Jamiyatimizdagi ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy-huquqiy va ma’naviy o‘zgarishlar ta’lim tizimi oldiga ham yangicha talab va vazifalar qo‘ydi


Integratsiya asosida o‘quvchilar yozma savodxonligini o‘stirish imkoniyatlari


Download 72.28 Kb.
bet10/12
Sana21.06.2023
Hajmi72.28 Kb.
#1645231
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi t

2.2.Integratsiya asosida o‘quvchilar yozma savodxonligini o‘stirish imkoniyatlari
Yozma savodxonlikni oshirishda integratsiyalashgan ta’limdan foydalanish ham ijobiy natija beradi. Chunki yozma nutq ona tili darslaridagina emas, balki adabiyot darslarida ham muhim ahamiyatga ega. Shu ma’noda, adabiyot va ona tili darslarini integratsiyalashtirgan holda o‘quvchilar yozma savodxonligin o‘stirish yuzasidan keng imkoniyatlar mavjud. Masalan, adabiyot darslarida o‘quvchilarning yozma nutqini rivojlantirish maqsadida savol va topshiriqlarga javob berish orqali ham matn yaratish mumkin. O‘quvchilardan tavsiya etilgan badiiy asar yoki berilgan matnni diqqat bilan o‘qib, qo‘yilgan savol va topshiriqlarga qisqa, ixcham, aniq va puxta javoblar qaytarish talab etiladi. Buning uchun savol va topshiriqlar puxta o‘ylangan, mantiqiy tugal bo‘lishi, matn mazmunini to‘la qamrab olishi, bolani o‘ylashga, fikrlashga, izlanishga undashi lozim. Masalan, A. Qahhorning «O‘g‘ri» hikoyasi yuzasidan namunadagidek savol va topshiriqlarni o‘quvchilarga tavsiya qilish mumkin.
1.Qobil boboning uyida qanday voqea ro‘y berdi ? Qobil boboning ahvolini tasvirlashda yozuvchi qanday so‘z va birikmalardan foydalangan?.
2.Amin bilan Qobil boboning suhbatini rollarga bo‘lib o‘qing. Shu ikkita ko‘chirma gapni olib, o‘zlashtirma gapga aylantiring.
3.Amin bilan elllikboshining so‘zlari bir-biridan qanday farq qiladi?
Savol va topshiriqlarga javob yozish o‘quvchilarda so‘z va undan maqsadli foydalanish malakalarini shakllantirishda, nutq sharoitidan kelib chiqib, fikrni bayon qilishga o‘rgatishda muhim ahamiyat kasb etadi. Shuningdek, ularning imlosi yuzasidan ham ko‘nikma va malakalar hosil bo‘lishida amaliy yordam beradi.
Ona tili va adabiyotni bog‘laydigan yana bir ta’limiy usul - bu adabiy matn mazmunini qisqartirib yozishdir. Shubhasiz, matn mazmunini qisqartirib yozish uchun tavsiya qilingan matnning hajmi kengroq bo‘lishi kerak. Qisqartirib yozish matnni diqqat bilan o‘qib chiqish yoki tinglash, muhim o‘rinlarini belgilash, uning rejasini tuzib, shu asosda fikrlarni izchillik bilan bayon qilishni talab etadi. Demak, qisqartib yozishda faqat asosiy fikrlar qamrab olinadi. Asosiy fikr esa matn mazmunini to‘la o‘zlashtirgandan keyin ma’lum bo‘ladi. Qisqartirish jarayonida so‘zlarning grammatik shakllarini ham o‘zgartirishga to‘g‘ri keladi. Bu ta’limiy yozma ish usulini muntazam qo‘llash orqali o‘quvchilarda sintaktik uslubiyatga oid bilimlarning ongli o‘zlashtirilishi va grammatik shakllarning imlosiga doir malakalarning hosil bo‘lishiga zamin yaratiladi. Bu esa uslubiy xatolarning kamayishini ta’minlaydi. Integratsiyalashgan ta’limiy yozma ish shakllariga sharhli yozish usulini kiritish mumkin. Buning uchun o‘quvchilardan maqol, hikmatli so‘z, yoki muayyan adabiy qahramonning xarakteriga xos xususiyatlarni sharhlab yozish topshiriladi. Ular «Avval o‘yla, keyin so‘yla» xalq maqolining ma’nosini sharhlar ekanlar, kishilar so‘zlashuv odobiga hamisha rioya qilishlari lozimligi, aytadigan fikrlarini avval o‘ylab, keyin so‘zlashlari lozimligi, o‘ylamay aytilgan so‘zning oqibati yomonligi, bu xaqda qancha dono fikrlar, hikmatli so‘zlar borligi haqida yozadilar. O‘quvchilar «Do‘st achitib gapirar, dushman kuldirib» xalq maqolini sharhlar ekanlar, chin do‘stdan faqat foyda tegishi, undan yomonlik va ziyon tegmasligi, agar do‘st qattiq gapirsa ham, undan xafa bo‘lmaslik kerakligi kabilar xususida fikr yuritadilar. Bu usul orqali o‘quvchilarning mustaqil fikrlashini o‘stirish bilan bir qatorda ularning grammatik bilimlari ham mustahkamlanadi. Ular fikrini yoritish uchun ona tilidan olgan bilimlariga tayanishga, ulardan oqilona foydalanishga majbur bo‘ladilar.
Yuqori sinflarda, odatda, asar tahlili jarayonida ularning shaxsiy nuqtayi nazari, ichki his-tuyg‘ular olami –ma’naviyatini boyitish muhim vazifa hisoblanadi. Bu jarayonni tashkil etish o‘quvchi uchun qiziqarli va yoqimli bo‘lishi, uning ichki “Men”ini ko‘rsatib bera 38 oladigan bo‘lishi lozim. Buni ta’minlashda “Erkin xat” usulidan foydalanish mumkin. «Erkin xat» usuli quyidagicha o‘tkaziladi.
Adabiyot darslarida badiiy asar matni bilan tanishib bo‘lgach, uning qahramoniga «Erkin xat» usulida maktub yozish o‘quvchilarga vazifa qilib topshiriladi. Buning uchun bu usulning quyidagi shartlari o‘quvchilarga tushuntiriladi:
1. To‘xtamay yozish.
2. Keyin tuzatish imkoni bo‘lishi uchun bir qator tashlab yozish.
3. 20 daqiqa ichida erkin tarzda, uzoq o‘ylamay, tezkor usulda yozish.
4. Husnixat va orfografiyasini o‘ylamagan holda yozish.
Mazkur usulni qo‘llaganda o‘quvchilarning orfografik ko‘nikma va malakalari namoyon bo‘ladi. Chunki o‘quvchilarga uzoq o‘ylab, grammatik vositalarni tanlab yozish imkoniyati berilmaydi. Maktub tahlili jarayonida, avvalo, o‘quvchining fikrlari , ya’ni mazmuni ko‘riladi. So‘ngra undagi xatolar tahlil qilinadi va izohlanadi. Ularga doir grammatik qoidalar esga olinadi. Xatolarning maktub mazmuniga qanday salbiy ta’sir ko‘rsatayotganligi aniqlanadi va tushuntiriladi. Natijada o‘quvchilarda imloning mazmun bilan aloqadorligi xususida ongli tushuncha xosil qilinadi.
Ma’lumki, ona tili boshqa fanlarni o‘rganishning ham asosiy vositasidir. O‘quvchilarni birorta alohida fan sohasiga oid bo‘lgan matn yaratishga undash orqali ixtisosiy matnlar yaratish ko‘nikmasi ta’minlanadi. Masalan biologiya faniga oid ixtisosiy matnlar yaratishga yo‘naltirishda o‘quvchilarning qaysi mavzularga oid manbalardan foydalanishi, qaysi masalalarga o‘z munosabatini bildirishi va matn tarkibida qanday nutq vositalarini qo‘llashi mumkinligi haqida o‘quvchiga qisqacha ma’lumot berilishi maqsadga muvofiq. Yaratiladigan matnning tarkibi to‘g‘ri shakllantirilishi, mazmundor va foydali bo‘lishi uchun esa o‘quvchi muayyan bilim, ko‘nikma va malakalarga asoslanishi, fikr mahsulini to‘g‘ri, mavzu talabiga mos ravishda ifodalapsh zarur bo‘ladi. O‘quvchilar tomonidan yaratilgan ixtisosiy matn (biologiya faniga oid) ning qisqacha loyihasi:
1. Kirish. Matnda tavsif qilinayotgan o‘simlik yoki hayvonning yashash hududlari, kelib chiqish joyi, qanday turga kirishi.
2. Asosiy qism. Oziqlanishi, hosildorligi, parvarishlash va ko‘paytirish usullari, insoniyatga keltiradigan foydasi.
3. Xulosa. O‘simlik yoki hayvonning ijtimoiy hayotdagi o‘rni va ahamiyati, ekologik muammolar va ularning oldini olish usullari haqida bo‘lishi mumkin.



Download 72.28 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling