jihatdan o‘z vaqtida va oqilona ta’minlash;
harbiy xavfsizlikni ta’minlashga yo‘naltiriladigan moliyaviy va moddiy resurslar xarajatlarini maqbullashtirish, davlat harbiy tashkilotining barcha tarkibiy qismlarini o‘zaro bog‘liq, uyg‘un holda rivojlantirish asosida ulardan foydalanish samaradorligini oshirish;
qo‘shinlarni va qurol-yarog‘ni boshqarishning unifikatsiya qilingan, himoyalangan axborot-kommunikatsiya tizimlarini razvedka, ogohlantirish, radioelektron kurash tizimlarini, shuningdek yuqori aniqlikdagi nishonga urish vositalarini ishlab chiqish hamda ishlab chiqarish uchun iqtisodiy va moliyaviy sharoitlar yaratish;
mamlakatning, Qurolli Kuchlarning va harbiy infratuzilmaning ilmiy-texnikaviy, texnologik va ishlab chiqarish bazasini rivojlantirish;
harbiy va ikki xil maqsadga mo‘ljallangan mahsulotdagi, shuningdek ularni ishlab chiqish hamda ishlab chiqarish texnologiyalaridagi intellektual mulk obyektlarining huquqiy himoya qilinishini ta’minlash;
iqtisodiyotning fuqarolarga oid va harbiy sektorlarini o‘zaro uyg‘unlashtirish hamda davlatning harbiy-iqtisodiy faoliyatini uning harbiy xavfsizligini ta’minlash manfaatlarini ko‘zlab muvofiqlashtirish;
harbiy xizmatchilar va ular oila a’zolarining turmush darajasini yuksaltirish, qonunchilikda belgilangan ijtimoiy kafolatlarini amalga oshirish;
mamlakatning safarbarlik shayligi va safarbarlik tayyorgarligi tizimlarini takomillashtirish;
moddiy vositalar zaxiralarini shakllantirish;
o‘zaro manfaatli xalqaro harbiy va harbiy-texnikaviy hamkorlikni amalga oshirish.
34. O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetining tarkibiy qismi bo‘lgan mudofaa budjeti mamlakat mudofaasini moliyaviy jihatdan ta’minlashning asosidir. Mudofaa budjeti davlatning iqtisodiy imkoniyatlarini va davlat harbiy tashkilotining mudofaa vazifalarini hal etish uchun haqiqiy talab-ehtiyojlarini hisobga olgan holda shakllantiriladi.
35. Harbiy xizmatchilar va ular oila a’zolarining ijtimoiy himoyasi harbiy xizmatni o‘tash tartibini, ichki ta’minotini, uy-joy, tibbiy va pensiya ta’minotini takomillashtirishga qaratilgan qonunlar hamda boshqa normativ-huquqiy hujjatlar va jamiyatda harbiy xizmatning nufuzi, obro‘si oshirilishini ta’minlaydigan davlat dasturlarini ro‘yobga chiqarishning boshqa ishlab chiqilgan samarali mexanizmlari asosida amalga oshiriladi.
36. Xalqaro harbiy va harbiy-texnikaviy hamkorlik Qurolli Kuchlarni qurol-yarog‘, harbiy va maxsus texnikaning eng yangi hamda istiqbolli namunalari bilan ta’minlash, ularni modernizatsiya qilish, ta’mirlash va utilizatsiya qilish bo‘yicha vazifalarni hal etish, qo‘shma loyihalarni amalga oshirish, mudofaa sanoati kompleksiga chet el investitsiyalari hamda texnologiyalarini jalb etish, shuningdek harbiy, harbiy-texnik kadrlar va mutaxassislarni tayyorlash, qayta tayyorlash, ularning malakasini oshirish zaruriyatiga muvofiq tashkil etiladi hamda amalga oshiriladi.

Download 43.52 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling