Jamiyatning ijtimoiy siyosiy ma`naviy tizimi reja
Jamiyatning kelib chiqishini ilmiy tavsiflash borasidagi qarashlar
Download 77.5 Kb.
|
Jamiyatning falsafiy tahlili
Jamiyatning kelib chiqishini ilmiy tavsiflash borasidagi qarashlar. Bunday qarashlar mehnat va mehnat qurollari markscha nazariyasi doirasida amalga oshirilgan. Bu nazariyaga ko‘ra mehnat, so‘ngra burro nutq inson jamiyatini yaratgan. Inson hayotida mehnat qurollarining ahamiyatini rad etmagan holda, bu farazni tasdiqlovchi aniq ilmiy dalillarga duch kelmadik. Z.Freyd inson vijdonini uning kelib chiqish manbai deb hisoblagan. Etnografik tadqiqotlar bu farazni umuman tasdiqlamaydi. Y.Xeyzinga o‘yin va o‘yin faoliyatiga madaniyatning insonni shakllantiruvchi asosiy tamoyil sifatida qaraydi. Ernst Kassirer (1875-1945) ilgari surgan farazga ko‘ra, simvolik shakllar, ya'ni inson va uning ongi paydo bo‘lishini belgilagan ramzlar va belgilar madaniyatning turli shakllarini birlashtiruvchi oliy va universal tamoyil hisoblanadi. Kassirer fikriga ko‘ra, qadimgi ajdodlarimiz ularning yashab qolishini ta'minlovchi yetarli tabiiy kuchga ega bo‘lmagan. Inson o‘zining hayvonlar xulq-atvorini kuzatish va ularga taqlid qilish qobiliyati bilan yashab qolish imkoniyatini qo‘lga kiritgan. O‘z navbatida taqlidga asoslangan xulq-atvor ramziy belgilar, keyinchalik esa nutq vujudga kelishiga asos bo‘lgan.
To‘plangan tajribani belgilar tizimida qayd etish va avloddan-avlodga o‘tkazish qobiliyatining shakllanishi hayvonlar to‘dasi kishilik hamjamiyatiga aylanishining muhim omili bo‘lgan deb taxmin qilish mumkin. Bunday qobiliyatga hayvonlarning biron-bir turi ega emas. Namoyish etish, o‘rnak ko‘rsatish, taqiqlar va cheklashlar tizimi muloqotning nafaqat noverbal, balki asta-sekin shakllangan verbal vositalarida ham o‘z ifodasini topgan. Muloqot mehnat ko‘nikmalarini mustahkamlash, ovqat topish va unga ishlov berishni tartibga keltirish, o‘z jamoa harakatlarini muvofiqlashtirish imkonini bergan. Etnografik ma'lumotlar tajribani avloddan-avlodga o‘tkazish va jamoa faoliyati ko‘nikmalarini shakllantirish shakli sifatida o‘yin ulkan ahamiyat kasb etganidan dalolat beradi. Ma'lum taqiqlar orasida ovqatga doir xulq-atvor bilan bog‘liq taqiqlar, shuningdek seksual cheklashlar, avvalo yaqin qarindoshlar jinsiy aloqaga kirishishi – insestning taqiqlanishi ayniqsa ajralib turadi. Ular insoniyat kelajagi uchun olamshumul ahamiyat kasb etgan. Zero tartibsiz jinsiy aloqalar naslning buzilishiga olib kelishi mumkin bo‘lgan. Aslida, olingan tajriba yaqin qarindoshlar o‘rtasida nikohning taqiqlanishiga sabab bo‘lgan. Bu nikoh aloqalari tizimini tartibga solish, ularni qat'iy qayd etish, ayollar, qizlar, singillarni ayirboshlash, so‘ngra bu bilan o‘xshashlik bo‘yicha – oziq-ovqat, buyumlar, so‘z-belgilar ayirboshlashni yo‘lga qo‘yish imkonini bergan. Mazkur jarayonlar odamlar o‘rtasida muloqot, munosabatlar va xulq-atvor me'yorlari o‘rnatilishi va ularga rioya etish zarurligi anglab yetilishiga turtki bo‘lgan. Me'yorlarning mustahkamlanishiga mifologik va ilk diniy tasavvurlar hamda taqiqlar tizimi ko‘maklashgan. Jamoadan tashqarida yashab qolish imkoniyati mavjud emasligini anglagan jamoaning har bir a'zosi unda o‘rnatilgan kundalik xulq-atvor me'yorlariga rioya qilgan. Shunday qilib, jamiyat ishlab chiqarish va ko‘payish ehtiyojlari bilan belgilangan odatlar, me'yorlar va qadriyatlar bilan tartibga solinadigan odamlarning birgalikdagi faoliyati va ularning o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlar tizimi sifatida vujudga kelgan. Me'yorlar inson hayot faoliyatining barcha sohalariga nisbatan tatbiq etiladi, hamda madaniyat va sivilizatsiya vujudga kelishiga zamin hozirlaydi. Jamiyatda qanday o‘zgarishlar yuz bermasin, u odamzot bilan birga vujudga kelgan mazkur muhim tarkibiy elementlarni saqlab qoladi.
Download 77.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling