Jamiyatimizdagi ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy-huquqiy va ma’naviy o‘zgarishlar ta’lim tizimi oldiga ham yangicha talab va vazifalar qo‘ydi


Download 72.28 Kb.
bet7/12
Sana21.06.2023
Hajmi72.28 Kb.
#1645231
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi t

TA’LIMIY INSHOLAR
Insho-ijodiy matnning oliy ko‘rinishi. «Insho» arabcha so‘z bo‘lib, uning o‘zbek tilidagi ma’nosi «yaratish», «bino qilish», «qurish», «boshlash» demakdir, tilimizda bu so‘z ma’no jihatidan ancha toraygan va asosan, o‘quv yurtlarida o‘quvchi va talabalar tomonidan yoziladigan ijodiy yozma ishning eng oliy ko‘rinishi ma’nosida qo‘llaniladi. Insho o‘quvchining o‘zligi demakdir. Uning tafakkuri, dunyoqarashi, narsa, voqea-hodisalarga munosabati, tarbiyalanganlik darajasi, mustaqil turmushga tayyorligini belgilovchi bosh me’yor ham inshodir. Boshqacha aytganda, insho bolaning qiyofasini aks ettiruvchi, uning o‘ziga xos uslubini belgilovchi bir ko‘zgudir.
Insho o‘quvchining ona tilidan egallagan bilimlarini o‘zida mujassamlashtiradi. Til hodisalari insho orqali o‘quvchining ijodiy – amaliy faoliyatiga ko‘chadi. Insho yozma nutqni rivojlantirishning eng asosiy vositalaridan hisoblanadi.
Insho bayondan farq qiladi. Bayonda o‘zgalarning fikri, ya’ni tayyor material o‘zlashtirilib, izchil ravishda qayta bayon etilsa, inshoda tanlangan mavzu yuzasidan yig‘ilgan material asosida shaxsiy fikr-mulohazalar bildiriladi.
Inshoning mazmunini lo‘ndagina ochib beruvchi fikr peshlavha(epigraf) deb aytiladi. Peshlavha odatda rejadan keyin, insho matni boshida, betning o‘ng tomonidagi chekkasida yoziladi. Peshlavhada,albatta, fikr muallifi qavs ichiga olib ko‘rsatilishi kerak. Bitta inshoga bir yoki ikkita peshlavha qo‘yish mumkin. Birinchi yo‘nalish deyarli barcha ona tili mashg‘ulotlarida amalga oshiriladi. O‘quvchi o‘rganilayotgan til hodisasini amalga tatbiq etgan holda ijodiy matnlar yaratar ekan, mavzuni yoritish uchun zarur materialni tanlash, yozish, ishning rejasini tuzish, «xat boshi» tushunchasi, yozma ish matni ustida qayta ishlash, insho turlari (ilmiy insho, badiiy insho, erkin mavzuda yozilgan insho,ramziy insho) kabi masalalarga duch keladi va ayni vaqtda o‘qituvchidan bu haqda zarur ma’lumotlarni ham bilib olish lozim buladi.
Ikkinchi yo‘nalish ijodiy yozma ish ustida ishlash uchun ajratiladigan maxsus soatlardir. Ijodiy yozma ish ustida ishlash usullarini morfologiya o‘rganilgandan keyin kiritish maqsadga muvofiq. Chunki, birinchidan, bu davrga (7-sinfning) oxiriga kelib, o‘quvchilar matn ustida ishlash yuzasidan anchagina malakaga ega bo‘ladilar. Ikkinchidan, bu usullarni o‘rganish sintaksisni o‘rganish uchun keng yo‘l ochib beradi.
Ijodiy yozma ish usullari bo‘limida o‘quvchilarni quyidagi zarur bilim, ko‘nikma va malakalar bilan qurollantirishni maqsadga muvofiq deb bilamiz:
-«Ijodiy yozma ish» tushunchasi: rasm asosida xikoya, manzara tasvirni, shaxs, hayvon, narsabuyum, voqea-xodisa tasviri: o‘quvchi (muallif) va borliq: yozma ishning maqsadi: yozma ish o‘quvchining(muallifning) o‘zligi:
-yozma ishga mavzu tanlash, uni tayyorlash: ayni bir narsa manzara, voqea, xodisalar asosida turlicha mavzuda yozma ish yozish: yozma ish mazmunining mavzu va uning nomlanishi bilan boglanishi.
O‘quvchilar insho ijodiy ishning oddiy ko‘rinishi, ilmiy, badiiy, erkin, ramziy insholar, ilmiy insho turlari, adabiy insholar hakida ma’lumotlarga ega bo‘lishadi.
Ona tili mashg‘ulotlarida qo‘llaniladigan insholar ilmiy, badiiy, erkin mavzularga ajratilishi mumkin.

Download 72.28 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling