Samarqand iqtisodiyot va servis instituti buxgalteriya hisobi va audit kafedrasi
Download 0.53 Mb.
|
akamning amalyot hisoboti
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA'LIM VAZIRLIGI SAMARQAND IQTISODIYOT VA SERVIS INSTITUTI BUXGALTERIYA HISOBI VA AUDIT KAFEDRASI Moliya va moliyaviy texnologiya ta'lim yo‘nalishi bo‘yicha 3-kurs MK-120 guruh talabasi Abdukarimov Mo’hsin Abdurayim o‘g‘lining 3 - KURS AMALIYOTI BO‘YIChA HISOBOTI «Xalq Banki» misolida Samarqand viloyati, Toyloq tumani Amaliyoti rahbari: USMONOV P SAMARQAND – 2023 Reja: Kirish Viloyat (tuman, shaxar) tijorat banki filiallarida ularning (tuman, shaxar) bo’limlari faoliyatlari bilan tanishish. Banklarni tashkiliy tuzilishi bilan tanishish va ular haqida kunikmaga ega bulish. Bank to’g’risidagi qonun va qonun osti xujjatlari haqida tasavvur ega bo’lish. Tijorat banki filialining kredit bo’limi faoliyati bilan tanishish va qisqa yoritib o’tish. Tijorat banki filialining valyuta operatsiyalari bo’limi faoliyati bilan tanishish va qisqa yoritib o’tish. Tijorat banki filialining ichki audit bo’limi faoliyati bilan tanishish. Banklarda moliyaviy nazoratning tashkil etilishi tartiblari bilan tanishish. Kirish Aksiyadorlik tijorat Xalq banki — O‘zbekiston dagi eng yirik moliya muassasalaridan biri. Bankning asosiy maqsadi — kompleks ravishda bank tizimini yaratish, aholidan bo‘sh pul mablag‘larini jalb qilish hamda aholini kreditlash va milliy iqtisodiyotning ustuvor tarmoqlarini rivojlantirish uchun kredit va investitsiya resurslarini ko‘paytirishdan iborat. Bankning markaziy ofisi Toshkent shahrida joylashgan. Bank o‘z salohiyatini barqarorlashtirish, aholining ishonchini qozonish, mamlakat bank xizmatlari bozoridagi o‘z mavqeyi va rolini mustahkamlash uchun barcha saʼy-harakatlarini safarbar etmoqda. Xalq banki missiyasi — bank faoliyatining yo‘nalishi va mazmunini belgilab beradi, hukumatning moliyaviy agenti vazifalarini bajarish, shuningdek, xalq farovonligi va umuman iqtisodiyotning o‘sishini taʼminlashdagi o‘rnini mustahkamlashga xizmat qiladi. Bank mijozlari — aholi va xo‘jalik yurituvchi subʼektlardir. Bank Tarixi Aksiyadorlik tijorat Xalq banki O‘zbekistonning eng qadimiy banklaridan biridir. Uning Toshkentdagi birlamchi jamg‘arma kassalari 1875-yilda tashkil etilgan. O‘zbekiston Respublikasi hukumatining 1995-yil 4-oktyabrdagi qaroriga asosan „O‘zjamg‘armabank“ davlat-tijorat Xalq banki etib qayta tuzilgan. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2015-yil 24-apreldagi „Aksiyadorlik jamiyatlarida zamonaviy korporativ boshqaruv uslublarini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida“gi PF-4720-sonli Farmoniga asosan bank nomi „Aksiyadorlik tijorat Xalq banki“ nomiga o‘zgartirilgan. Mustaqillik yillarida Xalq banki mamlakat iqtisodiyotining pul-kredit sohasidagi islohotlar jarayonida hukumatning moliya agenti sifatida faoliyat yuritib, zimmasiga yuklangan masʼuliyatli vazifalarni muvaffaqiyatli tarzda ado etib kelmoqda. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling