Jamiyatimizdagi ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy-huquqiy va ma’naviy o‘zgarishlar ta’lim tizimi oldiga ham yangicha talab va vazifalar qo‘ydi


Download 72.28 Kb.
bet9/12
Sana21.06.2023
Hajmi72.28 Kb.
#1645231
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi t

Ramziy- badiiy insholar muallif tafakkur olamining keng va chuqurlilik ko‘lamlarini, uning o‘z fikrini chiroyli, badiiy va to‘g‘ri ifodalay olish ko‘nikmalari oynasidir.
Demak, insho o‘quvchining aqliy faoliyatini charxlaydi, yaxshi bilan yomonning mohiyatini chuqur anglashga, o‘z fikr-qarashlarini qattiq turib himoya qilishga, ijodiy fikrlash qobiliyati, dunyoqarashining rivojlanishiga, adabiy til me’yorlarini nutqiy sharoitlarda to‘g‘ri qo‘llay olishga, savodxonlik darajasining oshishiga xizmat qiladi.


II bob. Ona tili darslarida ta’limiy yozma ishlarni o‘tkazish metodikasi
2.1. Ta’limiy yozma ishlarni tashkillashtirish yo‘riqlari

Mustaqil yaratilgan ta’limiy matn - o‘quvchining imlo savodxonligi, ijodiy tafakkuri, so‘z boyligi, nutqiy salohiyatini, qolaversa, o‘qituvchi mahoratini namoyish etuvchi ko‘zgudir. Chunki o‘quvchining ona tili ta’limi jarayonida egallangan bilim, ko‘nikma va malakalari, ularning amaliy tatbiqi - o‘quvchining o‘zi mustaqil yaratgan matndagina aniq ifodasini topadi. Zero, o‘quvchining o‘zgalar fikrini qabul qilish va o‘z fikrini ifodalashga qaratilgan ehtiyoji asosiga qurilgan amaliy faoliyatgina ona tilidan egallangan bilim, ko‘nikma va malakalarni mustaxkamlash, kommunikativ savodxonlik darajasining oshib borishi, matn yaratshp ko‘nikmalarining rivojlanishiga sabab bo‘ladi. Ana shunday faoliyatgina ta’lim jarayonini samarali tashkil qilish bo‘yicha DTS talablariga mos keladi va o‘quvchida ijobiy o‘quv motivlarini hosil qiluvchi muhim didaktik vosita vazifasini bajara oladi. Xususan ta’limiy yozma ishlarni olishdan avval, unga kirish, o‘quvchilarda ko‘nikma hosil qilish va soddadan murakkabga borish maqsadida matn ustida ishlash mashqlarini olib borish maqsadga muvofiqdir.


O‘quvchi ongida matn ustida ishlash ko‘nikmalarini shakllantirish jarayoni ona tili ta’limida o‘ta muhim va mas’uliyatli davr bo‘lib, unda o‘quvchi monologik va dialogik matn turlarini o‘rganish bilan birga matn ustida shilash mahoratini egallashga ham yo‘naltiriladi. Ma’lum voqealik haqida tasavvur (ma’lumot) beradigan bir yoki bir necha sintaktik birliklardan tashkil topgan nutqiy butunlik matn hisoblanadi. Matn og‘zaki yoki yozma nutqqaa xos bo‘lishidan qat’iy nazar , ikki xil ko‘rinishda bo‘ladi dialogik va undan ortiq suhbatdoshning turlicha mazmundagi fikr - axorot almashinuvidan iborat.
Ikki kishi o‘rtasidagi dialogik nutq savol-javob, buyruq – javob, xabar-e’tiroz kabi mazmunlarni ifodalab, fikr xususidagi tasdiq yoki inkorni, ziddiyat yoki munozarani bildiradi. Ko‘p kishilik dialoglarda suhbat mavzusi savol - javobdan iborat bo‘lmay, o‘rtaga tashlangan savol, taklif, da’vat, biror xabar, dalillar bilan xulosalanadi.
Dialogik matn tarkibida so‘roq olmoshlari, yuklamalar, undovlar, kirish so‘zlar keng qo‘llanadi. Bunday matndagi gaplar asosan sodda gaplarning bir tarkibli turlari to‘liqsiz gaplar, so‘z - gaplar faol ishlatiladi Dialogik matn so‘zlashuv uslubi va badiiy uslubga xosdir. Tavsifiy (monologik) matn so‘zlovchi yoki yozuvchi tomonidan bayon etilgan voqea - hodisa, narsa yoki shaxs tasviri, tavsifi yoxud xabar, ma’lumot bayondir. Maqola, insho ham tavsifiy matnning bir turi sanaladi.
Tavsifiy matn ilmiy, publitsistik rasmiy - idoraviy, shuningdek, badiiy uslubga xosdir. Tavsifiy matnlar ramziy-badiiy xarakterga ega bo‘lishi mumkin. Muallifo‘quvchining biror narsa-buyum, voqea-xodisa, makon va zamon bilan aloqador bo‘lgan tasavvur va o‘ylari, kechinmalari va bilimlarini aks ettiruvchi insholar ramziy-badiiy insholardir. Ramziy- badiiy insholar o‘quvchi tafakkur olamining keng va chuqurlilik ko‘lamlarini, uning o‘z fikrini chiroyli, badiiy va to‘g‘ri ifodalay olish ko‘nikmalari oynasidir.
Ushbu matnlar ustida ishlash jarayonida o‘quvchilarda muayyan ko‘nikmalar hosil qilinganidan so‘nggina shu kabi matnlarni yaratish talabini ularga qo‘yish mumkin bo‘ladi. Ushbu jarayonni tashkil qilishda xatoli matnlar utida ishlash yaxshi natija beradi. Bunda beriladigan topshiriqlarning qiziqarli bo‘lishi, shuningdek, bu jarayonda barcha o‘quvchilarning ishtirokini ta’minlash muhimdir. Masalan:
1-topshiriq. Ekrandagi matnni diqqat bilan o‘qing. Imloviy xatolarni toping va tuzating. Unga sarlavha tanlang. Unda nechta qo‘shma, nechta sodda gap mavjudligini aniqlang. Matn tarkibi, uning necha qismdan iboratligini, «oq ko‘ylakli qiz»ning kim bo‘lishi mumkinligini ayting.
...Zaripa qayoqqadir ketgan, olmazorda hech kim ko‘rimmas, fahat qushlarning chug‘ur - chug‘uri eshitilar, qaerdadir, yaqinda timmay bulbul sayrardi. Vohid har biri nah piyoladay keladigan oppoq,, olmalarni orasidan. yerga tegib turgan darax shoqlarini ehtiyotkorli bilan chetga sura-sura bog‘ni ichkarisiga qarap yurdi. To‘satdan daraxtlardan biri qatiq silkindi, yomg‘irdek duv to‘kilgan olmalar vohidni boshiga, yelkasiga tushdi. So‘ngra nimadir «chirs» etib singandek bo‘ldi, kimdir qulagandek tuyuldi va boshini qo‘llari orasiga olb, bukilib qolgan Vohidning oldida oq kuylakli, nozikkina uzun bo‘yli bir qiz paydo bo‘ldi.
2-topshiriq. Matnni o‘z tasavvuringiz asosida tugallang. Xulosa qiling. Bunday amaliy mashg‘ulotlarni muntazam, izchil pedagogik tizimda tashkil etish, o‘quvchilarning faqat o‘zigagina xos va mos bo‘lgan individual uslubini aniqlash va tanlay olishiga yordam beradi. O‘quvchining yozma nutqidagi uslubiy ravonlik va mantiqiy mukammallik darajasini oshiradi, mustaqil turli fanlarga oid matn yaratish ko‘nikmalarini shakllantiradi, rivojlantiradi. Ona tili ta’limida ta’limiy yozma ishlarni o‘tkazishda muammoli ta’lim texnologiyalaridan foydalanish ham kutilgan natijani beradi. Masalan, ijodiy bayon yozishda muammoli vaziyat hosil qilish mumkin.
Topshiriq: berilgan gaplarni o‘qing. Muammoli vaziyatga javob izlang va shu asosda ijodiy bayon yarating.
Muammoli vaziyat: Bugun Salimjonning onasi og‘rib qoldi. Uning dadasi Olimjon aka xizmat safariga ketganlar. Singlisi Nargiza esa bog‘chaga borishi kerak. Telefon ishlamaydi. Salimjonning boshi qotdi.
Muammo: Nima qilish kerak?
Matnni davom ettirib, muammoning yechimini toping. Bu kabi ta’limiy yozma ishlarni muntazam o‘tkazish orqali o‘quvchilarda yozma savodxonlikni rivojlantirish bilan birga ularning mustaqil fikrlash salohiyatini, maummoli vaziyatlar yechimi bo‘yicha ko‘nikmalarini ham rivojlantirish imkoniyati tug‘iladi.
Davlat ta'lim standartida ham ona tili va adabiyot fanlaridan olinadigan MSNIlarni o'quvchilarga insho va ijodiy bayon yozdirish orqali amalga oshirish nazarda tutilgan. Shundan kelib chiqib 9-sinf o'quvchilariga ona tili darsida «Ona qishlog'im» mavzusida ta’limiy insho yozishni topshirish mumkin. Odatda o'quvchilar inshoni bir xil publitsistik uslubda yozishadi. An’anadan chekingan holda ushbu mavzudagi inshoni hayajon va his-tuyg'ularga boy xat yoki kundalik uslubida yozishni taklif etish mumkin. Xat 35 va kundalik uslublari tili jihatidan sodda bo'lish bilan birga o'quvchiga erkin fikrlash imkoniyatini beradi. O‘quvchilarda fikrini samimiylik bilan yozishga qiziqish ham ortadi. Past o'zlashtiruvchi o'quvchilar ham bunday darslarda faolqatnashib, o'z fikrlarini erkin ifodalshga harakat qilishadi.
Kundalik yozish uslubini tanlagan o'quvchilar o'zlarining do'sti - kundaliklariga tug'ilib o'sgan qishlog'i bilan bog'liq sarguzashtlarini, nozik his-tuyg'ularini ommaviy axborot vositalari materiallari bilan bog'lab ta'sirli ifodalashgan bo'lsa, xat uslubida ijod qilgan tarbiyalanuvchilar do'stlariga yoki biror yaqin kishisiga yo'llanadigan maktublarini musiqa, tasviriy san'at, poeziya bilan uyg'unlikda yozishlari mumkin.
Ijodiy yozma ishlarni yozdirishda yod bo'lib qolgan bir xillikdan voz kechib, matn yaratishning shu kabi usullaridan foydalanish, o'quvchilami ijodkorlikka yo'naltiradi, ta'lim samaradorligini oshiradi. Bundan tashqari, o'quvchilarning fikrlash, fikrni yozma ravishda mustaqil ifodalash qobiliyatlarini o'stiradi, yozma savodxonligini oshiradi. Insho yozish uslubini tanlash imkoniyatini berish ham mustaqil fikrlash va samarali ishlashga sharoit yaratadi.
O‘quvchilarni bu kabi ijodiy matn yaratishga tayyorlashda ta’limiy diktant va ta’limiy bayondan foydalanish metodik jihatdan o‘zini oqlaydi. Insho va bayonda asosiy e’tibor o‘quvchining mustaqil va ijodiy fikrlash, to‘g‘ri va ravon fikr ifodalash, matn tilini boyitishda ibora, tasviriy ifoda, maqol, hikmatli so‘zlardan erkin va o‘rinli foydalanish mahoratini shakllantirish, yozma nutqni shaklan va mazmunan rivojlantirishga qaratilgan bo‘lsa, diktant yozdirishdan asosiy maqsad imlo savodxonligini, husnixat malakalarini mustahkamlash, o‘quvchining imlo qoidalari yuzasidan egallangan bilim, ko‘nikma va malakalari darajasini aniqlash, matn ko‘rinishining to‘g‘ri shakllantirish, so‘z va gaplarni to‘g‘ri yozish, tinish belgilarini o‘rinli ishlatishga o‘rgatishdir. O‘quvchilar uchun tavsiya etiladigan diktantlar va bayonlar to‘plamida albatta o‘zbek tilining yangi imlo qoidalari berilishi maqsadga muvofiq bo‘ladi.
Bundan tashqari 7-8-9 sinf o‘quvchilarini o‘z sinfdoshlari yozgan matnni birgalikda tekshirish va baholash ishlariga jalb etish ham nihoyatda foydali. Bunda:
1. O‘quvchi imlo savodxonligi bo‘yicha o‘zi egallagan bilim, ko‘nikma va malakalar darajasini o‘rtoqlari yozgan, yaratgan matnlarni tekshirish jarayonida o‘zi mustaqil aniqlash, baholash imkoniyatiga ega bo‘ladi.
2. O‘z o‘rtoqlarining yozma ishini tekshirish-o‘quvchida so‘zga, gapga, fikr ifodasiga mas’ullik hissini orttiradi, unda badiiy kitoblar o‘qish, izohli lug‘atlar bilan qiziqishga tabiiy ehtiyoj hosil bo‘ladi.
3. O‘zgalar xatosini tuzatish jarayonida o‘quvchi mustaqil suratda o‘z kommunikativ savodxonligini oshiradi, fikrni qisqa, aniq, to‘g‘ri ifodalashni, o‘zbek adabiy tili me’yorlarini o‘rganadi. Mukammal va ravon gap tuzishga intilish, unda tinish belgilarini o‘rinli ishlatish malakalarini mustahkamlaydi. Xulosa sifatida aytganda, ta’limiy yozma ishlarni tashkillashtirish jarayonida turli usullardan foydalanish lozim. Chunki bir xillik o‘quvchini zeriktiradi, diqqatni susaytiradi, ishtiyoqni va ongli munosabatni so‘ndiradi. Shuning uchun bu jarayonni qiziqarli tashkil etish, maqsadli amalga oshirish, o‘quvchilarning faol ishtirokini ta’minlash ta’lim samaradorligini oshiradi.



Download 72.28 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling