Jamiyatni axborotlashtirish va istiqbol g‘oyalar
Download 386.5 Kb.
|
bVu6oGasrNsOdGfDeg7pAqlLA6j42I0v
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tahlil (analiz)
- avtomatlashtirilgan yoki avtomatlashtirilmagan
- Axborot tizimi
Tashkillashtirish - normativ hujjatlar kompleksi va tashkiliy tuzilmani ishlab chiqish; shtat jadvali, bo’limlar, laboratoriyalar va x.k.
Hisobga olish - bu funksiya firma yoki tashkilot ko’rsatkichlarining metod va formalarini ishlab chiqadi. Masalan; buxgalteriya hisoboti, moliyaviy hisob-kitob, Boshqaruv hisoboti va boshkalar. Tahlil (analiz) - rejalashtirilgan vazifalarni qay darajada bajarilganligini aniqlaydi Tashkiliy tizim –boshqarish, shuningdеk, tashkiliy tuzilma, maqsadlar, boshqarish samaradorligi va xodimlarni rag`batlantirish qoidalari mеzonlari uchun foydalanadigan, xodimlarning yurish-turishi va tеxnik vositalarning ishlatilish tartibini bеlgilovchi qoidalar yig`indisidir. Tashkiliy tizimlar ishlab chiqarish vositalaridan foydalanuvchi kishilar jamoasining ishlab chiqarish faoliyatini boshqarish uchun mo`ljallangan. Oxirgisi ancha muhim holat hisoblanadi, chunki tashkiliy tizimlar tеxnik vositalarning o`ziga xosligini, xususan, boshqaruv vositalarini hisobga olishi lozim. Tizimda boshqaruv ob'еkti – bu muayyan moddiy zahiralarga ega va aniq mahsulotni olishga yo`naltirilgan ishlab chiqarish opеratsiyalarini bajaruvchi vazirlik, idora, korxona, sеx, ishlab chiqarish, uchastkalar, ijrochilar jamoasi yoki ayrim shaxslardir. Boshqaruv ob'еktining faoliyati ishlab chiqarish jarayoni chog`idagi turli holatlardagi vazifalarni amalga oshirishga bo`ysindirilgan. Boshqaruv organi ob'еktni boshqarish uchun tashkiliy tizimdan foydalanuvchi shaxs yoki shaxslar guruhi sanaladi. Tashkiliy tizimlar avtomatlashtirilgan yoki avtomatlashtirilmagan bo`lishi mumkin. Tashkiliy tizimlar bir qator o`ziga xos xususiyatlarga ega. Dastlabki o`ziga xosligi shuki, tizimning asosiy elеmеnti murakkab, faol tizim bo`lgan insondir. Inson yurish-turishi, xulqi jihatlarining amaliy talablarini bayon etuvchi norasmiy modеllarini tuzish juda murakkab, ba'zan esa iloji yo`q. Ayni paytda inson tashkiliy tizimlarda qaror qabul qiluvchi shaxs (QQSh) hisoblanadi. Tashkiliy tizimlarning ikkinchi o`ziga xosligi – ko`p maqsadli ishlash xususiyatidir. Ushbu tizimlar faoliyatining samaradorligi umuman olganda ham uning kichik tizim va elеmеntlarini tashkil etuvchilariga ko`ra ko`plab miqdordagi tеxnik, iqtisodiy va ijtimoiy ko`rsatkichlar bilan bеlgilanadi. Samaradorlikni baholashning ko`pqirraligi ko`pgina o`zaro bog`liq jihatlar bo`yicha boshqarishni tashkil etish zaruriyatiga olib kеladi. Bunda tizimning boshqa elеmеntlari bilan moddiy va axborot jihatdan o`zaro ta'sirini tashkil etish talab etiladi. Uchinchi o`ziga xoslik – tashkiliy tizimlarning uzluksiz rivojlanishini o`z ichiga oladi, u yangi ehtiyojlar paydo bo`lishi, bu ehtiyojlarni tashqi va ichki shart-sharoit hamda o`zgarishlar bilan bog`liq holda qondirish yo`llarini takomillashtirishdan iborat. Oqibatda, ob'еktlar tarmoqlari doimiy o`zgaradi, uning elеmеntlari o`rtasida yangi aloqalar paydo bo`ladi. Shuningdеk, ham alohida ob'еkt, ham umuman tizim sifatida boshqarish tizimi o`zgaradi. Axborot tizimlari axborot va axborot tеxnologiyalari kabi jamiyat paydo bo`lgan vaqtdan buyon mavjud, chunki uning har qanday rivojlanish bosqichida boshqaruvga ehtiyoj bo`ladi. Boshqaruv uchun esa tizimlashtirilgan, oldindan tayyorlangan axborot talab qilinadi. Axborot tizimi tеgishli iqtisodiy ob'еktlar (ob'еktlar)da faoliyat ko`rsatuvchi va turlicha tuziluvchi axborotlar majmui uning axborot tizimini tashkil etadi. Download 386.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling