Jamoada shaxsni tarbiyalash


Download 55.69 Kb.
bet1/10
Sana17.06.2023
Hajmi55.69 Kb.
#1538378
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
JAMOADA SHAXSNI TARBIYALASH





JAMOADA SHAXSNI TARBIYALASH
REJA:
Kirish

I Bob Maktabgacha ta’lim muassasalarida bolalarga estetik tarbiya berishning nazariy asoslari

I.1 MTMda bolalarni ma’naviy estetik tarbiyalashda musiqaning o’rni
I.2 MTM musiqa mashg‘ulotlarida tarbiyalanuvchilar yosh psixologik xususiyatlarini e’tiborga olish

II BOB Kichik yoshdagi bolalarga estetik tarbiya berishda musiqadan foydalanish texnologiyasi

II.1 Kichik maktab yoshidagi bolalarga mos qo‘shiqlar va raqslar estetik tarbiya omili sifatida

II.2 MTMda musiqa mashg’ulotlarini sifatli tashkil etishda zamonaviy jihozlarning o’rni



Xulosa

Foydalanilgan adabiyotlar


KIRISH
Istiqlol sharofati bilan yurtimizda «Ozod va obod vatan, erkin va farovon hayot barpo etish» yo‘lidan borar ekanmiz, jamiyatimizning barcha sohalarida tup o‘zgarishlar amalga oshirilmoqda. O‘sib kelayotgan yosh avlodni har tomonlama mukammal inson qilib tarbiyalash hozirgi kunning eng dolzarb muammolaridan biridir. Maktabgacha yoshdagi bolalarga estetik tarbiya berishda musiqadan foydalanish, bu, kichkintoylarni yoshligidan boshlab musiqaga oshno qilib tarbiyalash demakdir. O‘z navbatida shuni aytish kerakki, maktabgacha ta’lim muassasalarida ya’ni, kichik yoshdagi bolalarga estetik tarbiya berishda musiqaning o‘ziga xos o‘rni bor.
Prezidentimiz ham, “Kuy, qo‘shiqqa, san’atga muhabbat, musiqa madaniyati xalqimizda bolalikdan boshlab, oila sharoitida shakllanadi. Uyida dutor, doira yoki boshqa cholg‘u asbobi bo‘lmagan, musiqaning hayotbaxsh ta’sirini o‘z hayotida sezmasdan yashaydigan odamni bizning yurtimizda topish qiyin, desak, mubolag‘a bo‘lmaydi1- deya musiqiy madaniyatning tarbiyaviy kuchiga yuksak baho beradilar. Ajdodlarimiz ham musiqiy tarbiyaning tarbiyaviy kuchiga yuksak e’tibor bilan qarashgan. Kichik yoshdagi bolalarga berilayotgan musiqiy ta’limning sifati, samaradorligi butkul musiqa rahbari zimmasiga, uning izlanuvchanligi, fidoiyligi, o‘z mas’uliyatini qay darajada xis etishiga bog‘liq. Albatta? Bu sharafli ishda tarbiyachi ham unga ko’makdosh sanaladi. Har bir musiqa rahbari estetik tarbiya berishda o‘zi o‘qitayotgan fan yuzasidan ta’lim muassasasining tarbiyalanuvchilari shu fanlardan egallashlari lozim bo‘lgan bilim, ko‘nikma, malakalar mezoni “Uchinchi ming yillikning bolasi” tayanch dasturi talablari darajasida bo‘lishini ta’minlashi kerak. Shunday ekan kichkintoylarning estetik madaniyatini rivojlantirishda musiqaning munosib o‘rni borligini hisobga olgan holda dasturlarni shunga mos ravishda tayyorlash kerak.
Albatta musiqa rahbarlar tomonidan maktabgacha ta’lim tizimida berilayotgan musiqiy tarbiya kichkintoylarning musiqiy iqtidorini rivojlantirish bilan birgalikda barkamol bo‘lib o‘sishlarida munosib o‘rin tutadi.

Download 55.69 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling