Jamiyatimizdagi ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy-huquqiy va ma’naviy o‘zgarishlar ta’lim tizimi oldiga ham yangicha talab va vazifalar qo‘ydi


Yozma ishlar tahlilini o‘tkazishda tahrir usulidan foydalanish


Download 72.28 Kb.
bet11/12
Sana21.06.2023
Hajmi72.28 Kb.
#1645231
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi t

2.3.Yozma ishlar tahlilini o‘tkazishda tahrir usulidan foydalanish
Ma’lumki, ta’limiy yozma ishlarni o‘tkazishdan ko‘zlangan asosiy maqsad o‘quvchilarda muayyan grammatik tushuncha, orfogrammalarga oid bilimlarni mustahkamlab, ularning ko‘nikma va malakaga aylanishini ta’minlashdan iborat. Agar o‘qituvchi ta’limiy yozma ishlarni muntazam o‘tkazsa-yu, ularning natijasini muhokama qilib, o‘quvchilarga xatolarni ko‘rsatib, ularning imlosi yuzasidan tushuncha bermasa, ko‘zlangan maqsadga erishib bo‘lmaydi. Buning uchun, avvalo, yozma ishlarda uchraydigan xatolar va ularning tasnifini aniqlashtirib olish darkor.
O‘quvchi yoki talaba o‘zining yozma nutqidagi xatosini, ya’ni o‘qituvchi tomonidan tuzatilgan xatoning sabab va mohiyatini anglasagina, uni takrorlamaslikka intiladi.
Yozma ishlardagi xatolar tasnifi aksariyat adabiyotlarda quyidagicha ko`rsatilgan.
Xatolarni miqdor jihatidan aniqlash o'quvchilaming savodxonlik darajasini belgilash uchun qulay bo'lib, bilimni oshirishda amaliy ahamiyatga ega emas. O'quvchilar bilimini oshirish va mustahkamlash, malakasini kengaytirishda esa xatolarning sifatiga e`tabor berish muhim ilmiy-pedagogik va amaliy ahamiayt kasb etadi. Bunda xatolar quyidagicha guruhlanadi:
-qo`pol va qo`pol bo`lmagan xatolar;
-bir xil yoki har xil bo`lgan xatolar;
-takroriy yoki tasodifiy xatolar;
-o`tilgan mavzuga doir yoki tegishli bo`lmagan xatolar.
Qo'pol (jiddiy) va qo'pol bo'lmagan (juz'iy) xatolar quyidagi tamoyillar asosida belgilanadi:
Qo`pol (jiddiy) xatolar:
- dastur hajmi va talab darajasidagi ona tili hodisalarini yaxshi o'zlashtirmaslik, har bir sinf uchun mo'ljallangan va o'tilgan orfograflk. punktuatsion qoidalarni puxta bilmaslik. Ulardan yozma ishlarda to'g'ri foydalana olmaslik:
- sodir bo'lgan xato tufayli so'z ma'nosi va gap mazrnunining jiddiy o'zgarishi hamda farqlanishi (masalan. qattiq o'rnida qatiq. davo o'rnida da 'vo. sur 'at o'rnida surat yozish kabi holatlar);
- juft so'zlarni yozishda, satrdan satrga ko'chinshda defis qo'ymaslik, shuningdek. defis o'rnida tire ishlatish va aksincha;
- ko'ngil, tongi, o'zingiz kabi so'zlarda ng harfiy birikmani ajratib ko'chirish;
- muayyan gapga xos tinish belgilarini qo'llamaslik yoki noo'rin ishlatish (masalan. gap oxirida qo'yilishi shart bo'lgan nuqta, so'roq, undov, ko'p nuqta, nuqtali vergul kabilarni tushirib qoldirish;
- so'z shakllarini qorishtirish, almashtirib qo'llash, masalan, yasovchi qo'shimchalarm noto'g'ri ishlatish:
berosita - bavosita; beobro' - baobro'; sinfdosh - hamsinf; hamqishloq - qishloqdosh va shu kabilar.
Qo'pol bo`lmagan xatolar:
- dastur doirasidan tashqari va eslatmalarda berilgan qoidalarni bilmaslik, yozma ishlarda ularga amal qilmaslik;
- sheva xatolari (ona o'rnida oyi, aya, momo: chaqimchi o'rnida chaqimboz; kiyik o'rnida kiyikcha mol bozor o'rnida hayvon bozor kabi qo'llashlar);
-bir tinish belgisi o'mida ikkinchisini almashtirib qo'llash yoki qo'sh tinish belgilardan birortasini tushirib qoldirish (masalan. qavslar yoki qo'shtirnoqlardan bir elementini tushirib qoldirish kabi);
- ba'zi joy nomlari, shaxs otlari yoki personajlar ismini nuqsonli yozish (Hamrobibi - Hamrobuvi, Shchedrin - Shedrin);
- tinish belgilarining birgalikda ishlatilishidagi tartibning buzilishi yoki bittasining uishib qolishi: ?! shaklda emas. !? shaklda qo'llash; !... shaklda emas, ??? shaklda qo`llash kabi;
- sostavli atoqli atamalarni yozishda bosh harflarni nuqsonli ishlatish: Xalqlar do'stligi saroyi - Xalqlar Do'stligi Saroyi; Yangi Urganch - yangi Urganch kabi;
- yarim qavsdan so'ng nuqta ishlatish yoki undan keyinggi so'zni (turdosh otni) bosh harf bilan yozish;
- ba'zi so'zlarni ikki xil ishlatish: oliy himmat - olihimmat: hamma vaqt - hammavaqt; obi havo - ob-havo.
Bir xil va har xil tipdagi xatolar:
- muayyan grammatik hodisa va bir orfografik, punktuatsion, uslubiy qoida bilan bog'liq nuqsonlar bir xil tipdagi xatolar hisoblanadi. Bir xil tipdagi xatolarning hammasi bitta xato sanaladi va bu baholash uchun mezon bo'ladi. Masalan, o'quvchi besh o'rinda h o'rnida bir so'zda x yozgan bo'lsa, hammasi bitta orfografik xato hisoblanadi;
- agar o'quvchi kirish so'zlarning yozilishida oltita punktuatsion xatoga yo'l qo'ygan bo`lsa, hammasi bitta xato hisoblanadi:
- agar o'quvchi vergulning kirish so'zlarda, uyushiq bo'laklarda va bog'lovchisiz qo'shma gap qismlari orasida ishlatilish qoidalarini bilmasa, bulaming har bin alohida-alohida xato sanaladi:
- agar o'quvchi yozma ishda qaratqich belgisini uch o'rinda noto'g'ri qo'llagan bo'lsa, bitta uslub xatosi sanaladi.
Takroriy va tasodifiy xatolar:
- tushunmoq, qutulmoq, turg'unlik, sukunat kabi so'zlar barcha o'rinlarda to'g'ri yozilib, bir o'rinda tushinmoq tarzida ishlatilsa, tasodifiy xato sanaladi;
- agar qutulmoq so'zi besh o'rinda qutilmoq tarzida qo'llansa, takroriy xato hisoblanadi;
- 1441 o'rnida 1941 yozib qo'yilsa, tasodifiy xato hisoblanadi. Takroriy va tasodifiy xatolar yozma ishda tuzatiladi, lekin jiddiy xato hisoblanmaydi, ya'ni baholash mezoni va me'yoriga hal qiluvchi ta'sir ko'rsatmaydi.
Yozma ishlarni baholashda hisobga olinmaydigan xatolar: maktab grammatikasi doirasiga kirmagan orfografik, punktuatsion nuqsonlar;
- hali o'rganilmagan qoidalarga oid nuqsonlar;
- ilmiy-nazariy jihatdan maxsus tekshirilmagan va yozilishi joriy etilmagan nuqsonlar;
- individual (avtor) nutqqa xos punktuatsion holatlarning berilishidagi nuqsonlar.
Bayonga 2 ta baho qo'yiladi:
1 - mazmuniga, 2 – savodxonligiga.
Ko`rinib turibdiki, hozirga qadar yozma ishlarni tekshirishda til va adabiyot o‘qituvchilari uch xil xatoni, ya’ni orfografik (imloviy), punktuatsion(ishoraviy) hamda uslubiy (stilistik) xatolarni aniqlab, baho me’yorini shu xatolar miqdoriga qarab belgilar edilar. Bunday tasnif ko‘pincha mavhum bo‘lib, o‘quvchi yoki talabani to‘liq qoniqtira olmas, ularning noroziligiga sabab bo‘lar edi.
Darhaqiqat, tekshirib baholangan ayrim yozma ishlarni ko‘zdan kechirganda, ikki-uch joyda takrorlangan bir tipdagi xatolar o‘qituvchi tomonidan bitta emas, har biri alohida xato sifatida qayd etilganligi ma’lum bo‘ladi.
Shu bois ham yozma ishlardagi xatolar, qanday va qaysi imlo qoidalarining buzilishi natijasida yuzaga kelganligi, ularni qanday guruhlash, jamlash hamda milliy tilimizning ichki imkoniyatlarini hisobga olgan holda tasniflash kerak. Buning uchun, eng avvalo, yozma ishlardagi xatolarni aniqlash, baholashda ularning mohiyatini inobatga olib tipiklashtirish lozim. Bu esa xatolar miqdorini to‘g‘ri hisoblash imkonini beradi. Shuning uchun ham yozma ishlarni tekshirish va ularni baholashda imloviy, punktuatsion va uslubiy xatolar deb uch guruhga bo‘lib kelinayotgan an’anaviy usuldan bir oz chekinib, masalaning mohiyatiga yanada chuqurroq yondashgan holda quyidagicha tasnif etishi mumkin:
1) fonografik; 2) lug‘aviymorfologik; 3) punktuatsion; 4) uslubiy xatolar .
1. Fonografik xatolar. Bu turdagi xatolar tildagi fonetik va grafik qonun-qoidalarning buzilishi, ya’ni harf shaklining buzib yozilishi, noto‘g‘ri bo‘g‘in ko‘chirish oqibatidir. Ularning har biri alohida xato sanaladi.
2. Lug‘aviy-morfologik xatolar. Bular so‘z va grammatik shakllarning noto‘g‘ri yozilishi bilan yuzaga kelgan xatolar bo‘lib, ular to‘rt xil ko‘rinishga ega. Ya’ni: sodda so‘z o‘zak negizlarini, qo‘shma va juft so‘zlarni, so‘z shakllari (qo‘shimchalar)ni hamda yordamchi so‘zlarni yozishdagi imloviy xatolar.
Sodda so‘z o‘zak negizlarining yozilishidagi xatolar, asosan, mazkur so‘zning ma’nosini bilmaslik yoki e’tiborsizlik oqibatida vujudga keladi. Bu holatda mazkur so‘zda nechta orfogramma xato yozilgan bo‘lsa ham bitta xato hisoblanishi lozim. Qo‘shma va juft so‘zlar imlosida yozma ishning turli o‘rinlarida bir qoidaga bo‘ysunuvchi qo‘shib yoziladigan, shuningdek, ajratib yoki chiziqcha bilan yoziladigan so‘zlar xato yozilgan bo‘lsa, ular nechtaligidan qat’iy nazar, bitta xato sanalishi kerak. Masalan, ajratib yozish kerak bo‘lgan qo‘shma so‘z ishning uch joyida qo‘shib yozilgan bo‘lishiga qaramay, bitta xato sanaladi. So‘zlarga qo‘shilib keluvchi kategorial va nokategorial shakllarning yozilishidagi xato va yordamchi so‘zlarning yozilishi bilan bog‘liq xatolar alohida-alohida hisobga olinadi. Masalan, yuklamalarning ayrim turlari chiziqcha bilan, ayrimlari esa qo‘shib yoziladi. Shu qoidalar bilan bog‘liq ikki xil xato farqlanadi. Ammo chiziqcha bilan yoziladigan bir necha yuklama xato yozilgan bo‘lsa-da, bitta xato sanaladi. Chunki xat muallifi chiziqcha bilan yoziladigan yuklamalar qoidasini o‘zlashtirmagan hisoblanadi.
3. Punktuatsion xatolarni aniqlash va jamlash bir oz murakkabdir, chunki har bir tinish belgisi ma’lum bir grammatik yoki uslubiy qoidalar bilan bog‘liqdir. Masalan, vergul belgisi undov, kirish so‘zlari, undalmalar, uyushiq bo‘laklar hamda qo‘shma gap komponentlarini ajratishda ishlatiladi. Bunday o‘rinlarda uni noto‘g‘ri ishlatish yoki tushirib qoldirish alohida-alohida xato sanaladi. Ammo tinish belgilarini ishlatishda bir qoidaga bo‘ysunuvchi xatolar, masalan, darak gaplardan so‘ng nuqta qo‘yish qoidasiga o‘quvchi bir necha o‘rinda rioya qilmagan bo‘lsa ham, bitta xato hisoblanadi. Chunki u, yuqorida qayd qilinganidek, bitta qoidani amalda o‘zlashtirmagan hisoblanadi.
4. Yozma ishlardagi uslubiy xatolar mantiqiy va leksik-grammatik qoidalarni bilmaslik oqibatida paydo bo‘ladi. Bunday xatolar quyidagi holatlarda yuzaga keladi:
1) lug‘aviy-uslubiy xatolar, ya’ni so‘z ma’nosini tushunmaslik, paronimlarni farqlamaslik, sinonimlardan foydalana olmaslik;
2) morfologik-uslubiy xatolar - morfologik vositalardan noto‘g‘ri foydalanish;
3) sintaktik-uslubiy xatolar1 , ya’ni so‘z birik-malarining bog‘lanishi, uyushiq bo‘laklar, so‘z tartibi va qo‘shma ran bo‘laklarini noo‘rin ishlatish. Ya’ni yozma ishlardagi uslubiy xatolar uch guruhga bo‘linib, uch xil uslubiy xato chiqariladi. Demak, yozma matnlardagi barcha xatolarni to‘rt guruhga: fonografik, lug‘aviy-morfologik, punktuatsion va uslubiy xatolarga ajratib, ularning mohiyatini to‘liq anglab tasniflash umumiy xatolar sonini ancha kamaytiradi, O‘quvchi yoki talaba bilimi, savodxonligini obektiv baholashni kafolatlaydi. Mazkur xatolarni aniqlash bilangina savodxonlikka erishib bo‘lmaydi. Tajribali ilg‘or o‘qituvchilarning faoliyati shuni ko‘rsatdiki, o‘quvchilarda matn yaratish ko‘nikmalarini shakllantirish muammosi va savodxonlikni oshirish, o‘quvchilarning imloviy xatolarini bartaraf etishning eng ishonchli, sermahsul usullaridan biri matn ustida ishlash, matnni tahrir va tahlil qilishdir.
Quyida matn yaratish ko‘nikmalarinini shakllantirishda muhim ahamiyatga ega bo‘lgan xatolar ustida ishlashning mantiqiy uslubiy tahriri haqida metodik tavsiyalar beriladi.
Ma’lumki, metodik adabiyotlarda xatolarni bartaraf qilishning turli yo‘l va usullari ko‘rsatib o‘tilgan. O‘qituvchi (muharrir) shunday usulni tanlashi lozimki, u o‘quvchiga (muallifga) yo‘l qo‘yilgan xatoni aniq ko‘rsatib tursin. Bu borada xatolarni belgilashdagi qo‘llaniladigan belgilar sistemasi o‘quvchi va o‘qituvchi uchun birday tushunarliligi bilan diqqatga sazovor. Umumiy o'rta ta'lim maktablarida yozma ishni tekshirishda xatolar tagiga chizish hamda daftar hoshiyasiga belgilar chiqarish yo'li bilan ko'rsatiladi va hisobga olinadi.
Xatolarni tubandagicha belgilar vositasida ko'rsatish mumkin:
- imlo xatosi ostiga ikki chiziq (=)
- tinish belgilardagi xato ostiga bir chiziq (-)
- uslubiy xato ostiga to'lqinli chiziq (~) chiziladi
Daftar hoshiyasiga esa quyidagi shartli belgilar qo'yiladi:
- z (shtrix) - imlo xatosini bildiradi;
- V (ve) - tinish belgisidagi xatoni bildiradi;
-W (dubl ve) — uslubiy xatoni bildiradi;
-Z (zet) - abzasni, ba'zan matndagi behuda bo'sh qoldirilgan yoki noo'rin band qilingan satrlarni bildiradi;
- yozma ishni tekshirishda chiroyli jumla, juda o'rnida keltirilgan dalil ro'parasidagi daftar hoshiyasiga qavs ichida undov belgisi (!) qo'yish bilan tahsin yoki maqtovni; tushunarsiz, noto'g'ri jumlalar, noo'rin dalillar ro'parasidagi daftar hoshiyasiga qavs ichida so'roq belgisi (?) qo'yish bilan e'tiroz yoki tushunarsizlikni bildirish mumkin.
Ish tekshirib bo'linganidan keyin xatolar tasniflanib, ularning soni, masalan, imloviy - 2 ta, ishoraviy - 3 la, uslubiy - 1 la kabi ko'rsatilishi mumkin.
Bu sistema oddiy va tushunarliligi bilan o‘qituvchi uchun nihoyatda qulay, lekin maktab o‘quvchisi belgilar ostidagi fikrni aniq tushuna olmaydi va xatolarni tuzatshp jarayonida yangi-yangi xatolarga yo‘l qo‘yishi mumkin. Demak, o‘qituvchi matnlarni tekshirishda qo‘shimcha belgi-ogohlantirishlardan foydalanishi ma’qul va shunday yondashuv o‘quvchining kommunikativ savodxonligini oshirish, nutqiy mahoratini shakllantirishda samarali, ijobiy natijalarga olib keladi. Bunday belgilarni muntazam qo‘llash, o‘qituvchi va o‘quvchi muloqotining yengillashuviga sabab bo‘ladi. Quyida tavsiya qilinayotgan ramziy-uslubiy belgilar ana shunday maqsadlar uchun ishlatilishi mumkin;
D—daliliy xato yoki noaniqlik.
[ ]—ortiqcha qism (ortiqcha so‘z yoki ifoda).
S—so‘z qoldirilgan.
3—abzas ajratilmagan.
X— abzas noto‘g‘ri ajratilgan.
N- nutqiy nuqson, fikr ifodalashda izchillik buzilgan.
M- mazmuniy xato, ya’ni fikr ifodasida mavhumlik mavjud, matn daliliy materiallar bilan to‘yintirilmagan, matnda ishlatilgan ibora, tasviriy vosita, maqol, hikmatli so‘z, epigraf, kiritmalar kontekst bilan o‘zaro bog‘liq emas, mantiq va uslubga, shakl va mazmun uyg‘unligiga ahamiyat berilmagan va hokazo
Nutqiy nuqsonlar - talaffuzdagi kamchilik, o‘quvchi so‘z va tushunchalarni, iboralarni nutqiy vaziyatga ko‘ra tanlay bilmasligi.
Grammatik xatolar tahlili o‘qituvchiga o‘quvchining grammatik qonuniyatlarni bilmasligi, adabiy til me’yorlari bilan tanish emasligini ko‘rsatadi. Shunday xatolarni bartaraf etish usullarini o‘rgatadi.
Orfografik va punktuatsion xatolar tahlili — o‘quvchi ongida so‘zlarni to‘g‘ri yozish, fikrni yozma holatda o‘rinli ifodalash ko‘nikmalarining rivojlanganlik darajasini ko‘rsatadi. Shunday xatolardan saqlanish yo‘llarini o‘rgatadi.
Matn yaratishda, ayniqsa, badiiy matnda, nutqiy bo‘yoqdorlik, ta’sirchanlikni yuzaga keltiradigan asosiy shartlardan biri so‘zni tanib va tanlab ishlatish - so‘zni tejamli va o‘rinli qo‘llay bilishdir.
O‘quvchi tomonidan yaratilgan ta’limiy yozma ish ustida ishlashda, cho‘zib yuborilgan, g‘aliz jumlalarni qisqartirish, keraksiz tafsilotlarni matndan chiqarish, so‘z birikmalarining gap mazmuniga mos keladigan ixcham va mazmundorini tanlay bilish katta ahamiyatga ega.
Respublikamiz yozuvchilari orasida so‘zdan tejamli foydalanishda eng mohir shaxs hikoyanavis Abdulla Qahhor hisoblanadi. U o‘z tarjima asarlarining biriga yozgan so‘ng so‘zida shunday deydi: "Qat-qat jumlalarni siqishtirdim, takrorlarni qisqartirdim va o‘quvchini shubhaga soladigan joylarni olib tashladim". Nutqiy ifodalarni ixchamlashtirish yuzasidan matnga kiritiladigan tuzatishlarni ikkiga bo‘lib o‘rganish mumkin:
1. Tasvir doirasidagi tafsilotlarni kamaytirish hisobiga matnni ixcham-lashtirish;
2. Tafsilotlarni saqlagan holda matnni ixchamlashtirish. Tafsilotlarni kamaytirish hisobiga matnni ixchamlash—ikkinchi darajali, qisqartirish hisoblanib, matining umumiy mazmuniga ortiqcha ta’sir qilmaydigan narsa-hodisalar talqinining matndan chiqarib tashlanishidir. Bunday qisqartishlar o‘quvchining matn mazmunini ochib berishga xizmat qiladigan eng muhim tafsilotlarni ajratish va tanlay olish qobiliyatini rivojlantiradi, shakllantiradi:
- Qanaqa masala ekan? Mening hech xabarim yo‘h. (A.Q."Qo‘shchinor chiroqlari», 109- bet"). Romanning keyingi nashri:
- Qanaqa masala ekan? ("Qo‘shchinor chiroqlari", 138-bet)
Xulosa shuki, umumiy o‘rta ta’lim maktablari o‘quvchilarini matn yaratishga o‘rgatishda ijodkor va talabchan o‘qituvchi til mashg‘ulotlarida o‘z o‘quvchisidan matn yaratilgandan so‘ng uni qayta -qayta tahrir qilish, har bir so‘z, so‘z birikmalari, har bir jumla ustida astoydil bosh qotirish, matndagi ortiqchaliklar va noo‘rin tafsilotlarni, takroriy tasniflarni ixchamlashtirishni talab qilishi lozim. Bunday yondashuv o‘quvchilarda matn yaratish va uni uslubiy tahrir qilish ko‘nikmalarini hosil qiladi va mustahkamlaydi. Har qanday holatda ham xatolar ustida ishlash, matnni tahrir qilish - mazmunning tugal ochib berilishi, asosiy qism va xulosaning to‘g‘ri shakllantirilishiga ijobiy ta’sir o‘tkazadi. Uslubiy nuqsonlar ustida ishlash— inson ongida so‘z, so‘z birikma, gap va matn ma’nodoshligi (sinonimiyasi) hodisalarining azaliy mavjudligi, ularni o‘zaro qiyoslash va tanlash imkoniyatlarining hozirgi o‘zbek adabiy tilida ko‘p va rang - barang ekanligidan ogoh qiladi.
Yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan asosiy tahririy belgilar matn ustida ishlash, uni to‘g‘irlash va oqqa ko‘chirish, tayyorlash ishlarini ancha yengillashtiradi, yo‘l qo‘yilgan xatoni tushunish va tuzatishni, matnni o‘qishni osonlashtiradi, ishni qayta oqqa ko‘chirishda yuzaga keladigan xato va kamchiliklarning oldi olinadi. Ona tili mashg‘ulotlarida tahrir amaliyoti bilan oz-ozdan tanishib borish, o‘quvchida fikrni yozma ifodalash mas’uliyatini oshiradi, o‘quvchining matn ustida ijodiy ishlashi va to‘g‘ri, ravon, savodli, uslubiy mukammal matn yaratish ko‘nikmasini shakllantirshida yaxshi natijalarga olib keladi.
Quyida matn tahriri va uning asosiy turlari haqida qisqacha ma’lumot beriladi:
1. Matn tarkibi bo‘yicha tahrir.
2. Imloviy tahrir.
3. Tinish belgilari tahriri.
4. Uslubiy tahrir.
5. Matnni kengaytirish.
6. Matnni ixchamlash (qisqartirish).
7. Sana: yil va oylar, raqamlar tahriri.
8. Sarlavha taxriri.
9. Epigraflar tahriri.
10. Badiiy tahlil.
11. Fakt va dalillar tahriri.
12. Mantiqiy tahlil.
13. Qo‘lyozmani oqqa ko‘chirish.
Matn ustida ishlashdan ko‘zlanadigan asosiy maqsad o‘quvchiga mukammal matn haqida atroflicha tushuncha berish, undagi ijodiy tafakkur mexanizmini harakatga keltirish, aniq yo‘nalishda, izchil, mantiqli mushohada yuritishga, fikr mahsulini yozma ravishda to‘g‘ri ravon ifodalashga tayyorlashdan iborat.
Mazkur faoliyat o‘quvchilarni matn turlarini farqlash, matndagi gaplar, ulardagi so‘z tartibi, to‘g‘ri va o‘rinli qo‘llanilganligi, imloviy va uslubiy nuqsonlarni jadal aniqlash va bartaraf qilishga odatlantiradi, gap tuzishda matn mazmunini ochib beradigan badiiy bo‘yoqdor so‘zlarni tanlash, fikrni aniq, izchil va ravon ifodalash, matndan to‘g‘ri xulosa chiqarish ko‘nikmalarining shakllanishi va mustahkamlanishini ta’minlaydi. Demak, matn ustida ishlash, matnni tahrir qilish mashg‘ulotlari, o‘quvchilarda matn yaratish ko‘nikmalarini shakllantirish, ularni mustaqil matn(ilmiy, badiiy, ma’rifiy, muhokama, rasmiy, ta’limiy matnlar) yaratish faoliyatiga tayyorlashning asosi. U o‘quvchi shaxsining kommunikativ savodxonlik darajasi, og‘zaki va yozma fikr ifodalash mahorati rivojini kafolatlaydi.
Xulosa
Hukumatimiz tomonidan qabul qilingan “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”ning qabul qilinishi ta’lim tizimining tub burilishiga olib keldi. Unga ko‘rsatilgan vazifalar amaliyotini ta’minlovchi Qaror va Farmonlar chiqarildi.
Umumta’lim maktablarida fanlarni o‘qitishning eskicha usullari zamon talabiga to‘la javob berolmay qoldi. O‘qituvchilarning o‘qitish tizimidagi o‘rnini belgilash hozirgi kunning muhim masalasidir. Hozirgi zamon maktab o‘qituvchisi mumkin qadar mustaqil, erkin faoliyat ko‘rsatish yo‘lidan bormog‘i lozim. Buning uchun unda chuqur bilim, tajriba, iqtidor va shu bilan birga, bolalarga bilimni yetkaza olish mahorati bo‘lishi zarur.
Bugungi kunda mutaxassis kadrlarni tayyorlash, ta’lim va bilim berish tizimi hayotimizda, jamiyatimizda bo‘layotgan islohot, yangilanish jarayonlari talablari bilan yaqindan bog‘lanmaganligi har tomonlama sezilmoqda. Til ta’limi misolida fikr yuritadigan bo‘lsak, maktab o‘quvchisi dars davomida turli hajm va murakkablikdagi ko‘plab topshiriqlarni bajarsa-da, og‘zaki va ayniqsa, yozma savodxonligi ijobiy tomonga o‘zgarmayapti. O‘quvchilarning ko‘pchilik qismida ijodiylik, mustaqil fikrlash, ijodiy fikr mahsulini nutq sharoitiga mos ravishda og‘zaki, yozma shakllarda to‘g‘ri, ravon ifodalash ko‘nikmalari hamon past saviyada qolib kelmoqda. Bu holning asosiy sabablarini faqat o‘qituvchiga to‘nkash yoki maktablarning moddiy-texnikaviy qashshoqligidan izlash adolatsizlik bo‘lardi. Mavjud holat ko‘p jihatdan til ta’limining maqsadi, mazmuni va usuliga aloqador bo‘lib, uni yangilash hayotiy zaruriyatga aylanib qoldi. Bu o‘rinda tarbiyachilarning o‘ziga zamonaviy bilim berish, ularning ma’lumotini, malakasini oshirish kabi paysalga solib bo‘lmaydigan dolzarb masalaga duch kelmoqdamiz. Shu ma’noda, umumiy o‘rta ta’lim maktablarida ona tili va o‘rta maxsus ta’limida hozirgi o‘zbek adabiy tili fanlarining ayni paytda juda dolzarb bo‘lib turgan o‘quvchilarda ta’limiy yozma ishlar asosida matn yaratish ko‘nikmalarni shakllantirish asosida yozma savodxonligini oshirish masalasi - rivojlantiruvchi ilg‘or pedagogik texnologiyalar asosida qilinishga muhtoj. Ayniqsa, umumiy o‘rta ta’lim maktablari o‘quvchilarini matn yaratishga o‘rgatishda ijodkor va talabchan o‘qituvchi til mashg‘ulotlarida o‘z o‘quvchisidan matn yaratilgandan so‘ng uni qayta -qayta tahrir qilish, har bir so‘z, so‘z birikmalari, har bir jumla ustida astoydil bosh qotirish, matndagi ortiqchaliklar va noo‘rin tafsilotlarni, takroriy tasniflarni ixchamlashtirishni talab qilishi lozim. Bunday yondashuv o‘quvchilarda matn yaratish va uni uslubiy tahrir qilish ko‘nikmalarini hosil qiladi va mustahkamlaydi. Har qanday holatda ham xatolar ustida ishlash, matnni tahrir qilish - mazmunning tugal ochib berilishi, tugun, asosiy qism va xulosaning to‘g‘ri shakllantirilshiga ijobiy ta’sir o‘tkazadi. Uslubiy nuqsonlar ustida ishlash—inson ongida so‘z, so‘z birikma, gap va matn ma’nodoshligi (sinonimiyasi) hodisalarining azaliy mavjudligi, ularni o‘zaro qiyoslash va tanlash imkoniyatlarini hozirgi o‘zbek adabiy tilida ham ko‘p va rang - barang ekanligidan ogoh qiladi.
Xulosa sifatida aytganda, ta’limiy yozma ishlardan ko‘zlanadigan asosiy maqsad o‘quvchining ona tili ta’limi jarayonida egallagan bilim, ko‘nikma va malakalarining amaliy tatbiqini ta’minlash, individual tafakkur mexanizmini harakatga keltirish, o‘quvchini mavzu yo‘nalishida, izchil, mantiqiy, faol mushohada yuritishga, fikr mahsulini yozma ravishda to‘g‘ri, ravon ifodalashga tayyorlashdir. O‘quvchilarda mustaqil va ijodiy fikrlash, fikrni yozma ifodalashni faollashtirishning eng ishonchli vositasi muammoli-ijodiy (lingvopsixologik) o‘quv topshiriqlari ekanligi, ularni ta’limiy yozma ishlar zaminida tashkil etish faollik, mustaqillik, tashabbuskorlik, izlanuvchanlik kabi o‘quvchi shaxsining muhim sifatlarini jamlovchi va bir yo‘la harakatga keltiruvchi psixolingvistik xususiyatlarga ega bo‘lganligi uchun, o‘quvchi ongida mustaqil va savodli matn yaratish ko‘nikmalarini shakllantiradi. Shuningdek, mazkur faoliyat o‘quvchilarni matn turlarini farqlash, matndagi gaplarni taxlil va sintez qilish, imloviy va uslubiy nuqsonlarni aniqlash va bartaraf qilish, matn qurilishi, mazmunidan to‘g‘ri xulosa chiqarish mashg‘ulotlari bilan o‘zaro uyg‘unlikda olib borilishi — o‘quvchilarni mustaqil va ijodiy matn yaratishga tayyorlashning ishonchli kafolatidir.


Download 72.28 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling