Tayanch tushunchalar Bahs deganda, ko‘pincha, shaxslararo qarama-qarshiliklar va ularni yechishga intilish jarayoni tushuniladi. Polemika esa, qarama-qarshi tomonlar g‘oyalarining to‘qnashuvidir. Debat — muayyan yig‘ilishlarda qarorlar qabul qilish, fikrlar almashish jarayoni hisoblanadi. Disput — bahslashish, muammoni oydinlashtirish va hukm chiqarish- dan iborat jarayondir. Disput ochiq munozara hamdir. O‘quv jarayonida munozara Disput ochiq munozara hamdir. O‘quv jarayonida munozara metodini qo‘llash muammoli ta’lim uchun keng imkoniyatlar yaratadi. Bu jarayonda o‘quv dasturi materiallarini o‘zlashtirish samaradorligi ortadi. Agar o‘quvchilar an’anaviy ta’lim jarayonida o‘qituvchilar hamda darsliklardan tayyor bilimlarni olsalar va ulardan bilish vazifalarini yechish talab etilsa, o‘quv munozarasi davomida muayyan bilimlarni egallash uchun mustaqil izlanadilar va fikrlaydilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |