Jamoa an'analari va ularni shakllantirish


Jamoada o’quvchilarni o’rtoqlik va do’stilik hissida tarbiyalash


Download 45.45 Kb.
bet3/10
Sana18.06.2023
Hajmi45.45 Kb.
#1577509
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
20-jamoa an\'analari va ularni shakllantirish

Jamoada o’quvchilarni o’rtoqlik va do’stilik hissida tarbiyalash Do’stlik – inson axloqining bebaho go’zalligi, ijobiy fazilatlar gavhari. Insondagi barcha go’zal fazilatlar bir marvarid shodasi bo’lsa, uning dur-gavhari chin insoniy muhabbatga asoslangan do’stlikdir, Do’stlik tufayli xonadonimiz obod, dunyoda tinchlik va dasturxonimizda to’kinlik hukmron. SHuning uchun ham dono kishilar hamma jamiyatda ham do’stlikni ulug’lab, qadrlab kelganlar va odamlarni do’st bo’lib yashashga, ko’proq do’st orttirishga undaganlar.
Payg’ambarimiz Muhammad mustafo sallollohu alayhi vassalam hadislaridan birida: «Bir-biringizga hayr-ehsonli, mehr-muhabbatli bo’lib, qo’l berib so’rashib yuringlar, shunda dillaringizdagi g’illu g’amlik ketadi»,- deganlar.
Do’stlik insonning kuchiga kuch, qudratiga qudrat qo’shadigan, kishini baxtli qiladigan, hayotini bezaydigan eng muhim omillardandir.
Xalqimiz o’rtasida do’stlik munosabatlariga bag’ishlab juda ko’p hikmatlm so’zlar yaratilganki, ular orqali do’stlikning kishi hayotida tutgan o’rni ifoda etilgan. Jumladan:
«Qora kuningda do’sting yaraydi».
«Do’st achitib, dushman kuldirib gapirar».
«Qoqilganingda do’sting suyab qoladi».
«O’zini siylamagan, o’rtoqlarini ham siylamas».
«O’zingni qurbon qilib bo’lsa ham, o’rtoqlaringni saqlab qol».
«Kuning quvnoq o’tishini istasang, o’rtoqlaring bilan bo’l».
«Ulfat qancha ko’p bo’lsa, kulfat shuncha oz bo’ladi».
«Aqli ko’pni dov olmas, do’sti ko’pni yov olmas».
«Yaxshilar bo’lsa o’rtoq, kunda bo’lurlar qo’noq».
«CHin do’st chin yurakdan so’zlaydi».
«Arpa, bug’doy bir kuninga yaraydi, sodiq do’sting o’lguningcha yaraydi».
«Qalin o’rtoq – qarindoshdan ortiq».
«Yaxshi do’st davlat».
«Yaxshi libos – tanga oroyish, yaxshi yo’ldosh jonga osoyish».
Bu purma’no hikmatli so’zlarda el-ulusning bir umrli orzu-umidlari yashaydi. Mazkur hikmatli so’zlarda do’stlik va o’rtoqlikka xos bo’lgan eng yaxshi hislatlar ifodalanganki, biz o’z hayotimizda ularga har qadamda duch kelib turamiz.
Do’stlik-birodarlikning eng yaxshi hislatlaridan biri kishilarga mehr-shafqatli bo’lishni anglatadi.
Masalan, bir sinfda o’qiydigan o’rtoqlarimizdan biri betob bo’lib qoldi yoki xonadonida biror ko’ngilsizlik ro’y berdi deylik, shunday paytda darhol hol-ahvol so’rab, dardiga malham bo’la olsak, nur ustiga a’lo nur bo’ladi. Buning natijasida kishilar o’rtasida yaqinliq mehr-oqibat ortib boradi.
Do’stlikka xos bo’lgan yana bir hislat o’zaro yordam hisoblanadi. Biz o’qishda, mehnatda, jamoat ishlarida o’rtoqlarimizdan yordamimizni ayamasligimiz kerak.
Do’stlik, o’rtoqlik rishtalarining bog’lanishi va mstahkamlanishini ta’minlovchi birmuncha xislatlar bor. Jumladan, rostgo’ylik, bir-birini o’zaro hurmat qilish va sirdosh bo’lish, o’rtoqlarga doimo g’amxo’r bo’lish kabilarni o’z vaqtida amalga oshirib borsak, bizning o’rtoqligimiz ortib, haqiqiy do’stlik darajasiga ko’tarila oladi, shuning uchun ham do’stlik o’rtoqlikning oliy shaklidir, deb yuritiladi, chunki do’stlik avvalo o’rtoqlikdan boshlanadi. Kishi o’z o’rtoqlaridan birini boshqalardan ortikroq sevadi. Uni boshqalardan ko’proq hurmat qiladi, unga nisbatan o’z moyilligini amalda ko’rsatishga tirishadi. Ikkinchi tomon ham bu hurmatga hurmat bilan javob berishi ayni muddao bo’ladi. Do’stlar doimo bir-birlaridan maslahat oladilar, bir-birlarnga muntazam yordamlashib turadilar, moddiy va ma’naviy jihatdan bir-birlarini qo’llab-qo’vvatlaydilar. SHunday qilib, avvalgi oddiy o’rtoqlar keyinchalik yaqin do’st bo’lib ketadilar.
Do’stlikni tor ma’noda, ya’ni ikki kishi orasidagi aloqadangina iborat, deb tushunmaslik darkor. Do’stlik tushunchasi ijtimoiy ahamiyatga ega bo’lib, million-million kishilarning ahil yashashi, iqtisodiy, siyosiy va madaniy sohalarda hamjihatligini bildiradi. Hozir ham, bundan avval ham yer kurrasi xalqlari orasidagi baynalmilal do’stlik jahon ahamiyatiga ega bo’lgan, bundan keyin ham shunday bo’lib qoladi.
Do’stlik – oltindan qimmat, pul bilan o’lchab bo’lmaydigan bebaho narsa. Do’stlikni saqlash yer yuzidagi barcha xalqlarning, katta-yu kichik – hammaning hayotiy vazifasidir.
Yuqorida aytib o’tganimizdek, do’stlik avval ikki kishi orasida boshlanib, ko’payib, kengayib boradi va ijtimoiy tus oladi. Do’st orttirish hamma yoshda ham zarur, lekin yoshlikda boshlangan do’stlikning ildizi juda chuqur va mustahkam bo’ladi. SHuning uchun ham yoshlarimiz iloji boricha ko’proq do’st orttirishlari va bir-birlari bnlan ahil yashamoqlari kerak. Do’stlik shirin suhanlikdan boshlanadi va xushmuomalalik, ochiq ko’ngillilik, mehr-sadoqat bilan mustahkamlanib boradi. Yengiltaklik, jizzakilik, ig’gvo-bo’htonga berilish va o’zaro hurmatning yo’qolib borishi do’stlikka rahna soladi, uning yemirilishiga olib keladi. Do’stlik o’rnini dushmanlik, g’arazgo’ylik egallaydi.
Ota-bobolarimiz do’stlikni yuqori darajada qadrlashgan. Do’sti yo’q odamni qurigan daraxtga, jisman mavjud bo’lsa ham qalbini o’lik murdaga o’xshatishgan. Do’sti ko’p odamni hurmat qilishgan. Do’st orttirish uchun mehnat qilish, birovlarning yukini ko’tarib mushkulini oson qilish kerakligini uqtirishgan.

Download 45.45 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling