Jamoa ishida huquqshunos-liderning roli


Download 0.54 Mb.
Sana16.06.2023
Hajmi0.54 Mb.
#1515904
Bog'liq
13-mavzu. Slaydlar.


Jamoa ishida huquqshunos-liderning roli.

Sobirov M.R


1.Haqiqiy lider qanday bo’lishi kerak?
2. Jamoa ishi muvaffaqiyatining muhim omillari.

Komanda (jamoa)da jamoa a’zolarining rollarini aniqlash uchun Belbin testi mavjuddir.

Komanda (jamoa)da jamoa a’zolarining rollarini aniqlash uchun Belbin testi mavjuddir.

Jamoalar boshqaruvi bo’yicha izlanishlar olib borgan britaniyalik sotsiolog Raymond Meredith Belbin o’tkazgan tadqiqot natijalariga ko’ra, shaxslarning fazilatlari va sifatiga qarab bajaradigan quyidagi 8 turdagi rollari aniqlangan:

Shakllantiruvchi:


shaxs sifatida jamoa a’zosi jamoaning diqqati chalg’imasligi va harakatda davom etishini ta’minlash yo’lidagi barcha choralarni ko’radi.

Muvofiqlashtiruvchi (Koordinator):

Muvofiqlashtiruvchi sifatida jamoa a’zosi jamoa maqsadlariga hammaning diqqatini jalb etishi va vazifalarni tegishli tarzda taqsimlanishiga e’tibor qaratadi.

Yaratuvchi:


Yaratuvchi sifatida jamoa a’zosi yuqori darajadagi ijodkorlik, topqirlik xususiyatlariga, muammolarni noan’anaviy yo’llar bilan hal etish ko’nikmalariga ega bo’ladi.

Resurslar tadqiqotchisi:


Resurslar tadqiqotchisi sifatida jamoa a’zosi, qiziquvchanlik xarakteridan kelib chiqib, jamoaga yangi g’oyalar beradi, a’zolardagi mavjud imkoniyatlarni ishda qo’llash uchun “uyg’otadi”.

Monitor – baholovchi:

Monitor – baholovchi sifatida jamoa a’zosi, zarur payt xolisona qaror chiqargan holda, guruhni mantiqiy xulosalar bilan ta’minlaydi, jamoa imkoniyatlarini xolis baholaydi, yangi imkoniyatlarni ko’rsatadi.

Bajaruvchi:

Bajaruvchi sifatida jamoa a’zosi, samarali strategiyani rejalashtirishda ishtirok etishi va uni samarali amalga oshiruvchisi bo’ladi.

Jamoa ishchisi:


Jamoa ishchisi sifatida jamoa a’zosining universalligi jamoaning kerakli ishini aniqlab, uni jamoa nomidan bajarishida qo’l keladi.

To’ldirib yakunlovchi:


To’ldirib yakunlovchisi sifatida jamoa a’zosi, topshiriqlarning eng so’ngida sifatni nazorat qilib, xatolarni to’g’rilab, natijani eng yuqori standartga olib chiqishga yordam beradi.

Haqiqiy lider qanday bo’lishi kerak?


Haqiqiy lider (etakchi) qanday bo’lishi kerak?
Etakchilikning asosiy ko’nikmalari nimalarda namoyon bo’ladi?
Ko’pchilik hammadan oldindagi shaxs rahbar yoki lider bo’lishni obro’li ish deb hisoblaydi. Ammo ular odamlar ergashishga intiladigan va unga o’xshash bo’lishni xohlaydigan haqiqiy rahbar qanday bo’lishi kerakligi, qanday fazilatlarga ega bo’lishi lozimligini yaxshi bilishmaydi.
Jamoa lideri, go’yo mayoq kabi, unga ishonadigan odamlarga qaerga harakatlanishni ko’rsatib turuvchi shaxs bo’lib, unga ishonganlarga qaerga borish kerakligini ko’rsatuvchi jamoa a’zosidir.
KIM LIDER ...
Keng ko’lamdagi qiziqishlarga ega bo’lgan, teran fikrlaydigan, birinchi navbatda, boshqalarning shaxsiy o’sishi, rivojlanishi va o’zo’zini anglashi uni qiziqtiradigan inson jamoa lideri bo’la oladi.
Jamoa lideriga xos bo’lgan asosiy sifatlar quyidagilardir:
O’z maqsadini yaxshilab tushuna olish;
O’z-o’zini nazorat qilish va intuitsiyasiga quloq solish;
O’zini adekvat baholash;
Tavakkalchilikdan qo’rqmaslik va unga doimo tayyor bo’lish;
Halollik va ishonchlilik;

Jamoa lideriga xos bo’lgan asosiy sifatlar quyidagilardir:


Motivatsion faollik va adekvat tashabbuskorlik;
Faol hayot kechirish;
Odamlarni jamoaga jamlay olish qobiliyati;
Jamoa vazifalarini tezda hal qilish uchun ishni tashkillashtirish va jamoani rag’batlantirish qobiliyati;
Jamoa lideriga xos bo’lgan asosiy sifatlar quyidagilardir:
Har qanday vaziyatda tezlik bilan harakat qilish qobiliyati;
Qiyin paytlarda jamoa a’zolariga yordam berish va ularni qo’llab-quvvatlashga tayyor bo’lish
E’tiborlaringiz uchun tashakkur.
Download 0.54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling