Jamiyatning falsafiy tahlili reja: 1
Download 82.5 Kb.
|
fayl 2
- Bu sahifa navigatsiya:
- Axborot va kommunikatsiya.
Ma'naviy kichik tizim. Odamlarning ma'naviy faoliyati jamiyat mavjudligining zaruriy shartidir. Odamlar ongli mavjudotlar bo‘lib, ular o‘z tafakkuri bilan ijtimoiylikning barcha ko‘rinishlarini anglab yetadi. Bu jarayonda olimlar, rassomlar, jurnalistlar, turli partiyalar va harakatlarning mafkurachilari va shu kabilarning ixtisoslashgan kasbiy ma'naviy faoliyati muhim rol o‘ynaydi. Ularning nisbatan mustaqil kasbiy faoliyati ijtimoiy hayotning turli jabhalariga xizmat ko‘rsatadi. Ma'naviy ishlab chiqarishda iqtisodiy kichik tizim qonuniyatlari, ya'ni jamiyatning xo‘jalik jarayonlari o‘rtasidagi takrorlanuvchi muhim-zaruriy bog‘lanishlar o‘ziga xos tarzda namoyon bo‘ladi. Ularning qatoriga ehtiyojlarning yuksalish qonuni, ijtimoiy takror ishlab chiqarish qonunlari, qiymat qonunini kiritish mumkin.
Jamiyat ma'naviy kichik tizimining vujudga kelishi rang-barang ijtimoiy va shaxsiy ma'naviy ehtiyojlar bilan belgilanadi. Ularning eng muhimlari – ma'rifiy, axloqiy, estetik, diniy ehtiyojlardir. Ularni qondirish axborot va kommunikatsiya turli vositalarining mavjudligini nazarda tutadi. Axborot va kommunikatsiya ham shaxs va jamiyatning muhim ma'naviy ehtiyojlaridan biri hisoblanadi. Ma'naviy muloqotga bo‘lgan ehtiyoj ma'naviy ehtiyojlar orasida alohida o‘rin egallaydi. Jamiyatda ma'naviy ishlab chiqarishning alohida tarmoqlari va institutlari asta-sekin vujudga keladi. Ular turli ma'naviy ehtiyojlarni qondirishni nazarda tutadi. Masalan, ilmiy institutlar va olimlarning turli-tuman birlashmalari tabiat, jamiyat va insonni o‘rganish bilan shug‘ullanadi va shu tariqa odamlar faoliyatini ilmiy jihatdan ta'minlaydi. Fanda ham ijtimoiy amaliyotga bevosita chiqish imkoniyatiga ega bo‘lmagan o‘z muammolari yuzaga keladi. Mazkur muammolarni yechish fan rivojlanishining sharti, uning ichki ehtiyoji hisoblanadi. Axborot va kommunikatsiya. Ma'naviy ishlab chiqarishning axborot almashinuviga bo‘lgan ehtiyojlarni qondirishga qaratilgan sohalari mavjud. Bu avvalo aholiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri axborot berish vositalaridir. Qadimda bular podsholarning farmonlarini maydonlarda o‘qib eshittirgan jarchilar, voizlar, shoirlar va baxshilar, masxarabozlar, teatr, shuningdek yozma adabiyot bo‘lgan. Keyinchalik, axborot texnika vositalari rivojlanishi bilan ma'naviy muloqotga bo‘lgan ehtiyojlar bosma nashrlar (kitoblar, gazetalar, jurnallar) bilan qondirilgan, so‘ng radio, kino, televidenie, ya'ni hozirgi ko‘rinishdagi ommaviy axborot vositalari (OAV) paydo bo‘lgan. Hozirgi sharoitda ommaviy axborot vositalari o‘z mahsulotini ishlab chiqaradigan va uni bozorda sotadigan sanoatning alohida tipidir. Ommaviy axborot vositalarining rivojlanishi odamlarning bevosita shaxsiy va kollektiv muloqotiga bo‘lgan ehtiyojga chek qo‘ymaydi. Mazkur ehtiyoj butunlay boshqa vositalar bilan va o‘zga sharoitda (uyda yoki teatrda, o‘quv auditoriyasida yoki yozishmalar orqali va h.k.) qondiriladi. Shunga qaramay ommaviy axborot vositalari hozirgi jamiyatda ma'naviy muloqotning muhim elementi hisoblanadi. Ilmiy adabiyotlarda va kundalik nutqda «axborot» va «kommunikatsiya» tushunchalari ko‘pincha sinonimlar sifatida ishlatiladi. Ammo ma'naviy muloqotning mazkur hodisalari amalda har xil ma'noni anglatadi. Axborot deganda yangi bilimni aks ettiradigan va mazkur axborotni idrok etuvchi shaxs yoki guruh xulq-atvorini o‘zgartiradigan xabar tushuniladi. Kommunikatsiya - g‘oyalar, qarashlar, baholar almashinuvini nazarda tutadigan ma'naviy muloqot turi. U odamlar o‘rtasida hamjihatlikning mavjudligi bilan belgilanadi. Insonga ta'lim va tarbiya berish ma'naviy ishlab chiqarishning alohida sohasi hisoblanadi. Jamiyatda ta'lim va tarbiya muassasalarining tarmoqlangan tizimi: , bolalar maktabgacha tarbiya muassasalari, maktab ta'limining turli-tuman shakllari: kollejlar, pansionatlar, internatlar oliy o‘quv yurtlari tashkil etiladi. Axloqiy va estetik tarbiya berish, dunyoqarashni shakllantirish o‘quvchilar ongida dunyoning ilmiy manzarasini shakllantirish yo‘li bilan, shuningdek san'at, falsafa va diniy muassasalar yordamida amalga oshiriladi. Tarbiyalash funksiyasini oila, do‘stlar va tanish-bilishlar davrasi, davlat muassasalari, huquqiy tartibot organlari, shuningdek ommaviy axborot vositalari bajaradi. Ijtimoiy ong ma'naviy kichik tizimning bosh bo‘g‘ini hisoblanadi. U bilimlar, g‘oyalar, qarashlar, fikrlar, dunyoqarashga doir mo‘ljallar, qadriyatlar va hokazolarning butun rang-barangligida namoyon bo‘ladi. Download 82.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling