Arnold Toynbining Lokal sivilizatsiyalar nazariyasi “Tarixni tushunish” kitobi Reja


Download 48.96 Kb.
bet1/13
Sana02.01.2022
Hajmi48.96 Kb.
#201396
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
Arnold toynbi


Arnold Toynbining Lokal sivilizatsiyalar nazariyasi “Tarixni tushunish” kitobi

Reja:

  1. Sivilizasiyalar inqirozi

  2. Tarix tadqiqoti” asari

  3. Ijtimoiy tizimdagi ixtilof

  4. Ichki proletariat. Ellin timsoli

  5. Hukmdor tanlagan dinga sig‘inasan

  6. Universal davlatlar

  7. Cherkov va sivilizasiya

  8. Zamonaviy g‘arb va islom olami

  9. Yangi davr g‘arbi va zamonaviy sivilizasiyalar to‘qnashuvi

  10. Muvaffaqiyatli bosimning ijtimoiy oqibatlari

  11. Tarixda qonun va erkinlik

  12. Hozirgi G‘arb jamiyatining ishlab chiqarish faoliyati

  13. Milliy davlatlarning raqobati: siyosiy muvozanat

Xulosa

Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati

Buyuk britaniyalik mashhur tarixchi olim, faylasuf, sotsiolog va siyosatshunos Arnold Jozef Toynbi (1889-1975)ning o‘n ikki jildli “Tarix tadqiqoti” asari jahonning o‘nlab tillariga tarjima qilingan. Muallif mazkur asarni 1927 yil yoza boshlagan va 1966 yil yakunlagan.

A.Toynbining tadqiqot usuli o‘ziga xos. Olim insoniyat tarixini tsivilizatsiyalar tarixi sifatida o‘rganadi va talqin qiladi. Muayyan bir davlat yoki xalq tarixini o‘sha mamlakat yoki millatning qaysi tsivilizatsiyaga mansubligi nuqtai nazaridan tadqiq etadi. Sivilizatsiyaning paydo bo‘lishi, rivojlanishi, inqirozini ichki va tashqi ta’sirlar asosida tahlil qilar ekan, bu jarayonlarga faylasuf dunyoqarashi bilan yondoshadi. Voqealar rivoji ko‘plab tarixiy hodisalar, davlatlar, sulolalar va shaxslar faoliyati misolida o‘rganilar ekan, jarayon silsilasi tadrijiylik, davriylik, ketma-ketlik unsurlaridan xoli bo‘lganligi bois ham asar tili, bayoni o‘quvchida dastlab biroz murakkabdek taassurot uyg‘otadi. Biroq asarning ichi va ruhiga kirib borganingiz sayin, go‘yo kitob qulfiga kalit topgandek bo‘lasiz. Shu bois, ko‘plab tarixchi va faylasuflar A.Toynbi tarix tadqiqida o‘ziga xos kontseptsiya va usul yaratganligini alohida ta’kidlab o‘tishadi.

Olim keskin iqlim, qo‘shni jamiyatlarning hamlasi, tashqi kuchlarning bosimi va jamiyat ichida yaratuvchilik, ijodkorlik, aniq maqsad sari intilishga qaratilgan hayotiy quvvatning yo‘qolishini tsivilizatsiyalarga tahdid deb hisoblaydi.

A.Toynbi, o‘n ikki jildli kitobining qisqacha mazmuni, asosiy g‘oya va xulosalari asosida bir jildli variantini ham tayyorlagan. Quyida ana shu kitobning 2009 yilgi nashri asosida ayrim boblarni e’tiboringizga havola etamiz.


Download 48.96 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling