Jamiyatda siyosiy va harbiy xavfsizlik masalalari


II. DOKTRINANING HARBIY-SIYOSIY JIHATLARI


Download 43.52 Kb.
bet3/8
Sana15.03.2023
Hajmi43.52 Kb.
#1269014
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
6-Sem. Jamiyatda siyosiy va harbiy xavfsizlik masalalari

II. DOKTRINANING HARBIY-SIYOSIY JIHATLARI
1. Harbiy-siyosiy vaziyatning o‘ziga xos xususiyatlari
6. Globallashuv davom etayotgan va xalqaro munosabatlarning butun tizimi o‘zgarib borayotgan sharoitlarda jahondagi harbiy-siyosiy vaziyat xalqaro va mintaqaviy xavfsizlikka xavf-xatar hamda tahdidlar ko‘lami kengayib borayotganligi — geosiyosiy qarama-qarshilikning kuchayishi, mojarolar va tang vaziyatlarni kuch ishlatib hal etishga bo‘lgan yondashuvning ustunlik qilishi, kuch ishlatish, shu jumladan ommaviy qirg‘in qurolini qo‘llash ehtimoli oshganligi, harbiylashtirish, xalqaro terrorizm va ekstremizm faollashganligi, axborot makoni va kibermakonda o‘zaro kurash kuchayganligi bilan tavsiflanadi.
Xalqaro huquqning umum e’tirof etilgan prinsiplari va normalarining erkin talqin etilishi hamda tanlab qo‘llanilishi hollari tobora kuchaymoqda.
Ushbu bandning birinchi va ikkinchi xatboshilarida ko‘rsatilgan xavotirli tendensiyalar mavjud tanglik o‘choqlarining global miqyosda keskinlashuviga hamda yangilari paydo bo‘lishiga olib kelmoqda. Buning oqibatida jahondagi holat tobora murakkablashmoqda, taxmin qilinishi qiyin bo‘lgan xususiyat kasb etmoqda.
O‘z navbatida Markaziy Osiyodagi vaziyatga terrorizm, ekstremizm, narkotrafik va transchegaraviy jinoyatchilikning saqlanib turgan xavf-xatarlari va tahdidlari salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda. Afg‘onistondagi noqonuniy qurolli tuzilmalar faoliyati mintaqa xavfsizligiga alohida xavf solmoqda.
7. Mazkur bo‘limning 6-bandida ko‘rsatilgan omillar harbiy kuchni qo‘llash zaruriyatini keltirib chiqarishi mumkin. Bunday sharoitda davlatning mudofaa salohiyati harbiy sohada milliy xavfsizlikka bo‘lgan tahdidlarni jilovlash, neytrallashtirish va tugatishning asosiy vositalaridan biri bo‘lib qoladi.
2. Harbiy sohada milliy xavfsizlikka bo‘lgan asosiy tahdidlar
8. Harbiy sohada milliy xavfsizlikka bo‘lgan asosiy tahdidlar quyidagilardan iborat:
harbiy harakatlarning O‘zbekiston Respublikasi hududiga ko‘chishi xavfi bo‘lgan harbiy mojarolar;
O‘zbekiston Respublikasining Davlat chegarasi yaqinida qo‘shinlar turkumlarini mintaqada kuchlar mutanosibligi buzilishiga olib keladigan tarzda hamda O‘zbekiston Respublikasiga qarshi harbiy tajovuzga tayyorgarlik ko‘rilayotganidan darak beradigan tarzda namoyishkorona ko‘paytirish;
O‘zbekiston Respublikasining suverenitetiga va hududiy yaxlitligiga tajovuz qilish;
bevosita O‘zbekiston Respublikasi hududiga yoxud qo‘shni davlatlarning chegara oldi tumanlariga tashlash uchun noqonuniy qurolli tuzilmalarni tashkil etish, o‘qitish va qurollantirish;
narkotrafik, qurol-yarog‘, o‘q-dori, zaharli va portlovchi moddalar, qo‘poruvchilik-terrorchilik faoliyatini amalga oshirish uchun foydalaniladigan boshqa vositalar kontrabandasi bilan bog‘liq transchegaraviy va xalqaro uyushgan jinoiy faoliyat;
axborot-kommunikatsiya makonida O‘zbekiston Respublikasining suverenitetiga, mustaqilligiga, hududiy yaxlitligiga qarshi qaratilgan hamda aholining tinch hayotiga tahdid soluvchi mafkuraviy va psixologik harakatlar.

Download 43.52 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling