2.27. Ish beruvchi xodimning aybli xatti-harakatlar qilgan taqdirda u bilan mehnat shartnomasini quyidagi asoslar bo‘yicha bekor qilishga haqlidir (100-modda):
xodimning o‘zining mehnat majburiyatlarini muntazam ravishda "buzib” kelganligi uchun;
xodimning o‘zining mehnat majburiyatlarini bir marta qo‘pol ravishda buzganligi uchun.
2.28. Bir marta buzganlik uchun mehnat shartnomasini bekor qilish mumkin bo‘lgan qo‘pol buzishlarga quyidagilar kiradi:
- ijro intizomini buzish (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmonlari, Farmoyishlari O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining Qarorlari, Yuqori organ hokimlik va ish beruvchining qarorlarida qo‘yilgan vazifalarini amalga oshirishni ta’minlamaganlik);
- ishda uzrsiz sabablar bilan 3 soat mobaynida bo‘lmaslik;
- ishga alkogollik ichimliklar, giyohvandlik vositalarini iste’mol qilib kelish, buni guvohlarning ko‘rsatmalari va tibbiy hulosa tasdiqlangan bo‘lsa;
- tarbiyalanuvchi va boshqa xodimlar ota-onalarning shaxsiga tegadigan haqoratlash va boshqa harakatlar;
- ish joyida muassasaning mol-mulkini o‘g‘irlashni sodir etish(uni guvohlar tasdiqlasa);
- ma’lum bir ishni bajarayotgan xodimning mazkur ishda ishlashni davom ettirish mumkin bo‘lmagan g‘ayriaxloqiy ish xarakatini sodir etishi;
- muassasa xodimlarining, Shu jumladan, tartib buzarning ham hayoti yoki sog‘ligiga xavf tug‘diradigan tarzda xafvsizlik texnikasini, ishlab chiqarish texnologiyasini qo‘pol ravishda buzish;
- xodim tomonidan mehnat majburiyatlari buzilib, O‘zbekiston Respublikasida belgilangan eng kam ish haqining 10 barobar hajmida moddiy zarar etkazilishi;
- bevosita pul yoki tovar boyliklariga xizmat ko‘rsatadigan xodim tomonidan aybli xatti-harakatlar sodir etilishi, agar bu holat ish beruvchi tomonidan unga nisbatan ishonchning yo‘qolishiga asos bo‘lishi;
- muassasa hujjatlarini qalbaki rasmiylashtirish holatlarpi aniqlansa.
2.29. Mehnat shartnomasi quyidagi hollarda ham bekor qilinishi mumkin.
-xodim xarbiy yoki muqobil xizmatga chaqirilganda;
-ilgari Shu ishni bajargan xodim ishga qayta tiklanganda;
-xodim ilgari ishini davom ettirishga imkon bermaydigan jazoga hukm qilingan, sud hukmi qonuniy kuchga kirganda, Shuningdek, sudning qaroriga ko‘ra xodim ixtisoslashtirilgan davolash profilaktika muasasasasiga yuborilganda;
-ishga qabul qilishning belgilangan koidalari buzilganda;
-xodim vafot etganda;
-agar ishni davom ettirish, ularning sog‘ligiga xavf solsa.
2.30. Mehnat shartnomasi bekor qilish to‘g‘risidagi buyruqda Mehnat Kodeksining tegishli bandi va moddasini havola qilgan holda asos ko‘rsatiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |