Jamiyatimizdagi ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy-huquqiy va ma’naviy o‘zgarishlar ta’lim tizimi oldiga ham yangicha talab va vazifalar qo‘ydi


Yordamchi xarakterdagi yozma ishlar


Download 72.28 Kb.
bet3/12
Sana21.06.2023
Hajmi72.28 Kb.
#1645231
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi t

Yordamchi xarakterdagi yozma ishlar:
Lug‘at ustida ishlash. Lug‘at ustida ishlash yozma nutqni o‘stirishning boshlang‘ich nuqtasidir. Lug‘at imlo savodxonligini oshirish, so‘z boyligini kengaytirishning muhim manbai, o‘quvchining asosiy maslahatchisidir. Lug‘atdan foydalanish malakalarini shakllantirish, avvalo, ularda ehtiyojni tarbiyalashdan boshlanadi. Chunki ehtiyoj bo‘lmasa, o‘quvchi lug‘atga murojaat qilmaydi. Ma’lum bir so‘zning imlosi, ma’nosi, ma’nodoshiga qarama-qarshi ma’nosi, uyadoshini bilish zaruriyati ehtiyojni keltirib chiqaradi.
O‘quvchilarni ular faoliyatida zarur bo‘ladigan lug‘at turlari bilan tanishtirishga alohida e’tibor berish kerak. Chunki turli lug‘atlar bilan tanishgan o‘quvchi nimani o‘rganish kerakligini ham yaxshi biladi. Lug‘atlarning turi ko‘p. Akademik lug‘atlar maktab o‘quvchilari uchun ancha qiyinlik qiladi. Bugungi ona tili mashg‘ulotlarida o‘quvchilar uchun ixtisoslashtirilgan «O‘zbek tilining izohli lug‘ati», «O‘zbek tilining uyadosh so‘zlar lug‘ati», «O‘zbek tilining ma’nodosh so‘zlar lug‘ati» kabilarga ko‘proq zaruriyat sezilmoqda.
Lug‘atlardan tez va to‘g‘ri foydalanish uchun o‘quvchi alfavit tartibini yaxshi bilishi kerak. Lug‘at bilan ishlash uchun zarur malakalardan yana biri ulardan maqsadga muvofiq foydalanishdir. Topshiriqni bajarish uchun qaysi lug‘atga murojaat etish kerakligini bilgan bola undan samarali foydalana oladi.
«Imlo lug‘ati» bilan ishlash o‘quvchilarning faqat imlo savodxonligini emas, balki so‘z boyligini oshirishga ham yordam beradi.
O‘zbek tilining barcha bo‘limlarini o‘rganishda «Imlo lug‘ati» dan foydalanishni yo‘lga qo‘yish kerak.
Lug‘at ustidagi ish oddiy va tasodifiy mashg‘ulotlar bo‘lib qolmasligi, balki muntazam va qat’iy rejaga tayanadigan, uzoq va oliy maqsadlarga xizmat qiladigan, uzluksiz tizim tarzida amalga oshishi kerak. Lug‘at ustida ishlaganda har bir so‘zning amaliy jihatlariga, amaliy ahamiyatiga alohida e’tibor berish zarur bo‘ladi. Har bir so‘zning o‘quvchi shaxsining dunyoni bilish va o‘zlashtirishdagi, uning nutqiy faoliyatidagi muayyan bir xizmatlari bo‘lishini ta’minlash shart.
Til hodisalarining mohiyatini anglashga mo‘ljallangan matnlar. O‘quvchi bunday matnda til hodisalarini kuzatish, taqqoslash, guruhlarga ajratish, umumlashtirish asosida umumiy xulosalarga keladi. Bu matnlar asosan amaliy yo‘nalishda bo‘lishi kerak. O‘quvchilarning yozma nutqini o‘stirishga mo‘ljallangan matnlar va ular ustida ishlash:
1. Matndan zarur o‘rinlarni ko‘chirib yozish.
2. Badiiy asar qahramonlari nutqidan zarur o‘rinlarni ko‘chirib yozish.
3. Matn mazmunini saqlagan holda shaklini o‘zgartirib yozish.
4. She’riy asarlar mazmunini hikoyaga aylantirib yozish.
5. Matn mazmuni asosida reja tuzib yozish.
6. Savol va topshiriqlarga javob yozish.
7. Matn mazmunini qisqartirib yozish.
8. Matn mazmunini kengaytirib yozish.
9. Ilmiy uslubda berilgan matnni badiiy uslubga aylantirib yozish. Bu adabiy nutq me’yorlaridan unumli foydalanishni talab etadi.
Asosiy xarakterdagi yozma ishlar –diktant, insho va bayondir. Ular ham ,o‘z o‘rnida, pedagogik maqsadga ko‘ra ikki turli bo‘ladi:
1.Nazoratga qaratilgan yozma ishlar.
2.Ta’limiy yozma ishlar.
Nazorat yozma ishlari o‘quvchilarning egallagan bilim, ko‘nikma va malakalarini tekshirishga qaratilgan bo‘lib, o‘quv reja asosida belgilangan muddatda o‘tkaziladi. Ular uchun dasturda alohida soatlar ajratiladi. Bu turdagi yozma ishlar majburiy faoliyat turi bo‘lganligi uchun muntazam o‘tkaziladi. Ta’limiy yozma ishlar muayyan ta’limiy maqsadga erishish uchun qo‘llaniladigan yozma ishlar. Bu turdagi yozma ishlar dasturda maxsus ko‘rsatilmaydi, alohida soat ham ajratilmaydi. Biroq bu ularning ahamiyatini zarracha pasaytirmaydi. Aksincha, ulardan ona tili darslarida muntazam foydalanish zarurligini ta’kidlaydi. Ta’limiy yozma ishlar har bir egallangan yangi bilimni ko‘nikma va malakaga aylantirishda muhim o‘rin tutadi. Afsuski, ayrim o‘qituvchilar o‘z vazifalariga loqaydligi sababli yoki yetarlicha nazariy-metodik bilimga ega bo‘lmaganligi tufayli ta’limiy yozma ishlardan yetarlicha foydalanmaydilar. Bu esa bilimlarning ko‘nikma va malakaga aylanishlariga to‘siq bo‘ladi va o‘quvchining savodxonlik darajasiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Shu sababli oliy o‘quv yurtlarida mutaxassis tayyorlash jarayonida va mavjud mutaxassislarning malakaini oshirish jarayonida ta’limiy yozma ishlarning o‘quvchilar savodxonligini oshirishdagi roli haqida yetarlicha ma’lumot berish va ta’limiy yozma ish turlari va ularni o‘tkazish bo‘yicha uslubiy tavsiyalar berish maqsadga muvofiq bo‘ladi.

Download 72.28 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling