Jamiyatning shahar, tuman filiallarida sayyor qabul o'tkazish to'g'risida


Download 238.34 Kb.
Sana06.02.2023
Hajmi238.34 Kb.
#1170246
Bog'liq
Фар сув буй (6)





Jamiyatning shahar, tuman filiallarida


sayyor qabul o'tkazish to'g'risida”

O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Administrasiyasining 2022 yil 26 sentabrdagi 07-2534-son topshirig'i xamda “O'zsuvta'minot” aksiyadorlik jamiyatining 2022 yil 6-maydagi 72-son buyrug'iga muvofiq, shahar(tuman) filial raxbarlari Xalq qabulxonalari bilan kelishilgan holda joriy yilning sentabr-noyabr oylarida sayyor qabul o'tkazilishini ta'minlash maqsadida


B U YU R A M A N:
1. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Administrasiyasining 2022 yil 26 sentabrdagi 07-2534-son topshirig'i va “O'zsuvta'minot” aksiyadorlik jamiyatining 2022 yil 27-sentabrdagi 146-son buyrug'i ijro uchun qabul qilinsin.
2. Jamiyatining shahar va tuman filiallari raxbarlari zimmasiga quyidagilarni nazarda tutuvchi tadbirlarning o'z vaqtida, to'liq va sifatli bajarilishini ta'minlash yuzasidan shaxsiy javobgarlik yuklansin:
- jamiyat direktor o'rinbosarlari va jismoniy va yuridik shaxslar murojaatlari bilan ishlash bo'limi bilan birgalikda shahar, tuman filiallari rahbarlari va Xalq qabulxonalari bilan kelishgan holda joriy yilning sentabr-noyabr oylarida o'tkaziladigan sayyor qabullar reja-jadvalini 2022 yilning 30 senyatbr kunigacha tasdiqlash va Jismoniy va yuridik shaxslar murojaatlari bilan ishlash va ijro nazorati bo'limiga (YU.Abdujaborova) taqdim etish;
- tasdiqlangan reja-jadval asosida sayyor qabullarni o'tkazish va ommaviy axborot vositalarida yoritib borish;
- qabullar davomida hududdagi dolzarb muammolarni hal etish yuzasidan tasdiqlangan “Yo'l xaritalari”, o'rta va uzoq muddatli dasturlarda ko'zda tutilgan tadbirlar ijrosi yuzasidan fuqarolar orasida tushuntirish ishlarini olib borish, ushbu masalalar bo'yicha ko'rgazma materiallar va slaydlardan keng foydalanish;
- SHahar va tuman bo'yicha o'tkazilgan sayyor qabullar yuzasidan xaftalik ma'lumotlarni jamiyatning Jismoniy va yuridik shaxslar murojaatlari bilan ishlash va ijro nazorati bo'limiga (YU.Abdujaborova) taqdim etish.
3. Joylarda har bir ommaviy qabulning samarali o'tishi va natijadorligiga, tuman va shahar filiallari rahbarlari shaxsan mas'ul etib belgilansin.
5. Jismoniy va yuridik shaxslar murojaatlari bilan ishlash va ijro nazorati bo'limi (YU.Abdujaborova) qabullar bo'yicha xaftalik ma'lumotlarni rahbariyatga kiritib borsin.
5. Axborot xizmati (A.O'tanboev) o'tkazilishi rejalashtirilayotgan ommaviy sayyor qabullarni asosiy natijalari, hududlarda aholini rozi qilish bo'yicha amalga oshirilgan ishlarni ommaviy axborot vositalari va ijtimoiy tarmoqlarda keng yoritilishini nazoratga olsin.
6. SHaxar va tuman filiallari rahbarlari Jismoniy va yuridik shaxslar murojaatlari bilan ishlash bo'limi birgalikda sayyor qabullar yakuni bo'yicha tahliliy ma'lumotlarni va muammolarni bartaraf etish yuzasidan takliflarni joriy yilning 30 noyabr kunigacha “Farg'ona suv ta'minoti” MCHJ raxbariga kiritsin.
7. Mazkur buyruqning bajarilishini nazorat qilish jamiyat direktori o'rinbosari E.Xamzaev xamda bosh muxandis I.Abdullaev zimmalariga yuklansin.

Farg'ona suv ta'minoti”


MCHJ direktori: M.SH.Yuldashev

Xuquqshunos:
Download 238.34 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling