Jamiyatimizdagi ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy-huquqiy va ma’naviy o‘zgarishlar ta’lim tizimi oldiga ham yangicha talab va vazifalar qo‘ydi


Download 72.28 Kb.
bet1/12
Sana21.06.2023
Hajmi72.28 Kb.
#1645231
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi t


O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI


TOSHKENT VILOYATI CHIRCHIQ DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTI


O‘ZBEK TILSHUNOSLIGI KAFEDRASI

Gumanitar fanlar fakulteti O‘TA-18/1-guruhi talabasi


Yaxshiboyeva Ra’noning

“Yozma ishlar turlari va tamoyillari” mavzusidagi


KURS ISHI
Ilmiy rahbar: O‘.R.Saidov

CHIRCHIQ - 2021


MUNDARIJA

Ishning umumiy tavsifi………………………………………


Kirish. . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . .




I bob. Ta’limda yozma ishlarning nazariy-metodik ahamiyati
1.1.Til ta’limida yozma ishlarning tutgan o‘rni. . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . .
1.2.Ta’limiy yozma ishlar va ularning turlari. . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . .


II bob. Ona tili darslarida ta’limiy yozma ishlarni o‘tkazish metodikasi
2.1. Ta’limiy yozma ishlarni tashkillashtirish yo‘riqlari. . . . . . . . . . . . . . . . .
2.2. Integratsiya asosida o‘quvchilar yozma savodxonligini o‘stirish imkoniyatlari.. . . . . . . . . .
2.3.Yozma ishlar tahlilini o‘tkazishda tahrir usulidan foydalanish………


Xulosa . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . .


Foydalanilgan adabiyotlar. . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . .

Ishning umumiy tavsifi


Mavzuning dolzarbligi. Jamiyatimizdagi ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy-huquqiy va ma’naviy o‘zgarishlar ta’lim tizimi oldiga ham yangicha talab va vazifalar qo‘ydi. «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi»dagi yosh avlodni har tomonlama yetuk va barkamol qilib tarbiyalash vazifasi, ayniqsa, ona tili va adabiyot o‘qituvchilari zimmasiga katta mas’uliyat yuklaydi. «Umumiy o‘rta ta’limning davlat standarti»da “maktabni bitirib chiqqan yoshlar ijtimoiy, iqtisodiy va huquqiy hayotning rang-barang jabhalarida muloqot madaniyatining barcha turlarida o‘zbek tilidan bemalol, unumli va to‘g‘ri foydalana olish, uning cheksiz imkoniyatlaridan to‘laqonli bahramand bo‘lish salohiyatiga ega bo‘lishlari kerak»[ 2] ligi alohida ta’kidlangan.
Shu nuqtayi nazardan qaraydigan bo‘lsak, yoshlarda yuksak did va muloqot madaniyatini shakllantirish uchun, eng avvalo, ularning og‘zaki va yozma savodxonlik darajasini oshirish lozim. O‘quvchilar amalda xatosiz yoza olsalar, ifodali o‘qiy bilsalar va adabiy tilda so‘zlay olsalargina, ularning ona tilidan olgan bilimlari haqiqiy va mustahkam hisoblanadi. Shu ma’noda, o‘quvchilarning yozma savodxonligini oshirish bugungi kunda dolzarblik kasb etmoqda.
Ma’lumki, til ta’limida yozma ishlarning o‘rni, ahamiyati va turlari haqida metodik adabiyotlarda ma’lumotlar mavjud. Ona tili o‘qitish metodikasiga oid darslik va o‘quv qo‘llanmalarda yozma ishlarni tashkil etish bo‘yicha uslubiy tavsiyalar berilgan[3] . Ayniqsa, bu borada B.Turdievning “Yozma nutqni o‘stirish yuzasidan praktikum” [4] o‘quv qo‘llanmasida atroflicha fikrlar bildirilgan. Biroq yozma ishlarning ta’limiy xarakterdagi turlarining savodxonlikni o‘stirishdagi ahamiyatiga doir alohida tadqiqot olib borilmagan. Bu esa mazkur kurs ishi mavzusining dolzarbligini belgilaydi.
Tadqiqotning maqsad hamda vazifalari. Ona tili ta’limida ta’limiy yozma ishlarning yozma savodxonlikni shakllantirish va o‘stirishdagi ahamiyatini ko‘rsatish, ta’limiy yozma ishlarni tashkillashtirish va samaradorligini oshirish usullarini ishlab chiqish kurs ishining asosiy maqsadini tashkil etadi. Ushbu maqsaddan kelib chiqqan holda quyidagi vazifalar belgilandi:
-mavzuga aloqador adabiyotlarni qiyosiy o‘rganish orqali ta’limiy yozma ishlar tushunchasi va ularning tasnifiga oydinlik kiritish;
-ta’limiy yozma ishlarga qo‘yiladigan talablar majmuini aniqlashtirish;
-o‘quvchilar yozma savodxonligini o‘stirishda ta’limiy yozma ishlardan maqsadli foydalanish imkoniyatlarini aniqlashtirish;
- bugungi kun pedagogikasi talablari asosida ta’limiy yozma ishlardan samarali foydalanish bo‘yicha uslubiy tavsiyalar ishlab chiqish.
Kurs ishining ilmiy va amaliy ahamiyati. Mazkur kichik tadqiqotdan ta’limiy yozma ishlarga oid nazariy-metodik ma’lumotlarni olishda, ta’limiy yozma ishlarni til ta’limiga maqsadli joriy etishda, shuningdek, ona tili darslarini bugungi kun talablari darajasida tashkillashtirishda amaliy foydalanish mumkin.


KIRISH
Mamlakatimizda «Ta’lim to‘g‘risida»gi Qonun hamda «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi»ning qabul qilinganligiga ham 13 yildan ortiqroq vaqt o‘tdi. Bu orada mamlakatimizda ta’lim va tarbiya tizimini isloh etish, ularni bir-biridan ajratmagan holda bir mutanosiblikda olib borish, yosh avlodning nafaqat intellektual rivojlanishini, balki jamiyat uchun har tomonlama foydali, yuksak axloqli va raqobatbardosh kadr etib tarbiyalashga oid juda ko‘p dasturlar, metodik ishlanmalar kishi diqqatini o‘zining yangiligi, ijobiy va muhimligi bilan band etib, ta’lim islohotining mazmun- mohiyati takomillashib bormoqda. Ayniqsa, 2004-2009- yillarda “Maktab ta’limini rivojlantirish Davlat umummilliy dasturi” doirasida xalq ta’limi tizimida tub o‘zgarishlar amalga oshirildi: barcha umumta’lim maktablari kapital ta’mirdan chiqarildi, sinf xonalari zamonaviy o‘quv jihozlari va yangi texnik vositalar bilan jihozlandi.
Hozirgi kunda maktablar zamon talablari darajasida modernizatsiya qilinishi bilan bir qatorda ta’limning mazmun-mohiyati ham o‘zgarmoqda: DTS va o‘quv dasturlarini takomillashtirish, darsliklarning yangi avlodini yaratish ishlari amalga oshirilmoqda. Ma’lumki, shu kungacha asosiy e’tibor ko‘proq bilim berishga qaratilgan bo‘lsa, bugungi kunda maqsad o‘sib kelayotgan avlod vakillarining chuqur nazariy bilimga ega bo‘lishi bilan bir qatorda ularda amaliy ko‘nikma va malakalarni shakllantirishdan iborat. Yangi ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlar Vazirlar Mahkamasining «O‘zbekiston Respublikasida umumiy o‘rta ta’limni tashkil etish to‘g‘risidagi» 203-qarorida (1998 yil, 13 may) umumiy o‘rta ta’lim maktablarida o‘zbek tilini o‘qitish borasidagi batamom yangi vazifalarni qo‘yadi: maktabni bitirib chiqqan yoshlar ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy hayotning rang-barang jabhalarida, muloqot va munosabatning barcha turlarida o‘zbek tilidan og‘zaki va yozma shaklda bemalol erkin, samarali va to‘g‘ri foydalana olish, uning imkoniyatlaridan to‘laqonli bahramand bo‘lish, zaruriy ko‘nikma va imkoniyatlariga ega bo‘lishlari kerak.
Ona tili darslarida o‘quvchilarni mustaqil va ijodiy fikrlashga yo‘naltirish, ular ongida ma’naviy-ma’rifiy inqilob hosil qilishga erishish lozim. Shuning uchun ushbu dastur va u asosida yaratilgan darsliklarda grammatik qoidalarni yodlatishdan voz kechish, ijodiy tafakkur tarzini shakllantirishga qaratish maqsad qilib olingan.
Ona tili ta’limi oldida quyidagi bosh maqsad turadi: ona tili mashg‘ulotlari bolalarda ijodiylik, mustaqil fikrlash, ijodiy fikr mahsulini nuqt sharoitiga mos ravishda og‘zaki, yozma shakllarda to‘g‘ri, ravon ifodalash ko‘nikmalarini shakllantirish va rivojlantirishga qaratilishi lozim.
Maktab ta’limining har bir sinfi uchun tuzilgan ta’lim standartlarida shakllantirilishi lozim bo‘lgan ko‘nikma va malakalar aniq ko‘rsatib berilgan. Ular asosida o‘quv rejasi va dasturlar tuzilgan.
Ma’lumki, bilim fan qonuniyatlarini o‘zlashtirish, ko‘nikma o‘rganilgan bilimlarni turli vaziyatlarda qo‘llay olish, malaka esa o‘rganilgan bilim va shakllangan ko‘nikmalarni hayotga tatbiq etish mahoratidir. Masalan, tilning biror qonuniyatini o‘rgatish bilan chegaralanib, faqat bilim berilsa, bu bilimni o‘quvchi mustaqil ravishda o‘z nutqida qo‘llay olmasligi mumkin. Qo‘llay olishi uchun olingan bilim orqali o‘zlashtirilgan til qonuniyatlari asosida fikr ifodalashi, ya’ni nutqiy ko‘nikma va malakaga ega bo‘lishi kerak. Shu maqsadda olgan bilimlarni qo‘llagan holda nutqiy mashqlar o‘tkazilishi lozim. O‘zlashtirilgan bilimlar asosida o‘qituvchining nazorati ostida o‘quvchi muayyan mashqlarni bajaradi va natijada, ko‘nikma hosil bo‘ladi. O‘zlashtirilgan bilim va shakllangan ko‘nikma asosida o‘quvchi o‘qituvchining nazorati va ko‘rsatmasisiz mustaqil holda mashqlar bajarishi natijasida muayyan ko‘nikma avtomatik ravishda malakaga aylanadi. O‘quvchini baholashda, asosan, shakllangan ko‘nikma va malaka hisobga olinishi lozim. Buning uchun o‘quvchilar muayyan mashqlarni bajarishlari kerakligini hisobga olsak, maxsus mashqlar tizimini ishlab chiqish zarur bo‘ladi. Bunda o‘quvchilarning ham og‘zaki, ham yozma nutqiy malakalarini nazarda tutish kerak. Zero, insonlardagi barcha yaxshi fazilatlar-tilning mahsuli. Ona tilini sevish, uni puxta o‘rganish, hosil qilingan malakalarni adabiy talaffuz va imlo qoidalariga muvofiq holda amalda to‘g‘ri qo‘llay bilish madaniylik belgisidir. Madaniy nutq esa orfoepiya, orfografiya hamda uslub talablariga muvofiq so‘zlash va yozishdir. Ona tilimiz-avlodlarni avlodlarga, asrlarni asrlarga ulovchi vosita. Ona tilini mukammal o‘rganish jarayonida o‘quvchilar uning serviqor qudratini bilib oladilar. Ta`kidlanganidek, ona tili o‘qitishdan asosiy maqsad o‘quvchilarda ona tilida fikrini to‘g‘ri, aniq, ravshan va go‘zal ifodalay olish ko‘nikmalarini shakllantirish va rivojlantirishdan iboratdir. So‘zlarni to‘g‘ri tanlash, nutqni tinglovchiga qulay tarzda tuza olish insoniy madaniyatning eng asosiy tarkibiy qismidir. Shuning uchun har bir so‘z, birikma va gapni barcha qirralari bilan to‘g‘ri, o‘rinli ishlata olishni o‘rgatish, o‘z nutqiga nisbatan ehtiyotkorlik , mas`uliyat tuyg‘usini shakllantirish ona tili mashg‘ulotlarining asosiy vazifasi sanaladi.
Har bir sohaning tadbirkorlari bo‘ladi. Shuningdek, nutq tadbirkorligini singdirish ona tili mashg‘ulotlarining bosh vazifasidir. Nutq - fikr bayon qilish vositasi bo‘lib, og‘zaki va yozma shaklda ifodalanadi. Nutq madaniyati to‘g‘ri so‘zlash va yozish, fikrni qisqa va aniq, sodda va obrazli, uslub jihatdan ravon ifodalash demakdir. Nutq madaniyatiga ega bo‘lish uchun, dastlab, til qoidalarini puxta bilish lozim. Tilning lug‘at tarkibi va grammatik qurilishi haqida yetarli bilimga ega bo‘lmay turib, yozma nutqni oshirish mumkin emas.
Yozma nutqni grammatik jihatdan to‘g‘ri qurish va so‘zlarni o‘rinli qo‘llash uchun nazariy bilim bilan birga uzluksiz mashq olib borish muhim o‘rin tutadi. Chunki uzluksiz mashq qilib borish natijasidagina yozma nutq sohasida muqim ko‘nikma va malakalarga ega bo‘lish mumkin. Grammatik qoidalarning yetarli o‘zlashtirilmasligi, yozma nutqda ifodalash malakasining yetishmasligi yozma ishlarda xatolarga yo‘l qo‘yilishining asosiy sababidir. Shuning uchun nutqni o‘stirish bevosita tilning grammatik qurilishini va lug‘at tarkibini mukammal o‘zlashtirish bilan bog‘liq. Badiiy asarlarni muntazam o‘qib borish, ulardan zarur 8 joylarini ko‘chirib olish, parchalar yodlash, matn yuzasidan turli yozma ishlar olib borish yozma nutqni o‘stirishga yordam beradi.

Download 72.28 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling