Yer yuzidagi barcha xalqlarning o’z ona tili bor. Hozirgi davrda dunyoda 2500 dan 5000tagacha til borligi ma’lum


Download 16.52 Kb.
bet1/3
Sana16.06.2023
Hajmi16.52 Kb.
#1503582
  1   2   3
Bog'liq
ma\'ruzalar


Yer yuzidagi barcha xalqlarning o’z ona tili bor. Hozirgi davrda dunyoda 2500 dan 5000tagacha til borligi ma’lum.
Til- insonlar orasidagi eng muhim aloqa vositasi, insonlarning bir-biri bilan doimiy fikr almashishga xizmat qiladigan, ularning ichki olamini ifoda etadigan ilohiy ne’mat.
Buyuk shoir bobomiz Alisher Navoiy so’zning go’zal, nafisligi va inson ruhiyatiga ta’sirini shunday tasvirlagan edi:
Til va ko’ngilxo’broq a’zodir insonda... Til- nutqning asosidir, agar nutq nopisand zohir bo’lsa, tilning ofatidir...”
O'zbekiston Respublikasining davlat tili-o’zbek tilidir. 1989 yil 21-oktabrda o’zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan. Biz bu kunni katta quvonch va iftixor bilan bayram qilishga haqlimiz.1995-yil 21-dekabrda Respublikamiz Oliy kengashi tomonidan yangi tahrirdagi "Davlat tili haqida"-gi qonun qabul qilindi.
O’zbek tili dunyodagi eng qadimiy va boy tillardan biri bo’lib, Alisher Navoiyning “Xamsa”, Bobur Mirzoning “Boburnoma” kabi ulkan asarlari Sakkokiy, Atoiy,Lutfiy, Mashrab, Ogahiy, Nodira singarimumtoz shoirlarimizning she’rlari, Abdulla Qodiriyning “O’tgan kunlar” romani ”Alpomish” dostoni va boshqa ko’plab dunyo miqyosidagi tan olingan kitoblar aynan shu tilda yozilgan.Shuning uchun biz ona tilimizni yuksak qadrlashimiz, o’zaro gaplashganda til odobiga rioya etishimiz lozim.
O’zbek tili shunday buyuk til ekan, unda gaplashish, uning go’zalligi va qudratini his etish va u orqali ajdodlarimiz ruhini sezib biz uchun katta baxtdir.
Ona tilim”
Do’stga do’st-u dugona tilim,
Begonaga begona tilim.
Beshigimda yagona tilim,
Ona tilim.
Lug’otit-turk”,”Qutadg’u bilig”-
O’zbegimni o’stirgan ilik,
Odamiyga odamgarchilik
Ona tilim.
Qizlariday iffatli, tilim,
Qardoshiga izzatli, tilim.

Download 16.52 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling