2.10. Xodim bilan tuzilgan mehnat shartnomasi uni tomonlar imzolagan paytdan boshlab kuchga kiradi.
2.11. Mehnat shartnomasi tuzilganidan keyin ish beruvchi shartnomasini mazmuniga aniq muvofiqlikda ishga qabul qilish to‘g‘risida buyruq chiqaradi va xodimga imzo qo‘ydirilgan holda undan xabardor qiladi.
2.12. Ish beruvchi quyidagi hollarda ishga qabul qilishdan bosh tortishga haqli emas:
ish beruvchining o‘zi tomonidan ishga qabul qilingan shaxslarni;
nogironlarni, 18 yoshdan yosh bo‘lgan shaxslarni va Davlat hokimiyati organi tomonidan muassasaga belgilangan eng kam miqdordagi ish o‘rinlari hisobiga ishga mahalliy mehnat organlari yuborgan shaxslarni;
homilador ayollarni va 3 yoshdagi bolalari bo‘lgan ayollarni.
2.13. Xodim ish beruvchidan ishga qabul qilish rad etilganligining sabablarini yozma ravishda asoslab berishni talab qilishga xaqlidir.
2.14. Ishga qabul qilish paytida mehnat shartnomasida dastlabki sinov to‘g‘risidagi shart tasdiqlanishi mumkin. Dastlabki sinov muddati 3 oydan oshmaydi. Agar tomonlar tarafidan belgilangan sinov muddati tugaguniga qadar tomonlarning birontasi mehnat shartnomasini bekor qilish to‘g‘risidagi bayonot bermasa, shartnomasining amal qilishi davom etadi.
Quyidagilarga nisbatan sinov muddatli belgilashga yo‘l ko‘yilmaydi:
- homilador ayollar, 3 yoshgacha bolasi bor ayollarga;
- 12 yoshga to‘lmagan 4 nafar hamda 16 yoshga to‘lmagan nogiron farzandi bor ayollarga;
- mehnat organi tomonidan yuborilgan shaxslarga;
- 6 oygacha mehnat shartnomasi tuzilgan shaxslarga;
- boshqa ishga o‘tkazilayotgan xodimlarga.
2.15. Ishga birinchi marta tushgan va muassasada 5 kundan ortiq ishlagan shaxslarga ish beruvchi mehnat daftarchalarini yuritishi shart, o‘rindoshlar bundan mustasno.
Kadrlar bo‘limining xodimlari 7 kundan kechiktirmay xodimning mehnat daftarchasiga tegishli yozuvni kiritishlari va shaxsiy varaqa, T-2 shaklidagi o‘zgarishlarni mehnat daftarchasidagi yozuv bilan aniq muvofiqligini xodimga tanishtirishlari shart.
2.16. Quyidagi hollarda va tartibda ish beruvchining yoki xodimning talabiga ko‘ra mehnat shartlarini o‘zgartirishga yo‘l ko‘yiladi:
- ish beruvchi, agar mehnat shartlarini saqlanishi imkoni bo‘lmasa;
- xodimlar sonini o‘zgartirishga olib kelgan ishlar hajmini qisqartirilishidagi o‘zgarishlar belgilangan bo‘lsa;
Mehnat shartlarini keyingi o‘zgarishlari to‘g‘risida xodim kamida 2 oy oldin yozma ravishda, tilxat bergan holda ogohlantirilishi kerak. Bu muddatni qisqartirishga faqat xodimning roziligi bilan yo‘l qo‘yiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |