Жамиятнинг сиёсий ва ҳУҚУҚий тизими


Huquq – boshqaruvning ijtimoiy-siyosiy instituti sifatida


Download 73.22 Kb.
bet6/7
Sana04.04.2023
Hajmi73.22 Kb.
#1324881
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Falsafa (3)

4. Huquq – boshqaruvning ijtimoiy-siyosiy instituti sifatida
Huquqning vujudga kelishi haqidagi g‘oyalar davlatning kelib chiqishi haqidagi konsepsiyalar bilan mustahkam aloqadorlikda bо‘lib, albatta о‘ziga xos xususiyatlarga ega. Huquq tarkib topishi masalalari kо‘pincha huquqiy boshqaruv mexanizmi va huquqning tabiati, mohiyati va ahamiyati muammolari bilan birgalikda kо‘rib chiqiladi.
Huquq shunchalik darajadi о‘ziga xos, murakkab va ijtimoiy ahamiyatga molik hodisaki, unga bо‘lgan ilmiy qiziqishlar asrlar mobaynida nafaqat yо‘qolib, balki tobora kuchayib bormoqda. Huquqning о‘zi qanday hodisa ekanligi tо‘g‘risida kо‘plab ilmiy g‘oyalar, yо‘nalishlar va nuqtai nazarlar mavjud.
Hozirgi zamon fanida "huquq" iborasi bir necha mazmunda qо‘llaniladi.
Birinchidan, kishilarning muayyan da’volari (talablari) huquq deb ataladi, masalan
– yashash huquqi yoki yuqorida eslatib о‘tilgan xalqlarning о‘z taqdirini о‘zi belgilash huquqi. Bunday talablar insonning tabiati bilan belgilangan va "tabiiy"
huquqlar deb hisoblanadi. Tabiiy-huquqiy qarashlarning ibtidosi qadimgi dunyoga borib taqaladi: "Qonun kishilar hayotiga yordam berishga intiladi. Ammo bunga fuqarolarning о‘zlari baxtli yashashni xohlasalargina erishish mumkin; qonun unga bо‘ysunuvchilar uchun – ularning о‘z yaxshi fazilatlaridan dalolat xolos", - deb yozgan edi Demokrit. Tabiiy-huquqiy nazariyalar natijasida huquq va qonunni bir biridan farqlash imkoniyati vujudga keldi, ular huquq va axloqni konseptual jihatdan birlashtirishdi.
Ikkinchidan, huquq deganda yuridik normalar tizimi, ya’ni davlat tomonidan о‘rnatilgan umummajburiy qoidalar tushuniladi, ularning buzilishi esa yuridik javobgarlikni vujudga keltiradi (huquqning obyektiv ma’nosi). "Huquq" iborasi
"konstitusiyaviy huquq", "jinoyat huquqi", "xalqaro huquq" va shu kabi sо‘z birikmalarida aynan ana shu ma’noda ishlatiladi. "Huquq" iborasi shunday ma’noda kо‘plik shaklida ishlatilmaydi. Normativ huquq nazariyasining asoschisi 16
G.Kelzenning fikricha, huquq "asosiy norma" boshchilik qiluvchi iyerarxiyali
"piramida"ga о‘xshaydi. Bunday piramidada har qanday norma о‘z о‘rniga ega, uning yuridik kuchi о‘zidan yuqorida turuvchi normalarga buysunishi bilan belgilanadi. Huquqni ushbu nazariya doirasidagi hozirgi qarashlarni quyidagi sxema orqali aks ettirish mumkin:
Huquq – bu normativ aktlarda (tekstlarda) bayon etilgan о‘zaro bog‘liq va о‘zaro ta’sir etuvchi normalar tizimidir;
Huquq normalari davlat tomonidan chiqariladi, unda qonun darajasiga kо‘tarilgan davlat irodasi aks ettiriladi;
Huquq normalari eng muhim ijtimoiy munosabatlarni boshqaradi; Huquqning о‘zi va uning amalga oshirilishi zaruriy hollarda davlatning majbur etuvchi kuchi orqali ta’minlanadi;
Huquqiy munosabatlarning vujudga kelishi, huquqiy ongning tarkib topishi, huquqiy faoliyat normalarga bog‘liq bо‘ladi.
Uchinchidan, fuqarolarning yoki yuridik shaxslar (tashkilotlar) hatti-harakatining rasmiy tan olingan imkoniyati chegaralariga ham huquq deyiladi. Shu ma’noda, fuqarolar mehnat qilish, dam olish, sog‘lig‘ini saqlash, ijtimoiy ta’minot va shu kabi, tashkilotlar esa mulkka egalik, davlat va ijtimoiy hayotning muayyan sohasida faoliyat kо‘rsatish huquqlariga ega. Bu holatlarda huquqning subyektiv mazmuni haqida fikr yuritilmoqda, chunki bunda huquqning u yoki bu subyektiga tegishli huquq nazarda tutilmoqda. Asosiy huquq va erkinliklarning qonunchilikka nisbatan birlamchiligini ta’kidlaydigan tabiiy-huquqiy nazariyadan farqli ravishda pozitivizm deb atalgan qarash subyektiv huquqni davlat tomonidan tashkil etilgan obyektiv huquqqa bog‘lab qо‘yadi. Bu nazariyaga muvofiq jismoniy va yuridik shaxslar "pozitiv" huquqda, ya’ni davlat tomonidan о‘rnatilgan qonunchilikda belgilangan huquqlargagina egadir, bu huquqlar davlat tomonidan tan olingan va ularga "sovg‘a qilingan"dir. Pozitivizmda huquq va qonun bir biriga tenglashtiriladi.
Har qanday milliy huquqiy tizim ming-minglab yozma normalar yig‘indisidan iborat bо‘lgan g‘oyat yirik hodisadir. Shuning uchun huquqning u 17
yoki bu normalari tomonidan boshqariladigan ijtimoiy munosabatlar (huquqiy munosabatlar) mazmuniga bog‘liq holda hamda mо‘ljallashni osonlashtirish uchun huquq tizimlari sohalarga ajratiladi. Huquqni sohalarga ajratishning asosiy belgisi u yoki bu huquq sohasi boshqaradigan ijtimoiy munosabatlarning bir tarkibli ekanligidir. Masalan, fuqarolik huquqi mulkiy (mol-mulk, tovarlar va xizmatlar ishlab chiqarish va ulardan foydalanish va shu kabi) va u bilan bog‘liq nomulkiy (mualliflik huquqi, ism-sharifini, tasvirini, or-nomusini, qadr-qimmatini himoya qilish va shu kabi) munosabatlarni boshqaradi. Mehnat huquqi ish beruvchi va ishchining ish vaqti, mehnatga haq tо‘lash, mehnatning ishlab chiqarish va ijtimoiy sharoitlari bо‘yicha о‘zaro munosabatlarini boshqaradi. Jinoyat huquqi jismoniy shaxslarning qanday hatti-harakati jamiyat uchun xavfli ekanini aniqlaydi va ularni amalga oshirganlik uchun javobgarlik doirasini belgilab beradi.
Yuqorida aytilgandardan huquq umumijtimoiy mohiyatga ega ekanligi haqida xulosa chiqarish mumkin. U jamiyatning barcha a’zolari manfaatlariga xizmat qiladi, ijtimoiy aloqalarning rivoji, barqarorligii, tartibi va tashkiliyligini ta’minlaydi. Insonning huquqni qanday tushunishidan uning о‘z erkinligi chegaralarini tushunishi, demakki, uning о‘z huquqlari doirasidagi erkinligi, jamiyatning esa davlat shaklida ushbu erkinliklarning himoyasida turganligi ayon bо‘ladi. Huquq (subyektiv ma’noda) – bu oddiy erkinlik emas, balki kafolatlangan, tajovuzlardan himoyalangan erkinlikdir. Huquq sharofati bilan "yaxshilik" hayot normasiga aylanadi, "yomonlik" esa ana shu normaning buzilishi sifatida tushuniladi.
Shu bilan bir qatorda xalqaro huquq haqida ham bir necha og‘iz fikr bildirish lozim. U kо‘pincha "xalqaro munosabatlarni boshqaruvchi tamoyil va normalar yig‘indisi" sifatida ta’riflanadi. "Xalqaro huquq" iborasini ingliz mutafakkiri I.
Bentam (1748-1832) taklif etgan, u ushbu ibora davlatlarning о‘zaro aloqalarini (munosabatlarini) bildiradi, deb hisoblagan. Keyinchalik bu fikr yuristlar tomonidan qabul qilinib, xalqaro munosabatlar deganda faqat davlatlararo huquqiy aloqalar tushunila boshlagan. Hozirgi paytda esa xalqaro huquq boshqacharoq, kompleksroq tushunilishi kerak. Hozirgi xalqaro munosabatlar ijtimoiy hayotning 18
juda turli sohalarini – iqtisodiy almashuvlardan tortib sport musobaqalarigacha –
qamrab oladi. Ularning qatnashchilari ham turli-tuman, unda davlatlar, davlat birlashmalari va hatto oddiy individlar ham bor. Xalqaro hamjamiyatning xarakteristikasi ham noyobdir: qonunchilik, ijroiya va sud hokimiyatlariga bо‘linuvchi davlatlardan farqli ravishda xalqaro darajada ana shunday vazifalarni bajaradigan organlar yо‘q. Shuning uchun ana shu hamjamiyat a’zolarining munosabatlarini boshqaruvchi huquqiy normalar ham noyob va qaytarilmasdir.
Haqiqatan ham, xalqaro huquqning kо‘pchilik normalari jismoniy yoki yuridik
shaxslarning
emas,
davlatlarning
hatti-harakatini
boshqarishga
yо‘naltirilgan. Chunki aynan davlatlar jahon maydonidagi asosiy harakat qiluvchi kuchlarni tashkil etadilar. Biroq tarixiy taraqqiyot davomida birorta davlat yoki davlatlar guruhi jahon hamjamiyatiga о‘z irodasini "о‘tkaza" olmadi; aksincha, xalqaro ma’muriy munosabatlar ham uzuq-yuluq va nobarqarordir. Albatta, siyosiy va harbiy ittifoqlar tuzilishi shuni kо‘rsatadiki, u yoki bu davlatlar guruhining manfaatlari ular о‘rtasidagi о‘zaro munosabatlarning muayyan darajada о‘zaro muvofiqlashtirilishiga olib keladi. Ammo universal xalqaro hokimiyat tizimlari mavjud emas: hatto BMT Xavfsizlik Kengashi ham "butun jahon hokimiyati"
emas, bu tashkilotning Bosh Assambleyasi "umumjahon parlamenti" emas, Xalqaro Sudning qarorlari esa ham yuridik, ham siyosiy jihatdan chegaralangan.
Subyektlarning о‘zaro munosabatlari oxir-oqibatda vertikallik tamoyilga asoslanuvchi milliy huquqiy tizimlardan farqli ravishda xalqaro munosabatlar asosan gorizontal hisoblanadi. Xalqaro huquq uning mohiyatini ifodalovchi kamida uchta xarakterli xususiyatga ega:
Xalqaro-huquqiy boshqarish obyekti davlatlararo munosabatlar hisoblanadi.
Bu munosabatlar xalqaro huquqning obyektiv chegaralarini belgilab beradi. Milliy huquqiy tizimlar davlatlarning suveren tengligi tamoyili jihatidan ham, huquqiy tizimlarning turli-tumanligi uchun ham davlatlararo munosabatlarni boshqarishga qodir emas, albatta. Xuddi shuning uchun xalqaro normativ tizimlarning eng munozarali masalasi tug‘iladi: milliy va xalqaro huquqning normalari о‘zaro 19
qanday munosabatda bо‘ladi? Monistik4 qarash tarafdorlari milliy va xalqaro huquq bо‘linmasdir, chunki har qanday yuridik normalarning tabiati birdir, deyishadi. Dualistik qarash tarafdorlariesa, milliy va xalqaro huquqni bir-biridan ajratishadi, chunki ularning boshqarish obyektlari va ularga ta’sir etuvchi yuridik vositalar turlichadir. Milliy huquqning xalqaro huquqdan ustunligi5 tarafdorlari esa xalqaro va milliy huquq normalari о‘rtasidagi ziddiyatni milliy huquq foydasiga hal qiladilar. Nihoyat, hozirgi paytda keng tarqalgan qarashlardan yana biri xalqaro huquqni milliy huquqdan ustun qо‘yuvchi qarashdir. Ularning fikricha davlatlar xalqaro shartnomalarni imzolaydilar, bunda ular о‘z irodalariga kо‘ra xalqaro tamoyillarni tan oladilar, shuning uchun milliy huquq normalari xalqaro standartlarga moslashtirilishi kerak. Hozirgi paytda davlatlarning kо‘pchiligi ana shu
nuqtai
nazarni
yoqlab
chiqishmoqda.
О‘zbekiston
respublikasi
Konstitusiyasining Muqaddimasida ham "xalqaro huquqning umum e’tirof etilgan qoidalari ustunligi" mustahkamlab qо‘yilgan.
Xalqaro huquq subyektlari xalqaro huquqqa muvofiq huquq va majburiyatlarga ega bо‘lgan xalqaro munosabatlarning qatnashchilaridir. Xalqaro huquq subyektlarining huquq va majburiyatlari hajmi turlicha bо‘lgani sababli ular asosiy va maxsus subyektlarga ajratiladi:

XALQARO
HUQUQ


SUBYEKTLARI

ASOSIY


MAXSUS
Davlatlar

Davlatga


о‘xshash
tuzilmalar
(Vatikan:

4 Грекча "моно" – битта, миллий ва халқаро ҳуқуқнинг бирлиги тарафдорларига шундай дейилади.


5 Бу концепция вакиллари халқаро ҳуқуқнинг юридик кучини инкор этадилар. Уларни "халқаро-ҳуқуқий
нигилистлар" деб ҳам аташади.

20
Malta ordeni)


О‘z
taqdirini
о‘zi
xalqaro
nohukumat
belgilash
uchun
tashkilotlari
kо‘rashayotgan xalqlar
Xalqaro (hukumatlararo)
Xalqaro
Qizil
Xoch
tashkilotlar
Qо‘mitasi
Xalqaro
organlar
Transmilliy
(tribunallar,
sudlar,
korporatsiyalar
komissiyalar
va
boshqalar)

Urushayotgan


yoki
qо‘zg‘olon
kо‘targan
tomonlar

individlar

Xalqaro huquq uning asosiy subyektlari hisoblanuvchi ikki yoki undan ortiq tomonlarning о‘z xohish-irodasini (ochiq yoki sukut orqali) muvofiqlashtirishi bilan tuziladi. Maxsus subyektlarda (Vatikandan boshqa) xalqaro huquq normalari yaratish qobiliyati yо‘q. Xalqaro huquqning asosiy manbalari (amal qilish shakllari) xalqaro shartnoma va xalqaro odat (taomil) hisoblanadi.



Download 73.22 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling