Jamiyatni axboratlashtirish. Jamiyatning axborot potensiali
Download 85.23 Kb.
|
1 2
Bog'liqJORAQULOVSUXROB
- Bu sahifa navigatsiya:
- Article
- MAVZU: JAMIYATNI AXBORATLASHTIRISH. JAMIYATNING
- Axborotlashgan jamiyat.
- Jamiyatning axborot potensiyali.
- Axborotlashgan jamiyat tushunchasi va uning mazmun mohiyati.
- Conclusion
ResearchGate See discussions, stats, and author profiles for this publication at:https://www.researchgate.net/publication/348916583 JAMIYATNI AXBORATLASHTIRISH. JAMIYATNING AXBOROT POTENSIALI Article • January 2021 CITATIONS 0 READS 7,053 2 authors: Nurmuxamad Duisenov Chirchik state pedagogical Institute 189 PUBLICATIONS 299 CITATIONS SEE PROFILE Bekjan Akhmedov Chirchik state pedagogical institute 121 PUBLICATIONS 939 CITATIONS SEE PROFILE Some of the authors of this publication are also working on these related projects: Academy View project KURS ISHI View project
All content following this page was uploaded byNurmuxamad Duisenov on 31 January 2021. The user has requested enhancement of the downloaded file. MAVZU: JAMIYATNI AXBORATLASHTIRISH. JAMIYATNING AXBOROT POTENSIALI Abstract Moddiy resurslar jamiyat mahsulotlari ishlab chiqarish jarayonida foydalanish uchun mo’ljallangan mehnat va xomashyolar majmuidir. Masalan, xomashyo, materiallar, yoqilg’i, energiya, yarim tayyor mahsulotlar, detallar va hakozo Tabiiy resurslar insonlarning moddiy va ma’naviy ehtiyojlarini qondirish uchun jamiyat tomonidan foydalaniladigan obyektlar, jarayonlar hamda tabiiy sharoitlardir. Mehnat resurslari jamiyatda ishlash uchun umumta’lim bilimga ega kisxilar. Moliyaviy resurslar davlat yoki tijorat tarkibi ixtiyoridagi pul manbalaridir. Energetik resurslar energiya omillari: ko’mir, neft, neft mahsulotlari, gaz, gidroenergiya, elektroenergiya va hokazo. Shuni qayd etish lozimki, har qanday ko’lamdagi tashkilotning kerakli darajada ishlashi uchun faqat ushbu resurslarning o’zi yetarli emas, chunki ishlab chiqarish uchun moddiy, moliyaviy va mehnat resurslari mavjudligining o’zi kifoya qilinmaydi. Uni qanday ishlatishni bilish, bu sohadagi texnologiyalar haqida ko’plab axborotga ham ega bo’lish talab etiladi. Shu bois ham axborot, axborot resurslari hozirgi kunda alohida iqtisodiy kategoriya sifatida qabul qilinmoqda. Axborot resurslari, ommaviy axborot va axborot tizimlariga O’zbekiston Respublikasining 2003 yil 11 dekabrdagi 560-II son “Axborotlashtirish to’g’risida”gi Qonuniga binoan quyidagicha ta’rif berish mumkin: Аxborot resurslari alohida hujjatlar, hujjatlarning alohida to’plamlari, axborot tizimlaridagi (kutubxonalardagi, arxivlardagi, fondlardagi, ma’lumotlar banklaridagi va boshqa axborot tizimlaridagi) hujjatlar va hujjatlarning to’plamlari. Ommaviy axborot - bunga cheklanmagan doiradagi shaxslar uchun mo’ljallangan hujjatlashtirilgan axborot, bosma, audio, audiovizual hamda boshqa xabarlar va materiallar kiradi. Axborot tizimi - axborotni to’plash, saqlash, izlash, unga ishlov berish hamda undan foydalanish imkonini beradigan, tashkiliy jihatdan tartibga solingan jami axborot resurslari, axborot texnologiyalari va aloqa vositalari. Agar axborot resurslari oqilona tashkil etilsa va o’rinli foydalanilsa, u mehnat, moddiy va energetik resurslar ekvivalenti sifatida ishtirok etishi mumkin. Axborot zaxiralari - alohida hujjat, hujjatlar to'plami hamda axborot tizimlari (kutubxona, arxiv, fond, ma’lumotlar banklari, turli axborot tizimlari)dagi hujjatlar to'plamidir. Jamiyatni axborotlashtirish - yuridik va jismoniy shaxslarning axborotga bo’lgan ehtiyojlarini qondirish uchun axborot resurslari, axborot texnologiyalari hamda axborot tizimlaridan foydalangan holda sharoit yaratishning tashkiliy ijtimoiy iqtisodiy va ilmiy - texnikaviy jarayonidir. Jamiyatni axborotlashtirish jarayoni quyidagi qator muammolarning hal etilishini talab etadi: Hisoblash texnikasi vositalarini j amiyat faoliyatining barcha tarmoqlariga tadbiq qilish. Jamiyat a’zolarini hisoblash tехnikasi vositalaridan samarali foydalanishga o’rgatish. Jamiyat a’zolarining turli xil ehtiyojlarini qondirishda axborot resurslaridan to’la va samarali foydalanishlarini ta’minlash. Jamiyatni axborotlashtirishda axborot zaxiralari muhim rol o’ynaydi. Uni talqin etish va muhokama qilish axborotlashgan jamiyatga o’tish davri haqida gap borgan davrdan davom etib keladi. Bu masala bo’yicha ko’plab nashrlar e’lon qilingan, ularda turli fikrlar, tushunchalar o’z aksini topgan. Boshqaruv qarorlarini qabul qilish jarayoni ma’lumotlarning ulkan oqimida axborotlarni ko’rib chiqish, tahlil etish va oqilona foydalanishni ko'zda tutadi. Axborotlarni tanlash ancha mehnat talab qiladigan, ya’ni qimmat turadigan jarayondir. Hozirgi kunda axborot resurslari murakkab va ko'pqirrali obyekt sifatida namoyon bo’lib, uni quyidagi parametrlar bilan izohlash mumkin: axborotlarning mazmuni; axborotga bo’lgan mulkchilik shakli: jamoatchilik mulki, davlat mulki, jamoa tashkilotlari mulki, yuridik shaxs mulki, jismoniy shaxs mulki; axborotlarga kirish imkoniyatlari: ochiq, yopiq, maxfiy, tijorat siri, xizmat siri, kasbiy sir; Shunday qilib, “jamiyatni axborotlashtirish”ni “jamiyatning kompyuterlashtirilishi” ga nisbatan kengroq ma’noda tushuniladi. ' Jamiyatni axborotlashtirish, yangi axborot texnologiyalari bilan ta’minlash insonlarning turli-tuman ma’lumotlarga bo'lgan ehtiyojini qondirishda muhim o'rin tutadi. Inson axborot olami ichra yasharkan, voqea-hodisalar va jarayonlarning bir-biriga aloqadorligini, o'zaro munosabati va mohiyatini tahlil etish, o'z hayotidan kelib chiqayotgan murakkab savollarga ilmiy javob topish maqsadida ko'pdan-ko'p dalil va raqamlarga murojaat qiladi. Axborot tufayli nazariya amaliyot bilan birikadi. Amaiiyot nazanyasiz, nazariya esa amaliyotsiz mavjud ham bo'lmaydi, rivojlanmaydi ham. TDYul Ne'matovA axborotlarni taqdim etish shakllari: matn hujjatlari, obzorlar, tarkiblashtirilgan ma’lumotlar - ma’lumotlar ombori, ma’lumotlar banki. Axborot bozori va jamiyatning axborot potensiali. Bugungi rahbar va ijrochi o’zining ish o’rnida aniq ishlab chiqarish yoki bozor vaziyatini tahlil qilish uchun yetarli bo’lgan axborotlarni amalda bir zumda olishi mumkin. Axborot texnologiyalaridagi katta o’zgarishlar tufayli boshqaruv ishini tashkil qilishdagi bunday islohotlar amalga oshirilmoqda. Axborotlar oqimlarini rasmiylashtirish, ma’lumotlarni ishlab chiqish usullarini qo’llash, ma’lumotlar omborini taqdim etish - bularning barchasi hozirgi vaqtda amalga oshirishning butunlay yangi aniq usullarini o’zida jamlagan. Bozordagi vaziyat dasturiy - texnik mahsulotlarga to’lov talabining doimiy o’sishi uchun sharoitlar yaratdi. Har qanday firma, tashkilot hamda bankning birinchi ehtiyoji - ishlab chiqarish xo’jalik operatsiyalarini qayd etish, hisob ma’lumotlarini ishlab chiqish, hisobot, tizim va marketing axborotlarini rasmiylashtirish, tartibga solishdan iborat bo’lib qolmoqda, bu esa texnik va dasturiy vositalarga, murakkab avtomatlashtirilgan axborot tizimlari va texnologiyalarga bo’lgan talabni kuchaytiradi. Axborot - kommunikatsiya texnologiyalari axborot resurslarini shakllan-tirish va ulardan foydalanish jarayonlarini tubdan o’zgartirib yuborib, quyidagilarni ta’minlamoqda: katta hajmdagi axborotlami ixcham holatda saqlash; axborotlarni tezkor izlab topish; uzoq masofada joylashgan resurslarga kirish imkoniyati; bitta axborot tashuvchisida turli axborotlarni saqlash; bibliografik va to’liq matnli ma’lumotlar bazalarini umumlashtirish; faktografik va bibliografik axborotlarni o’zida saqlovchi ma'lumotlar omborining paydo bo’lishi. Axborotli jarayonlarning sanoat asosiga o’tishi axborot sohasining rivojlanishini jadallashtirmoqda, dasturiy texnologiyalarni ishlab chiqish va tatbiq etish esa uni biznesning istiqbolli turlaridan biriga aylantirmoqda. Bularga xorijiy mamlakatlardan kompyuter texnikasi va dasturiy vositalarining yetkazib berilishi, ichki kompyuter bozorining vujudga kelishiga ko’maklashmoqda. Avtomatlashtirilgan axborot tizimlar va texnologiyalar samaradorligining mezonlarini shakllantirishga e’tibor berishda ham sezilarli siljishlar ro’y bermoqda. Agar ma’muriy - buyruqbozlik tizimlari sharoitlarida asosiy e’tibor axborotlarni mashinada ishlab chiqishning xarajatlarini aniqlashga qaratilgan bo’lsa, hozirda eng avvalo qarorlarni tez qabul qilish, tahliliy ma’lumotlarning haqiqiy jarayonlarga o’xshashligi darajasi, iqtisodiy - matematik usullar va modellardan aniq moliyaviy ishlab chiqarish vositalar tahlili uchun foydalanish imkoniyati faollashdi. Masalaning bunday qo’yilishi tadbirkorlik va xo’jalik yuritish amaliyotiga ilmiy tadqiqot nuqtai nazarlarini kiritadi, yangi ilmiy asoslangan qarorlar, yondashishlar va malakali xodimlarni talab qiladi. Bundan tashqari axborot - qolgan barcha resurslardan samarali foydalanish va ularning isrof qilmaslikka yordam beradigan yagona resurs sanaladi. Jamiyat rivojlanib borishi va texnologiyalarning murakkablashishi natijasida, axborot hajmi shunchalik ko’payib ketdiki, bu larayon boshqaruv sohasida axborotni qayta ishlash zaruriyatini yuzaga keltirdi. Boshqaruv ierarxiyasining paydo bo’lishi, tovar - pul munosabatlarining yuzaga kelishi hamda hisoblash mashinalarining yaratilishi boshqaruv uchun katta hajmdagi axborotlarni qayta ishlashda yuzaga keluvchi qiyinchiliklarni yengish imkonini berdi. Bugungi kunga kelib boshqaruv ierarxiyasining, tovar - pul munosabatlarining, hisoblash mashinalarining rivojlanishi shu darajaga yetdiki, endilikda axborot hajmi va murakkabligi axborot sanoatini yaratishni talab qilmoqda. Axborotlar miqdori mamlakatda milliy, iqtisodiyot, tarmoq, tashkilotlar rivojlanishini belgilaydi. Axborotlashgan jamiyat. Jamiyat rivojlanishining zamonaviy davri axborotlashtirish jarayoni bilan ajralib turadi. Bugungi axborot davrida har qanday jamiyatda axborot hamisha mamlakat taraqqiyotining ko‘zgusi, kishilarning tafakkuri va siyosiy saviyasining shakllanishida asosiy vosita bo‘lib kelmoqda. Jahonda kechayotgan globallashuv va integratsiya, mamlakatimizda olib borilayotgan siyosiy modernizatsiya jarayonlarida axborotning ahamiyati, xususan, axborot erkinligi va ochiqligi masalasi shaxs, jamiyat va davlat hayotida tobora muhim ahamiyat kasb etib, zamonaviy axborot tizimining shakllanganligi har qanday mamlakatning salohiyati va taraqqiyotini belgilovchi omil bo‘lib sanalmoqda. «Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasi»da axborot sohasini isloh qilish, axborot va so‘z erkinligini ta’minlash masalasiga yuksak e’tibor bilan qaralib, mamlakatimizni siyosiy modernizatsiya jarayonining bugungi bosqichida axborot sohasini isloh qilish borasida ustuvor vazifalarni belgilab berib, soha qonunchiligini yanada takomillashtirish borasida asosiy g‘oya va takliflarini bayon etishi bilan birga, ularni hayotga tatbiq qilish mexanizmlari ham aniq va ravshan ko‘rsatib berilgani diqqatga sazovordir. Axborot sohasini rivojlantirish, uni jahon talablari darajasiga ko‘tarish borasida mamlakatimizda salmoqli ishlar amalga oshirilib, mamlakatimizda har kimning fikrlash va so‘z erkinligi, axborotni olish, izlash va tarqatish huquqlari, ommaviy axborot vositalarining erkinligi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining tegishli moddalari bilan mustahkamlanib, ushbu konstitutsiyaviy normalarni rivojlantirish, ommaviy axborot vositalarini yanada demokratlashtirish va liberallashtirish, olib borilayotgan ijtimoiy-siyosiy va sotsial- iqtisodiy islohotlarning ochiqligi va oshkoraligini ta’minlashda ularning faolligini oshirish, media makonga ilg‘or axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini bevosita joriy etishga qaratilgan: «Ommaviy axborot vositalari to‘g‘risida»; «Axborot erkinligi printsiplari va kafolatlari to‘g‘risida»; «Jurnalistlik faoliyatini himoya qilish to‘g‘risida»; «Noshirlik faoliyati to‘g‘risida», «Telekommunikatsiyalar to‘g‘risida»; «Axborotlashtirish to‘g‘risida»gi va boshqa jami 20 dan ortiq axborot sohasida qonunlar, 50dan ortiq O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni va qarorlari, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va 300 dan ortiq idoraviy qonunosti hujjatlari qabul qilindi. Mustaqillik yillarida yaratilgan bunday huquqiy maydon ommaviy axborot vositalariga o‘z vazifalarini samarali bajarish hamda o‘zgarib borayotgan ijtimoiy- siyosiy shart-sharoitlarga, kommunikatsiya vositalarining rivojlanish darajasiga yetishish uchun keng imkoniyatlar yaratmoqda. «Axborotlashtirish to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni asosida axborotlashtirish — bu yuridik va jismoniy shaxslarning axborotga bo‘lgan ehtiyojlarini qondirish uchun axborot resurslari, axborot texnologiyalari hamda axborot tizimlaridan foydalangan holda sharoit yaratishning tashkiliy ijtimoiy-iqtisodiy va ilmiy-texnikaviy jarayoni hisoblanadi. Axborotlashgan jamiyat — bu globallashgan ijimoiy jarayon bo‘lib, uning o‘ziga hos asosiy xususiyati shundan iboratki, ijtimoiy ishlab chiqarish sohasida faoliyatning ustuvor turi sifatida zamonaviy kommunikatsiya texnologiyalari hamda axborot almashuvining xilma-xil vositalari asosida amalga oshirilayotgan axborotni izlash, yig‘ish, olish, tadqiq etish, uzatish hamda tarqatishdir. Axborotlashgan jamiyat: bosma fondda hamda jamiyat a’zolarining ilmiy, ishlab chiqarish va boshqa faoliyati turlarida jamlangan jamiyatning tobora kengayib borayotgan intellektual salohiyatidan faol foydalanishni; ijtimoiy ishlab chiqarishning barcha sohalarini rivojlantirish va mehnat faoliyatini intellektuallashtirishga qaratilgan faoliyatning ilmiy va ishlab chiqarish turlariga axborot texnologiyalarini joriy qilishni; axborotlashtirish xizmati darajasini yuqoriga ko‘tarish, jamiyatning barcha a’zolarini obyektiv va tezkor axborotga ega bo‘lish, foydalanilayotgan ma’lumotlarning dolzarbligini ta’minlaydi. 2003-yil 11-dekabrda mamlakat Parlamenti tomonidan «Axborotlashtirish to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni yangi realliklarga muvofiq qayta ko‘rib chiqildi va uning yangi tahriri qabul qilindi. Mazkur qonun axborot- kommunikatsiya texnologiyalari sohasini rivojlantirish uchun tayanch qonun bo‘lib, elektron hukumat, masofadan o‘qitish, teletibbiyot, elektron tijorat kabi va yana bir qancha yangi xizmatlarning rivojlanishiga hamda axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida ishlab chiqiladigan boshqa qonunlar uchun asos bo‘lib, tegishli yo‘nalishlar bo‘yicha qonun hujjatlari ishlab chiqilishini belgilab, axborotlashtirish sohasidagi davlat siyosati, axborot resurslari, axborot texnologiyalari va axborot tizimlarini rivojlantirish hamda milliy axborot tizimini yaratishga xizmat qilmoqda. Jumladan, davlat hokimiyati va boshqaruv organlari faoliyatini axborotlashtirish maqsadida, ularni kompyuter texnikasi, lokal hisoblash va korporativ kompyuter tarmoqlari bilan jihozlash bo‘yicha ham muayyan ishlar qilinmoqda, 2012-yil 1-yanvar holatiga ko‘ra, davlat idoralarining 80 foizida lokal hisoblash tarmoqlari yaratildi. Shuningdek, 98 foiz davlat boshqaruvi va hokimiyati organlarida veb-saytlar yaratilib, davlat axborot resurslarining soni 186 taga yetkazildi. Natijada aholi va xo‘jalik yurituvchi subyektlarga 378 turdagi davlat interaktiv xizmatlari ko‘rsatilmoqda. 1999-yilda «Telekommunikatsiyalar to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni qabul qilinib, unda telekommunikatsiyalarni yaratish, faoliyat ko‘rsatishi va rivojlanishi sohasidagi munosabatlarni tartibga solishga qaratilgan normalar belgilandi. Ushbu Qonun hamda telekommunikatsiya tarmoqlarini modernizatsiyalash va rivojlantirish bo‘yicha qabul qilingan boshqa qonun hujjatlarining ijrosini ta’minlash hamda sohada amalga oshirilgan tizimli va bosqichma-bosqich islohotlar natijasida respublikaning barcha viloyat markazlarida raqamli xalqaro telekommunikatsiya stansiyalari o‘rnatildi, magistral xalqaro va viloyatlararo aloqa liniyalarida tolali- optik kabel va raqamli radioreleyli liniyalar o‘tkazildi. Respublika hududlarida CDMA standartida simsiz radiofoydalanish telekommunikatsiya tizimi joriy etildi. 2011-yil 30-dekabrda «Telekommunikatsiyalar to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida»gi Qonun qabul qilindi. Ushbu Qonun bilan fuqarolarni zamonaviy telekommunikatsiya xizmatlari bilan to‘laqonli va sifatli ta’minlash, axborotlashtirish hamda telekommunikatsiya tarmoqlarini yanada rivojlantirish, aloqa xizmatlari, ma’lumot uzatish va tarqatish sohasi ravnaqiga yo‘naltirilgan yangi normalar kiritildi. Bu ham bo‘lsa o‘z ifodasini 8-moddaning o‘n yettinchi xatboshisi va Qonunga kiritilgan yangi 81-moddada topmoqda. Tilga olingan yangi moddada davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari hamda mahalliy davlat hokimiyati organlari axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalangan holda yuridik hamda jismoniy shaxslarga interaktiv davlat xizmatlari ko‘rsatish maqsadida umumiy foydalanishdagi 9 telekommunikatsiyalar tarmoqlarining samarali ishlashi va rivojlantirilishi uchun shart-sharoitlar yaratishi bo‘yicha majburiyat belgilandi. Shunday qilib, Qonunning yangi normalarida ijtimoiy-iqtisodiy o‘zaro munosabatlarga zamonaviy telekommunikatsiya texnologiyalarini yanada ko‘proq jalb etish maqsadida ularni yanada rivojlantirish va kengaytirish masalasi hal etilmoqda. Rivojlangan axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan davlat va jamiyat qurilishi tizimida keng foydalanishda Internet jahon axborot tarmog‘idagi milliy segmentni rivojlantirish zarurligi, uni tashkil etishda esa asosiy qismlaridan bo‘lgan aynan domen nomlari va domen nomlari tizimi kabi muhim tushunchalarga ta’rif berilishi muhim ahamiyat kasb etadi. Internetdan foydalanish ko‘lamini kengaytirishdan asosiy maqsad fuqarolar uchun zarur axborotni ularga kerak bo‘lgan vaqtda olish imkonini berishdir. Mazkur Qonunda belgilanayotgan islohotning maqsadi odamlarga axborot olish va undan foydalanishga bundanda to‘laqonli imkoniyat yaratishdir. Bugunga kelib mamlakatimizda 20ga yaqin telekommunikatsiya operatorlari mavjud bo‘lib, ular telekommunikatsiya tizimida 28ta yo‘nalish bo‘yicha dunyoning 180ta mamlakatiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri chiqadigan xalqaro kanallari orqali o‘z xizmatlarini ko‘rsatishmoqda. Foydalanuvchilarning axborot-kutubxona resurslaridan foydalanishini ta’minlash, ularning intellektual, ma’naviy-axloqiy, madaniy va ta’lim olish ehtiyojlarini qanoatlantirish uchun shart-sharoitlar yaratish hamda axborot-kommunikatsiya texnologiyalari asosida axborot-kutubxona resurslaridan o‘zaro foydalanishni ta’minlash maqsadida 2011-yil 13-aprelda «Axborot-kutubxona faoliyati to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni qabul qilindi. Jamiyatni axborotlashtirish va axborot kommunikatsiya texnologiyalarini yanada rivojlantirish maqsadida 2003-2004-yillarda «elektron» qonunlar deb ataladigan qonunlar bloki qabul qilindi. Bular O‘zbekiston Respublikasining «Elektron raqamli imzo to‘g‘risida», «Elektron hujjat aylanishi to‘g‘risida»gi va «Elektron tijorat to‘g‘risida»gi Qonunlaridir. Qonunlarni ishlab chiqishda ushbu sohadagi xalqaro tashkilotlar va bir qancha mamlakatlarning tajribasi ham hisobga olindi. Ushbu qonunlarning qabul qilinishi, joylarda ularning ijrosini ta’minlanishi o‘z navbatida, ish yuritish madaniyatining elektron ko‘rinishining shakllanishiga, masofa qisqarishiga, vaqt tejalishiga hamda iqtisodiy samaradorlikning oshishiga sabab bo‘lmoqda. Mamlakatimizda axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini yuqori sur’atlarda rivojlanishi, elektron hujjat aylanishi, elektron raqamli imzo, elektron tijorat, elektron to‘lovlar kabi yana bir qancha yangi xizmat turlarining paydo bo‘lishiga va o‘z navbatida, tadbirkorlarimizga masofadan turib dunyoning xohlagan mamlakatidan o‘ziga hamkor topish va tijorat ishlarini yuritishga keng yo‘l ochib bermoqda. Mamlakatimiz milliy iqtisodiyoti uchun yangi bo‘lgan mazkur tizimlarni tez sur’atlar bilan rivojlanishining yana bir omili bu axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini raqamlashtirish darajasining ortishi, jumladan Inter-netga ulanish tezligini mutassil ravishda o‘sib borishi (agar 2002-yili 8,5Mbit/s.ni tashkil etgan bo‘lsa, 2012-yilga kelib, bu ko‘rsatkich 2500 Mbit/s.ga yetdi) va ulardan foydalanish uchun qulay sharoit yaratilganligidadir. Xorijiy mamlakatlar tajribasidan ma’lumki, elektron tijoratni shiddat bilan rivojlanishiga Internetdan foydalanuvchilar soni, aholining 20-25 foizini tashkil etganda erishish mumkin. Bugungi kunda mamlakatimizda Internetdan foydalanuvchilar 9,1 mln.ni tashkil etgani elektron tijoratning rivojlanish istiqbolidan dalolat beradi. O‘zbekistonda elektron hujjatlarga huquqiy mavqe beruvchi «Elektron hujjat aylanishi to‘g‘risida»gi qonunning qabul qilinishi, shubhasiz elektron hujjat aylanish tizimini rivojlantirishga ko‘maklashib, davlat hokimiyatining turli idoralari o‘rtasidagi hujjat aylanishini avtomatlashtirishga imkon yaratmoqda. Elektron hujjat aylanishi tizimini joriy etish o‘zaro axborot almashuvi darajasi va sifatini oshirishga, izlash samaradorligining o‘sishiga, katta hajmdagi ma’lumotlar bilan ishlash va ulardan foydalanishga ko‘maklashib, qog‘oz hujjat aylanishi ulushining kamayishga yordam bermoqda. Ushbu qonun elektron hujjatning huquqiy maqomini va uning rekvizitlarini aniqlagan bo‘lib, elektron hujjat aylanishi ishtirokchilarini, elektron hujjatni olish, jo‘natish, ularni saqlash va muhofaza etish tartibini belgilab berdi. Elektron hujjat aylanishida ularning qog‘oz hujjatlar bilan teng kuchga ega ekanligini, ulardagi imzo, muhr va hujjatning boshqa rekvizitlarini tasdiqlash elektron raqamli imzo orqali amalga oshirilishi mumkin. «Elektron raqamli imzo to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni ma’lum shartlarga rioya qilingan holda elektron hujjatdagi elektron raqamli imzo va qog‘ozdagi shaxsiy imzo teng kuchga ega ekanligini ta’minlab berdi. Natijada, yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan Internet tarmog‘idan foydalangan holda kerak bo‘lgan barcha hisobot formalari va boshqa ma’lumotlarni elektron ravishda interaktiv holda olish hamda soliq va statistika hisobotlarini topshirish imkoniyatini yaratdi. Bu tizim kichik biznes va tadbirkorlik subyektlari vaqtini tejash, davlat xizmatchilari bilan bevosita muloqot uchun navbat kutish yoki soliq hisobotlarini to‘ldirishdagi xato va kamchiliklarni tuzatishga emas, balki o‘z tadbirkorlik ishlarini rivojlantirishga sarf etishlariga imkon bermoqda. Shuningdek, mazkur Qonunning qabul qilinishi va ijrosi ta’minlanishi natijasida respublikamizda 9 ta Elektron raqamli imzo kalitlarini ro‘yxatga olish markazlari tashkil etildi. Agar elektron raqamli imzo kalitlari soni 2006-yilda 93 tani tashkil etgan bo‘lsa, 2012-yilga kelib, 250 000 taga yetdi. Mazkur sohadagi huquqiy bazani yanada takomillashtirish ikki palatali professional parlament tomonidan ham samarali tarzda davom ettirilmoqda. Mamlakatimizda elektron to‘lovlar sohadagi ijtimoiy munosabatlar Markaziy bank tomonidan qabul qilingan «Elektron to‘lovlarni amalga oshirish Nizomi» bilan tartibga solinib kelingan bo‘lsa, 2005-yilda «Elektron to‘lovlar to‘g‘risida»gi Qonunning qabul qilinishi bilan elektron to‘lovlar tizimini yangi bosqichga olib chiqdi. Ushbu Qonunning qabul qilinishi o‘z navbatida, mijozlariga yangi xizmat turlarini ko‘rsatishga huquqiy asos yaratib berdi. Bu esa o‘z navbatida, iqtisodiyotimizga «Pay Net», «Fast Pay», «Moblis», «E-karmon» kabi elektron to‘lovlar xizmatini ko‘rsatuvchi muassasalarning kirib kelishi, shuningdek, «SMS- banking», «Internet-banking» kabi yangi elektron to‘lov xizmatlarini joriy qilish va shu asosda mobil to‘lovlarning vujudga kelishi va rivojlanishiga zamin yaratdi. Ushbu xizmatlarning qulayligi shundaki, mijozlar bular yordamida kommunal xizmatlari, mobil aloqa va Internet xizmatlari hamda uy-ro‘zg‘or mollarini Internetdan foydalangan holda, sotib olish va hisob-kitob qilishlari mumkin. Ushbu Qonunlar axborotlashtirish va ma’lumotlarni uzatish sohasida hamda avtomatlashtirilgan bank tizimida axborot muhofazasi bilan bog‘liq munosabatlarni tartibga solish, axborot muhofazasining huquqiy asoslarini aniqlash hamda axborot muhofazasiga qo‘yiladigan talablarni belgilashdan iboratdir. Bir so‘z bilan aytganda, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida yaratilgan samarali huquqiy mexanizm iqtisodiyotning boshqa sohalarida bo‘lgani kabi ushbu sohaga ham chet el investitsiyalarining kiritilishiga yo‘l ochib, axborot va telekommunikatsiya tarmoqlarini rivojlantirish, axborot texnologiyalarini hayotimizning barcha sohalariga keng joriy qilishga asos bo‘lmoqda. 2005-yildan boshlab O‘zbekistonda davlat organlarining Internetda rasmiy saytlarining ochilishi tatbiq etilgan. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining «Axborotlashtirish sohasida normativ-huquqiy bazani takomillashtirish to‘g‘risida»gi 256-sonli Qarori bilan ushbu saytlarga asosiy talablar belgilangan bo‘lib, unda saytlarni to‘laqonli rasmiylashtirish, undan foydalanish va yangilash maqsadida veb-saytda joylashtiriladigan zaruriy axborotlar ro‘yxati, mazmuni va boshqa kerakli shartlarga nisbatan xalqaro standartlar aniq shakllantirilgan. Davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari faoliyatining oshkoraligini ta’minlash, keng jamoatchilik va aholini O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy islohotlarning borishi to‘g‘risida muntazam xabardor qilish maqsadida, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan 2006- yil 22-sentabrda «Davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlarining jamoatchilik bilan aloqalarini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi 203-sonli Qaror qabul qilindi. U bilan davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlarining axborot xizmati to‘g‘risidagi Namunaviy nizom tasdiqlangan bo‘lib, unga muvofiq, vazirliklar, davlat qo‘mitalari, agentliklar, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, xo‘jalik boshqaruvi organlari tarkibida xodimlarning umumiy soni doirasida axborot xizmatlarini tashkil etish belgilangan. Davlat va xo‘jalik boshqaruvi, mahalliy davlat hokimiyati organlarining axborot- kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish vositasida jismoniy va yuridik shaxslar bilan tezkor o‘zaro hamkorligini ta’minlash, shuningdek, davlat va xo‘jalik boshqaruvi, mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan ko‘rsatiladigan xizmatlardan keng foydalanilishini ta’minlash maqsadida, Vazirlar Mahkamasi tomonidan 2007-yil 23-avgustda «Davlat va xo‘jalik boshqaruvi, mahalliy davlat hokimiyati organlarining axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalangan holda yuridik va jismoniy shaxslar bilan o‘zaro hamkorligini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi 181-sonli Qarori qabul qilinib, u bilan axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalangan holda, interaktiv davlat xizmatlari to‘g‘risidagi nizom tasdiqlangan. Davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari faoliyati samaradorligini oshirish, davlat va jamiyat qurilishi sohasida zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan keng foydalanishni ta’minlash maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan 2012-yil 21-martda «Zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini yanada joriy qilish va rivojlantirish choralari to‘g‘risida» Qaror qabul qilindi. Unda davlat organlari, shuningdek, yuridik va jismoniy shaxslarning axborot tizimlarini bosqichma- bosqich integratsiya qilish asosida Milliy axborot tizimining shakllanishini ta’minlash, davlat organlari tomonidan funksiyalarini tezkorlik bilan va sifatli bajarilishini amalga oshirish imkonini beruvchi, ularning faoliyatini avtomatlashtiradigan axborot tizimlarini yaratish, interaktiv davlat xizmatlari sifatini yaxshilash va ularning ro‘yxatini kengaytirish, Milliy axborot tizimida axborot xavfsizligini ta’minlash va qator boshqa vazifalarni ko‘zlab axborot- kommunikatsiya texnologiyalarini yanada joriy qilish va rivojlantirishning asosiy vazifalari etib belgilangan. Mazkur sohada samarali huquqiy mexanizmning yaratilishi hamda joylarda sohaga oid qonun hujjatlari ijrosini ta’minlash iste’molchilarning barcha qatlamlari hamda jadallik bilan rivojlanib borayotgan zamonaviy kompyuter va axborot texnologiyalari talablariga mos tushadigan, tubdan yangilangan axborot- kommunikatsiya tarmoqlari vujudga kelishiga zamin yaratib, mamlakatimizda axborotlashtirish jarayonlarini jadallashtirish hamda O‘zbekistonni butunjahon axborot hamjamiyatida munosib o‘rin egallashiga xizmat qiladi. Jamiyatning axborot potensiyali. Axborot bozori va jamiyatning axborot potensiali. Bugungi rahbar va ijrochi o’zining ish o’rnida aniq ishlab chiqarish yoki bozor vaziyatini tahlil qilish uchun yetarli bo’lgan axborotlarni amalda bir zumda olishi mumkin. Axborot texnologiyalaridagi katta o’zgarishlar tufayli boshqaruv ishini tashkil qilishdagi bunday islohotlar amalga oshirilmoqda. Axborotlar oqimlarini rasmiylashtirish, ma’lumotlarni ishlab chiqish usullarini qo’llash, ma’lumotlar omborini taqdim etish - bularning barchasi hozirgi vaqtda amalga oshirishning butunlay yangi aniq usullarini o’zida jamlagan. Bozordagi vaziyat dasturiy - texnik mahsulotlarga to’lov talabining doimiy o’sishi uchun sharoitlar yaratdi. Har qanday firma, tashkilot hamda bankning birinchi ehtiyoji - ishlab chiqarish xo’jalik operatsiyalarini qayd etish, hisob ma’lumotlarini ishlab chiqish, hisobot, tizim va marketing axborotlarini 15 rasmiylashtirish, tartibga solishdan iborat bo’lib qolmoqda, bu esa texnik va dasturiy vositalarga, murakkab avtomatlashtirilgan axborot tizimlari va texnologiyalarga bo’lgan talabni kuchaytiradi. Axborot - kommunikatsiya texnologiyalari axborot resurslarini shakllan-tirish va ulardan foydalanish jarayonlarini tubdan o’zgartirib yuborib, quyidagilarni ta’minlamoqda: katta hajmdagi axborotlami ixcham holatda saqlash; axborotlarni tezkor izlab topish; uzoq masofada joylashgan resurslarga kirish imkoniyati; bitta axborot tashuvchisida turli axborotlarni saqlash; bibliografik va to’liq matnli ma’lumotlar bazalarini umumlashtirish; faktografik va bibliografik axborotlarni o’zida saqlovchi ma'lumotlar omborining paydo bo’lishi. Axborotli jarayonlarning sanoat asosiga o’tishi axborot sohasining rivojlanishini jadallashtirmoqda, dasturiy texnologiyalarni ishlab chiqish va tatbiq etish esa uni biznesning istiqbolli turlaridan biriga aylantirmoqda. Bularga xorijiy mamlakatlardan kompyuter texnikasi va dasturiy vositalarining yetkazib berilishi, ichki kompyuter bozorining vujudga kelishiga ko’maklashmoqda. Avtomatlashtirilgan axborot tizimlar va texnologiyalar samaradorligining mezonlarini shakllantirishga e’tibor berishda ham sezilarli siljishlar ro’y bermoqda. Agar ma’muriy - buyruqbozlik tizimlari sharoitlarida asosiy e’tibor axborotlarni mashinada ishlab chiqishning xarajatlarini aniqlashga qaratilgan bo’lsa, hozirda eng avvalo qarorlarni tez qabul qilish, tahliliy ma’lumotlarning haqiqiy jarayonlarga o’xshashligi darajasi, iqtisodiy - matematik usullar va modellardan aniq moliyaviy ishlab chiqarish vositalar tahlili uchun foydalanish imkoniyati faollashdi. Masalaning bunday qo’yilishi tadbirkorlik va xo’jalik yuritish amaliyotiga ilmiy tadqiqot nuqtai nazarlarini kiritadi, yangi ilmiy asoslangan qarorlar, yondashishlar va malakali xodimlarni talab qiladi. Bundan tashqari axborot - qolgan barcha resurslardan samarali foydalanish va ularning isrof qilmaslikka yordam beradigan yagona resurs sanaladi. Jamiyat rivojlanib borishi va texnologiyalarning murakkablashishi natijasida, axborot hajmi shunchalik ko’payib ketdiki, bu larayon boshqaruv sohasida axborotni qayta ishlash zaruriyatini yuzaga keltirdi. Boshqaruv ierarxiyasining paydo bo’lishi, tovar - pul munosabatlarining yuzaga kelishi hamda hisoblash mashinalarining yaratilishi boshqaruv uchun katta hajmdagi axborotlarni qayta ishlashda yuzaga keluvchi qiyinchiliklarni yengish imkonini berdi. Bugungi kunga kelib boshqaruv ierarxiyasining, tovar - pul munosabatlarining, hisoblash mashinalarining rivojlanishi shu darajaga yetdiki, endilikda axborot hajmi va murakkabligi axborot sanoatini yaratishni talab qilmoqda. Axborotlar miqdori mamlakatda milliy, iqtisodiyot, tarmoq, tashkilotlar rivojlanishini belgilaydi. Bundan tashqari axborot strategik resursga aylanmoqda, axborot resurslari esa uning muhim tarkibiy qismi hisoblanadi. Ushbu resursdan foydalanish hajmi yaqin kelajakda davlatlarning strategik imkoniyatlarini, jumladan, mudofaa qobiliyatini belgilab beradi deyishga asos bor. Hozirgi paytda axborot hajmining ortishi va uning murakkablik darajasining yuksalishi axborot industriyasini barpo etishni talab etmoqda. Axborot industriyasi mamlakatning rivojlanishini, tarmoqlar va tashkilotlar yuksalinishini belgilab beradi. Axborot resurslari tarkibiga quyidagilar kiradi: barcha axborot tashuvchilardagi oldin yaratilgan va joriy vaqtda tanlangan birlamchi hujjatlar; to’liq matnli ma’lumotlar ombori; kutubxonalar, axborot markazlari, arxivlar va boshqa tashkilotlar tomonidan yig’iladigan, chop etilgan va chop etilmagan birlamchi hujjatlar; yaratilgan bibliografik mahsulotlar; faktografik ma’lumotlar ombori; tahliliy mahsulotlar; axborot bozorida taqdim qilinayotgan xizmatlar; kompyuter tarmoqlari aloqalari; axborot tizimlarini yaratishni ta’minlab beradigan dasturiy va telekommunikatsiya tarmoqlarini rivojlantirish vositalari; axborot mahsulotlarini yaratuvchi, saqlovchi va foydalanuvchi tashkilotlar. Tashkilotning axborot resurslarini shakllantirish manbalari. Har qanday tashkilot u yoki bu tashqi muhitda faoliyat ko’rsatadi hamda ichki muhitni yuzaga keltiradi. Ichki muhit tashkilotning tuzilmaviy bo’linmalari va u yerda ishlovchi xodimlar orqali ularning texnologik, ijtimoiy, iqtisodiy va boshqa munosabatlarida shakllanadi. Yuzaga kelish manbaiga bog’liq holda tashkilot doirasidagi axborot resurslarini tashkil etuvchi ichki va tashqi axborotlar muhitlari mavjud. Ichki muhit axboroti odatda aniq bo’lib, xo’jalikning moliyaviy holatini to’liq aks ettiradi. Uni tahlil etish ko’pincha standart formallashgan protseduralar yordamida amalga oshiriladi. Tashqi muhit - tashkilotdan tashqarida bo’lgan iqtisodiy va siyosiy sub’yektlardir. Bu tashkilotning mijozlar, vositachilar, raqobatchilar, davlat organlari va hakozo bilan iqtisodiy, ijtimoiy, texnologik, siyosiy va boshqa munosabatlarini o’z ichiga oladi. Tashqi muhitdagi axborotlar ko’pincha taxminiy, noaniq, noto’liq, ziddiyatli, ehtimolli bo'ladi. Bu holatda ular nostandart qayta ishlash usullarini talab etadi. Tashkilot turli manbalardan quyidagi tashqi axborotlarni olishi mumkin: Iqtisodiyotning ahvoli haqida umumiy axborot. Manbalar: axborot - tahliliy materiallar, ixtisoslashgan ro’znomalar, jurnallar, Internet resurslari. Ixtisoslashgan iqtisodiy axborot: moliyaviy bozor bo’yicha. Tovarlar narxlari bo’yicha axborot. Manbalar: ixtisoslashgan jurnal va byulletenlar, kataloglar, Internet ma’lumotlar ombori. Maxsus axborot. Turli manbalar, jumladan, Internet, unda qidiruv tizimlaridan foydalaniladi. Davlat boshqarish organlari axborotlari (qonunlar, qarorlar, soliq organlari xabarlari va hokazo). Respublikamizda Internetda joylashgan axborot resurslaridan keng foydalanish kundan kunga kengayib bormoqda. Ulardan foydalanishni ta’minlab beradigan provayderlar soni va uzatuvchi kanallar tezligi ham yuksalib bormoqda. Har qanday resurslar kabi, axborot resurslarini ham boshqarish mumkin, lekin ularni miqdoriy va sifat jihatidan baholash metodologiyasi, ularga bo’lgan ehtiyojni oldindan belgilash hali ishlab chiqilmagan, shunga qaramay tashkilot darajasida axborot ehtiyojlarini o’rganish, axborot resurslarini rejalashtirish va boshqarish mumkin va zarur. Axborot resurslarini boshqarish deganda quyidagilar tushuniladi: boshqarish funksiyasi doirasida axborotga bo’lgan ehtiyojlarni baholash; tashkilotning hujjat aylanishini o’rganish, uni optimallash, hujjatlar turi va shakllarini standartlash, axborot va ma’lumotlarni to’plash; ma’lumotlar turlari nomunosibligini yengib o’tish; ma’lumotlami boshqarish tizimini yaratish. Jahon axborot bozorlari. Jahon bozoridagi axborotni asosiy sektorlari: Ishbilarmonlik axborot sektori (birja, moliyaviy, tijorat, iqtisodiy va statistik) quyidagilarni qamrab oladi: birjalar, birja va moliya axboroti maxsus xizmatlari, broker kompaniyalari beradigan qimmatbaho qog’ozlar, valyuta kurslari, hisob stavkalari va kotirovkalari, tovarlar va kapitallar bozorlari, investitsiyalar, narx - navolar haqidagi birja va moliyaviy axborot va hokazolarni; iqtisodiy va statistik axborotni - davlat xizmatlarini, shuningdek shu sohadagi tadqiqotlar, ishlanmalar va konsalting bilan band kompaniyalar taqdim etadigan dinamik, bashorat modellari va baholar ko’rinishidagi raqamli iqtisodiy, demografik va ijtimoiy axborotlarni; maxsus axborot xizmatlari beradigan iqtisodiyot va biznes sohasidagi yangiliklarni; kompaniyalar, firmalar, korporatsiyalarning asosiy faoliyat yo’nalishlari va ishlab chiqargan mahsulotlari, narxlari, moliyaviy ahvoli, aloqalari, oldi - sotdi bitimlari va rahbarlari haqidagi tijorat axborotini. Fan - texnika va maxsus axborot sektori. Fundamental va amaliy fanlarning barcha tarmoqlari, ta’lim, madaniyat va inson faoliyatining boshqa sohalaridagi bibliografik, referativ va ma’lumotnoma axborotini, kutubxona va ixtisoslashgan xizmat orqali boshlang’ich manbalarga bo’lishni, matnli ma’lumotlar, to’la hajmli nusxalar, mikrofilmlar, kasb bo’yicha axborot va xo’jalik mutaxassislari uchun maxsus ma’lumotlar olish imkoniyatini ta’minlashni qamrab oladi. Iste’molchilik axborot sektori yangiliklar xizmati va matbuot axboroti, ma'lumotnoma, adabiyotlar, qomuslar, ommaviy va qiziqarli axborotni qamrab oladiki, ulardan bo’sh vaqtda, uy sharoitida foydalaniladi. Bu sektor shuningdek, mahalliy yangiliklar, ob - havo, transport qatnovi jadvali va hokazolarni ham o’z ichiga oladi. Hozirgi paytda axborotlarni qanday tushunish haqida quyidagicha nuqtai nazarlar yuzaga kelgan: Axborot - milliy iqtisodiyotning barcha tarmoqlari iste’mol etuvchi zaxira bo’lib, energetika yoki foydali qazilmalar zaxiralari kabi ahamiyatga ega. Jamiyat rivojlangani sari iqtisodiyot, fan, texnika, texnologiya, madaniyat, san’at, tibbiyot kabilarning turli masalalari haqidagi mavjud ma’lumotlar, axborot zaxiralaridan foydalanishni tashkil etish intellektual va iqtisodiy hayotga tobora ko’proq ta’sir ko’rsatmoqda. Axborot - fan va texnika rivojlanishi natijalari haqidagi fan - texnika ma’lumotlari, bilimlari yig’indisidir. Boshqacha aytganda, axborot, mazkur talqinga binoan, fan - texnika faoliyati axborot xizmati tizimining maxsuli va “xomashyo”sidir. Axborot - axborot xizmati tizimlarida fan - texnika faoliyati va turli sohalarda kadrlar tayyorlashni shakllantiruvchi mahsulotlar yig’indisidir, ya’ni axborot zaxiralarini ishlab chiqarish va iste’mol etish faqat jamiyatning intellektual hayoti bilan cheklanadi. Ko’rinib turibdiki, bu talqinlardan birinchisi eng to’liq, axborotli jarayonlar ko’p qirraligini qamrab oluvchi tushunchani bermoqda. Chindan ham, axborotlashgan jamiyat va inson faoliyatining barcha sohalariga kirib bormoqda. Yuqorida qayd qilinganidek, jamiyatni axborotlashtirishda muhim tushunchalardan biri axborot zaxiralari tushunchasidir. Bu masala bo’yicha ko’plab asarlar e’lon qilingan. Umumiy holda axborotlarni quyidagicha tasniflash mumkin: Axborotlashgan jamiyat tushunchasi va uning mazmun mohiyati. Axborotlashgan jamiyat tushunchasi va uning mazmun-mohiyati. XX asrning oxiri - XXI asrning boshlarida dunyo xalqlarining ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy hayotda, shuningdek, tabiatda yuz berayotgan global o‘zgarishlar bugungi jamiyatni "Axborotlashgan jamiyat" deb atashga asos bo‘lmokda. Xo‘sh axborotlashgan jamiyat nima? Bu savolga o‘zbek tilida nashr etilgan adabiyotlarda: "Axborotlashgan jamiyat - ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish, eng avvalo, axborotni ishlab chikarish, unga "ishlov berish", saklash va jamiyat a’zolariga yetkazish bilan bog‘liq bo‘ladigan jamiyat" , "axborotlashgan jamiyat, ijtimoiy-iqtisodiy yo‘nalishda mehnat qiluvchilarning, fan va madaniyat vakillarining axborot, ayniqsa, uning oliy shakli bo‘lmish, dunyoviy bilimlar majmuini shakllantirish, yaratish, saklash, qayta ishlash va xalqaro bozorda sotishni amalga oshirish bilan mashg‘ul bo‘lgan jamiyatdir", "Axborotlashgan jamiyat - ko‘pchillik ishlovchilarning axborot, ayniqsa, uning oliy shakli bo‘lmish bilimlarni ishlab chiqarish, saklash, kayta ishlash va sotish-ni amalga oshirish bilan bog‘liq bo‘lgan jamiyatdir", - degan ta’rif-lar berilgan. Axborotlashgan jamiyatni ijtimoiy fenomen tarzda tushuntirib berish masalalari D.Bell, A.Toffler, M. Kastels, U.Rostou, P.Draker, J.Gelbreyt, F.Uebster, I.Masuda kabi olimlarning asarlarida mufassal bayon kilingan. «Axborolashgan jamiyat» atamasi dastlab Yaponiyada vujudga kelgan. Yapon faylasuf olimi Y.Xayashi 1969 yilda Yaponiya hukumatiga "Yaponiya axborotlashgan jamiyat bardamligi siyosatiga chizgilar", 1971 yili "Axborotlashgan jamiyat rejasi" kabi tadqiqotlarni takdim etdi. 1971 yildan boshlab mazkur tushuncha ilmiy jamoatchilik tomonidan keng ko‘llanila boshladi. Demak, axborotlashgan jamiyat tushunchasini birinchi bo‘lib fanga Tokio texnologik universitetining professori Y.Xayashi kiritgan. Uning fikricha, moddiy mahsulot emas, axbo- rotlashuv mahsuloti jamiyatning shakllantiruvchi va rivojlantiruvchi kuchiga aylanadi. Jamiyatni axborotlashtirish jarayoni bir-biri bilan bog‘liq bo‘lgan uch qismdan tarkib topadi: mediatizatsiya (lot.mediatus - vositachi) - axborot to‘plash, saqlash va tarqatish vositalarini takomillashtirish jarayoni; kompyuterlashtirish - axborot izlash va unga ishlov berish vositalarini takomillashtirish jarayoni; intellektualizatsiya - axborot yaratish va uni idrok etish qobiliyatini rivojlan- tirish, ya’ni jamiyatning intellektual salohiyatini oshirish, shu jumladan, sun’iy intellektdan foydalanish jarayoni. Umuman olganda, jamiyatni axborotlashtirishni zamonaviy axborot-texnika vositalari yordamida ijtimoiy tuzilma va jarayonlarni takomillashtirish deb talqin qilish lozim. Axborotlashtirish ijtimoiy intellektualizatsiya jarayonlari bilan uyg‘un holda bo‘lishi kerak. Zotan, bu shaxs va u yashayotgan axborot muhitining ijodiy salohiyatini oshirish imkonini beradi. Axborotlashgan jamiyat oldingi jamiyatlardan moddiy omillar bilan emas, balki ma’naviy omillar - bilim va axborot birinchi o‘rinda turishi bilan tubdan farq qiladi. Conclusion Jamiyatni axborotlashtirish ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish, eng avvalo axborotni ishlab chiqarib, unga “ishlov berish”, saqlash va jamiyat a'zolarga yetkazish bilan bog'liq bo'ladiganjamiyat. Shu jumladan axborotlashgan jamiyatda ko'pchilik ishlovchilarning oliy shakli ya'ni bilim ko'nikmalarini ishlab chiqarish, saqlash, qayta ishlash va sotishni amalga oshirish bilan bog'liq bol'gan jamiyat. Download 85.23 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling