Jamiyatning ijtimoiy sohasi va davlatning ijtimoiy siyosati. Reja: Davlatnin ijtimoiy siyosati Narx-navoning o‘sishi


Download 19.38 Kb.
bet2/3
Sana17.06.2023
Hajmi19.38 Kb.
#1533579
1   2   3
Bog'liq
Jamiyatning ijtimoiy sohasi va davlatning ijtimoiy siyosati

2. Narx-navoning o‘sishi munosabati bilan ish haqining miqdorini qayta ko‘rib chiqishni ham aholini ijtimoiy himoyalash tadbirlari qatoriga kiritish zarur. 1991 yildan boshlab ish haqini oshirish to‘g‘risida yettita hujjat qabul qilindi. Shu maqsadlarga yarim trillion so‘mdan ko‘proq mablag‘ sarflandi. 1993 yilning yanvaridan boshlab respublikada barcha xodimlar uchun yagona tarif jadvali joriy etildi. Bu esa jami haq to‘lash tizimini tartibga solib, turli kasbdagi va toifadagi xodimlar ish haqi farqlarida xolisona nisbatni vujudga keltiribgina qolmay, shu bilan birga mehnatga haq to‘lashni eng kam miqdordagi ish haqi bilan qat’iy bog‘lashga imkon berdi. Mulkchilik shakli turlicha bo‘lgan korxonalarda ish haqining eng kam miqdorini pulning qadrsizlanishi darajasiga qarab qayta ko‘rib chiqish orqali hamma toifadagi xodimlarning mehnat haqi muntazam oshirilmoqda. Yagona tarif jadvali joriy etilgach, aholining ijtimoiy kafolatlari, avvalo mehnatga haq to‘lashning kafolati darajasi mustahkamlanadi.
Respublika chetdan sotib oladigan va buning uchun budjetdan mablag‘ ajratiladigan eng muhim oziq-ovqat turlarini belgilangan miqdorda sotishning joriy etilishi, shuningdek, boshqa mollarni kuponlar, cheklarga sotish joriy etilib, nisbatan arzon mollarning respublikadan tashqariga olib ketilishi imkoniyatining cheklab qo‘yilishi muhim ahamiyatga ega bo‘ldi.
Vaqtincha ish bilan ta’minlanmagan shaxslarga ijtimoiy madad berishga katta e’tibor qaratildi. Ish bilan ta’minlash to‘g‘risidagi qonunga muvofiq ishsizlarga maxsus nafaqa to‘landi, ularni qayta o‘qitish va yangi kasblarga o‘rgatish tashkil etildi. Hozir mehnat bozorini tartibga solishning respublika tizimini barpo etish asosan tugallandi. Davlat ish bilan ta’minlash xizmati tashkil etildi. Aholini ish bilan ta’minlash va ijtimoiy himoyalashga ko‘maklashuvchi jamg‘arma barpo etildi. Shaharlarda va tumanlarda 220 ta mehnat birjasi ishlab turibdi.
Budjetdagi kamomadga qaramay, ijtimoiy sohaning eng muhim tarmoqlari bo‘lmish sog‘liqni saqlash, ta’lim, jismoniy tarbiya va madaniyatning moddiy bazasini qo‘llab-quvvatlash va mustahkamlash choralari ko‘rilmoqda.
Iqtisodiy islohotlarning dastlabki bosqichida ishlab chiqilgan va amalga oshirilgan ijtimoiy siyosat o‘z oldiga qo‘yilgan barcha vazifalarni to‘la-to‘kis bajardi. Respublikada erkin narxga o‘tish amalda tugallandi va bu o‘tish aholi uchun "shok terapiyasi"ga nisbatan kamroq ijtimoiy larzalar bilan kechdi. Hozirgi vaqtda respublika aholisi ijtimoiy jihatdan ishonchli ravishda himoya qilingan bo‘lib, daromadlar miqdori, asosiy iste’mol ne’matlari va xizmatlardan foydalanish darajasi jihatidan boshqa respublikalarga ancha tenglashib qoldi, ba’zi jihatlardan esa o‘zib ham ketdi. O‘zbekistonda ish haqining va pensiyalarning eng kam miqdori boshqa respublikalarga nisbatan eng yuqori darajalardan birida turibdi.

Download 19.38 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling